Multimediali tarmoqlar uchun xizmatlarni
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
multimediali-tarmoqlar-uchun-xizmatlarni-ta-minlash
ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) __________________________________________________________________________________ 8 O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov MULTIMEDIALI TARMOQLAR UCHUN XIZMATLARNI TA’MINLASH Ushbu maqolada multimediali aloqa tarmoqlarda uzatilayotgan ma’lumot turi, axborotlar almashish turi, mijozning ulanishi va mijoz turiga nisbatan xizmatlarining sinflash usullari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Intellektual xizmatlarni taqdim etish, xosting xizmati, telefon xizmati guruhiga kiruvchi xizmatlar, ma’lumot uzatish xizmatlarini ta’minlash usullari keltirilgan. Kalit so‘zlar: abonent, manzil, kanallar kommutasiyasi, tranzit, kadr, trafik, sarlavha. Hozirda aloqa operatorlarining xizmatlari ko‘pincha bir darajali prinsip bo‘yicha sinflanadi va bunday xizmatlarning ro‘yxatlarini IP, VPN ( Virtual Private Network) , DSL (Digital Subscriber Line), telefon aloqalarini ko‘rish mumkin. Xizmatlarning aniq bo‘lmagan sinflanishi tijorat siyosatidagi va marketingdagi muommolarga olib keladi, bu yaratilgan infrastruktura va kapital xarajatlar samaradorligida va muddatlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun aloqa operatori xizmatlarini ko‘p o‘lchamli tuzilishini ishlatgan holda, klassifikatorlar tizimlariga asoslanib, sinflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ularning asosiylari muhimlik darajasi bo‘yicha quyida keltirilgan: - uzatilayotgan axborot turi tartibi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi (kontenti); - mijozning xizmatga ulanishini ta’minlash usuli bo‘yicha xizmatlarning sinflanishi; - mijoz turi bo‘yicha xizmat sinflanishi; - axborot almashish turi bo‘yicha xizmatlar sinflanishi. Yuqorida keltirib o‘tilgan sinflanishlardan tashqari, xizmatlarning har bir turi uchun ularni quyidagi belgilar bo‘yicha bo‘lib chiqish mumkin: - tadbiq etish va muhimlik darajasi bo‘yicha – asosiy va qo‘shimcha xizmatlar, bunda ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar faqatgina asosiy xizmatlar mavjud bo‘lgandagina mavjud bo‘ladi; - marketing funksiyasi bo‘yicha – foyda olish uchun qaratilgan xizmatlar va mijozlarning e’tiborini o‘ziga tortishga qaratilgan xizmatlar (bunda mijozlarni e’tiborini qaratish usuli bilan mijozlarni xizmatlardan foydalanishi hisobiga foyda olinadi). Uzatilayotgan axborot turiga qarab xizmatlarni sinflash asosiy hisoblanadi. Biroq sinflashining boshqa usullari ham kerakli hisoblanadi. Chunki taqdim etilayotgan xizmatlarning xususiyatlarini ajratib beradi. Bunda u uning qo‘llanilish sohalarini aniq ko‘rsatib beradi. Uzatilayotgan ma’lumot turiga qarab xizmatlarni sinflash (Kontenent). Ushbu usul bilan mos ravishda xizmatlarni sinflanishi quyidagilarga bo‘linadi: - telefon (va videotelefon) xizmatlari; - ma’lumot uzatish xizmatlari; - keng eshittirishli xizmatlar; - ajratilgan kanallar xizmatlari (uzatilayotgan ma’lumotlar turiga umuman bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar); - infrastrukturali xizmatlar. Telefon xizmatlari deganda tovush uzatishni tushinish mumkin. Bunda oxirgi foydalanuvchi sifatida boshqa huddi shunday mijozlar bilan interaktiv rejimda o‘zaro munosabatda bo‘ladigan individual mijozlar bo‘lishi mumkin. Bu xizmatlar o‘z navbatida belgilangan va uyali telefon aloqasi xizmatlariga bo‘linishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ushbu turdagi xizmat turlaridan bosqichma bosqich video uzatish hizmat turi ajralib chiqmoqda. Bunda bu xizmatlarning asosiy turlaridan biri bu videokonferens aloqa hisoblanadi. Hozirda sodir bo‘layotgan tarmoqlarning konvergensiyasi telefon va boshqa turdagi xizmat turlari orasidagi chegara unchalik ajratilmaydi. Biroq hozirgi kunda telefon xizmat turlarini boshqa xizmat turlaridan ajratishimizning asosiy sabablaridan biri, bu abonent tamonidan chaqiriladigan manzillar tahlili asosida kanallarni kommutasiyasi bilan bog‘liq. Ma’lumotlar yetkazib berish xizmati o‘z navbatida IP (Internet Pratacol), ATM ( Asynchronous Transfer Mode) , Frame Relay (FR), X.25 va boshqa shu kabi xizmatlarga bo‘linadi. Bular abonentni kommutasiya bilan bog‘lab beradigan paketlar sarlavhasini tahlil qilish asosidagi protokollarga bog‘liqligi bilan farqlanadi. Hisob kitoblar uzatiladigan trafikdan kelib chiqqan xolda, bilvosita yoki bevosita xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha © O.O. Olimov, Sh.Yu. Djabbarov, 2022. ISSN 2223-4047 Вестник магистратуры. 2022. № 4-2 (127) Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling