Multimediyali tarmoq texnologiyalarida uzatishlar


Download 55.47 Kb.
bet5/5
Sana24.12.2022
Hajmi55.47 Kb.
#1061051
1   2   3   4   5
Bog'liq
Multimediyali

Zamonaviy telekommunikatsion tarmoqlarining rivojlanishida asosiy yо‘nalish servisning turli xil kо‘rinishlarini, shu jumladan, multimediyali servislarni ham qо‘llab-quvvatlash hisoblanadi. Multimediyali trafikning turli xil kо‘rinishlarining tarmoq resurslariga talablari juda jiddiy tarzda farq qilishi mumkin. Masalan, oddiy trafik, odatda, uni foydalanuvchiga yetkazib berish vaqtiga alohida cheklashlar qо‘ymaydi. Bunday trafikka qо‘yiladigan talabning hammasi – bu yangi minimal о‘tkazish qobiliyatini ajratishdir. Real vaqtda videokonferensiya о‘tkazish uchun trafik boshqa misol bо‘lishi mumkin. U ancha о‘tkazish qobiliyatinigina emas, balki videokadrlarni oluvchiga yetkazib berishning vaqtini minimallashtirishni talab etadi. Bundan tashqari, agaraxborot paketlarining tutilib qolishlari nihoyatda nomuntazam xususiyatga ega bо‘lsa, videokonferensiya seansini о‘tkazish sifati qoniqarli bо‘lmaydi. Mazkur holda, tarmoq resurslariga kо‘pgina parametrlar bо‘yicha qat’iy talablar qо‘yiladi. Bu parametrlar quyida mufassal kо‘rib chiqiladi.

Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediya trafigini tavsiflash va tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida multimediya trafigini tavsiflash va tahlil qilish juda murakkab va qiyin vazifa hisoblanadi. Bunday qiyinchiliklarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:

- Uzatish tezliklarining keng diapazoni – telefon trafigini uzatish holidagi kabi bir necha kbit/s dan to videokonferensiyalarni uzatishdagi kabi yuzlab Mbit/s gacha;

- Uzatilayotgan multimediyali axborot oqimlarining turli xil statistik xossalari (real vaqt trafigi tarmoq resurslariga qat’iy talablar qо‘yadi);

- Tarmoq konfiguratsiyalarining juda katta xilma-xilligi, uzatish texnologiyalari va protokollarining kо‘pligi (Gygabit Ethernet, ATM, MPLS va boshqalar);

- Uzatilayotgan axborotlarni kо‘p darajali ishlov berishni, buning oqibatida xizmat kо‘rsatish sifati ishlob berishning bir necha darajasiga bog‘liq bо‘lib qoladi.


Download 55.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling