Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar


Masofadan tibbiy xizmat kо‘rsatish


Download 55.47 Kb.
bet4/5
Sana24.12.2022
Hajmi55.47 Kb.
#1061051
1   2   3   4   5
Bog'liq
Multimediyali

Masofadan tibbiy xizmat kо‘rsatish. Mazkur servis bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qо‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur servis trafigi real vaqt miqyosida uzatilgan tovush va videoma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni о‘z ichiga oladi.

  • Masofadan tibbiy xizmat kо‘rsatish. Mazkur servis bemorlarni masofadan tibbiy tekshirish, tashxis qо‘yish va maslahat berishni ta’minlaydi. Mazkur servis trafigi real vaqt miqyosida uzatilgan tovush va videoma’lumotlarni, tekshiruv natijalarini va boshqalarni о‘z ichiga oladi.
  • Videomonitoring. Mazkur servis xonalarning videokuzatuvini amalga oshiradi, turli vazifalarni bajaruvchi hududlarni qо‘riqlash, turli xil noan’anaviy vaziyatlar tо‘g‘risida tezkor xabardor qilish, odamlar tо‘planadigan joylarda doimiy monitoring (real vaqt rejimida) qilish uchun qо‘llaniladi.
  • Radio va televizion dasturlarni olib kо‘rsatish. Mazkur servis radio va televizion kanallarni raqamli telekommunikatsion tarmoq orqali olib kо‘rsatishni amalga oshiradi.
  • Raqamli televideniye. Mazkur servis uning mijozlari talabiga kо‘ra yuqori sifatli raqamli televideniye kо‘rsatuvlarini (badiiy filmlar, musiqali videokliplar, sport translyatsiyalari) amalga oshiradi.

Zamonaviy telekommunikatsion tarmoqlarining rivojlanishida asosiy yо‘nalish servisning turli xil kо‘rinishlarini, shu jumladan, multimediyali servislarni ham qо‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediyali trafikning turli xil kо‘rinishlarining tarmoq resurslariga talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish vaqtiga alohida cheklashlar qо‘ymaydi. Bunday trafikka qо‘yiladigan talabning hammasi – bu yangi minimal о‘tkazish qobiliyatini ajratishdir. Real vaqtda videokonferensiya о‘tkazish uchun trafik boshqa misol bо‘lishi mumkin. U ancha о‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki videokadrlarni oluvchiga yetkazib berishning vaqtini minimallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, agaraxborot paketlarining tutilib qolishlari nihoyatda nomuntazam xususiyatga ega bо‘lsa, videokonferensiya seansini о‘tkazish sifati qoniqarli bо‘lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga kо‘pgina parametrlar bо‘yicha qat’iy talablar qо‘yiladi. Bu parametrlar quyida mufassal kо‘rib chiqiladi.


Download 55.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling