Multiplikatsiya va multimedia
III BOB. C++ da multimedia va animatsiyalar bilan ishlash
Download 1.33 Mb.
|
mashxura (2) (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Object Inspectorining FileName
- ShockwaveFlash
- Object Inspectori ning Movie
- { ShockwaveFlash1->Movie=ExtractFilePath(Application-> ExeName)+"test.swf"; }
- ShockwaveFlash1 va Button1
III BOB. C++ da multimedia va animatsiyalar bilan ishlash.
3.1.C++ da multimedia Multimedia – kompyuterning amaliy dasturlari yordamida yozuvlarni, geometrik shakllarni, rasmlarni harakatlantiradiga (animatsiya) hamda ovozlar, videotasvirlarning hosil qiladigan tushunchadir. Buning uchun C++ Builderda MediaPlayer tugmasi mavjud bo‘lib, u multimedia vositalarini birlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratadi. Ushbu tugmadan foydalanishning ikki xil usuli mavjud: dasturchiga multimedia vositalarini birlashtirish imkoniyati mavjud; tugmada multimedia fayllari bilan bajariladigan barcha asosiy amallar mavjud, ammo sizga quyi funksiyalar kerak bo‘ladigan bo‘lsa, C++ Builder dasturlash muhiti imkoniyatlaridan foydalinishingiz mumkin. Ushbu mavzuda tugma loyiha oynasiga joylashtirilib, ishchi holatga o‘tkazilganda, uning ichki funksiyalari qanday ishlatilishini ko‘rib o‘tamiz. MediaPlayer tugmasidan foydalanish. MediaPlayer tugmasini loyiha oynasiga joylashtirish uchun System komponentalar palitrasidan piktogramma belgilanib, loyiha oynasining ustiga kelinadi va sichqoncha tugmasini bosgan holda tanlash lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada, MediaPlayer1 tugmasi hosil qilinadi: M azkur tugmada ovozli ma’lumotlarni va video tasvirlarni ishga tushirish, o‘tkazish, to‘xtatish kabi amallarni bajarish mumkin. Hosil qilingan tugma bilan audio va video fayllarni o‘zaro bog‘lash uchun Object Inspectorining FileName xususiyatidan foydalaniladi: Ushbu oynadan Shockwave Flash(Version 1.0) bandi tanlanib, Palette Page qatoridan joylashtirish lozim bo‘lgan komponentalar palitrasi tanlanadi. Masalan, Standard komponentalar palitrasi belgilanib, Install.. tugmasi bosiladi. Navbatdagi oynaga o‘tib, OK tugmasi bosiladi. Natijada, Standard komponentalar palitrasida ShockwaveFlash nomli piktogramma hosil bo‘ladi: ShockwaveFlash dan foydalanib, .swf fayl kengaytmali animatsiya effektlarni yoki Ispring dasturida yaratilgan test dasturlarini loyiha oynasi bilan bog‘lanish hosil qilish mumkin. Buning uchun esa ShockwaveFlash tugmasi loyiha oynasiga joylashtirilib, Object Inspectorining Movie xususiyatiga .swf kengatmali fayl manzili yoziladi. Masalan, d:\Document\doc\Flash\uchburchak_animate.swf Ushbu .swf kengatmali faylni tugmalar orqali ham loyiha oynasiga joylashtirish mumkin. Buning uchun joriy tugma yoki loyiha oynasining dasturlash maydoniga quyidagi dastur kodi kiritiladi: ShockwaveFlash1->Movie=ExtractFilePath(Application->_ExeName)+"test.swf";_}'>{ ShockwaveFlash1->Movie=ExtractFilePath(Application-> ExeName)+"test.swf"; } Eslatma: .swf fayli loyiha fayli saqlangan papkada bo‘lishi lozim. 1-misol. C++ Builder dasturlash muhitida .swf kengaytmali fayllar bilan ishlovchi ilova oynasini yaratish. C++ Builder dasturlash muhitida .swf kengaytmali fayllar bilan ishlovchi ilova oynasini yaratish uchun loyiha oynasiga ShockwaveFlash1 va Button1 tugmalari joylashtiriladi. Button1 tugmasining Caption qatoriga “Bajarish” jumlasi kiritiladi: Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling