Multisim dasturida bir kaskadli operatsion kuchaytirgich sxemasini tadqiq qilish va laboratoriya yo’riqnomasini ishlab chiqish. I-bob. Operatsion kuchaytirgichlarning tuzilishi, belgilanishi va amaliyotda qo’llanilishi


Download 0.84 Mb.
bet5/9
Sana08.05.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1446141
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
di3

Parts(komponentlar) –buyrug’i komponentlarni joylashtirish rejimi va komponentlar uchun turli standartlar tanlash imkonini beradi(ANSI yoki DIN).
General - bu yerda quyidagi parametrlarni sozlash mumkin: ob'ektlarni tanlash rejimlari, ulovchi simlarning parametrlarini.
Ishchi oyna xususiyatlarini sozlashda quyidagi buyruqlar mavjud:
Sheet- xususiyatlari dialog oynasi har bir ishchi oynaning xususiyatlarini o'zgartirish uchun ishlatiladi. Bu xususiyatlar sxema fayli bilan saqlanadi, shuning uchun agar loyiha boshqa kompyuterda ochilgan bo'lsa, sozlamalar o'zgarmaydi. Ishchi oyna xususiyatlarini ochish uchun (Options/Sheet Properties) sozlamalar / Sheet xususiyatlari tanlanadi. Quyidagi oyna ochiladi(2.3-rasm).

2.3-rasm. Ishchi oyna parametrlarini sozlash oynasi.
Ishchi oyna sozlamalari quyidagi buyruqlarga guruhlangan:
Sxema (sxema) – sxema elementlari uchun rang tanlash mumkin va tartib raqmini,​matn sozlamalari va ishchi maydon parametrlarini o’zgartirish mumkin.
Ish maydoni (Workspace) –buyrug’i orqali ishchi maydon o’lchami va xususiyatlari sozlash mumkin.
Wiring – buyrug’i orqali ulash simlarining parametrlarini va shinalar uchun ulanish sozlamalarini belgilash mumkin.
Shrift (Shrift) –buyrug’i orqali sxemaning matn elementlari uchun shrift sozlamalarini, uning o‘lchami va konturini tanlashingiz mumkin.
PCB (bosilgan elektron plata) –buyrug’i orqali bosma loyixalanayotgan elektron qurilmaning bosma platasining parametrlarini sozlash mumkin.
Visibility –buyruq orqali qoʻshimcha sharhlarni yashirish yoki koʻrsatish mumkin.
Har bir varaq xususiyatining batafsil tavsifi va boshqa sozlamalarni Multisim dasturi qo‘llanmasidan topish mumkin. Yoki Multisim dasturidagi yordam “HELP” buyrug’idan topish mumkin. Haqiqiy (real) komponentlarning parametrlari aniq belgilangan va o'zgarmasdir, ideal komponentlarning parametrlari foydalanuvchi tomonidan o’rnatiladi. Komponentlar guruhini tanlash va komponentni ish maydoniga joylashtirish uchun ishchi ooynadagi maxsus belgi yoki sichqonchaning o’ng tugmasini bosish orqali Plase(o’rnatish) buyrug’i tanlanadi. Komponentlar asboblar paneli 2.4-rasmda ko'rsatilganidek, komponentlar kutubxonasi ochiladi.

2.4-rasm. Multisim 10 dasturi elementlar kutubxonasi.
Kutubxona elementlar bazasini ko'rsatadi. Elemantlar kutubxonasi tanlangan komponentning tavsifini (funktsiyani), uning modeli va ishlab chiqaruvchisini saqlaydigan ma'lumotlar (ma'lumotlar bazasi). Kutubxona oynasida komponentni qidirish uchun izalsh belgisi tanlanadi. Komponentni topish uchun komponent nomini yozish uchun maxsus bo’lim mavjud bo’lib uning yordamida kerakli komponent topiladi va ishchi oynaga o’rnatiladi. Qidiruv tugmasi kengaytirilgan qidiruvni ochadi. Yulduzcha belgisi "*" har qanday belgilar to'plamini almashtiradi. “*” belgisi yordamida elementning nomini to’liq bilmasdan ham topish mumkin.
Masalan:
"LM*AD" so'rovi natijalari orasida "LM101AD" ham bo'ladi
LM108AD.
Multisim dasturi muhitida foydalanuvchi so’rovlariga javob bera oladigan interaktiv komponentlar mavjud. Bunday komponentlarning qiymatlari foydalanuvchi tomopnidan simulyatsiya vaqtida o’zgartirgan holda natijalar olish imkonini yaratadi. Bunday komponentlarga misol qilib o’zgaruvchan rezistor yoki kondensatorlar va potensiometrlarni olish mumkin. Bunday komponetlarning ham dasturda real va ideal modellari mavjud. Ushbu komponentlarning parametrlarini o'zgartirish darhol simulyatsiya natijalarida aks etadi. Element komponentlar har birining ostida yoki tegishli joyida ko’rsatilgan tugmalar yordamida boshqariladi. (2.4-rasm)

2.4-rasm. Qiymatlari simulyatsiya vaqtida ham o’zgaradigan komponentlar.
2.4-rasmda bir nechta komponentlar ko’rsatilgan. "A" tugmasi potansiyometrning qarshiligini belgilangan qiymatdan 100% gacha oshiradi (1 kOm)."B" tugmasi o'zgaruvchan kondensatorning sig'imini o'zgartiradi; "C" tugmasi o'zgaruvchan induktivlikning induktivligini sozlaydi. J1 (bo'sh joy) - kalitni ochadi yoki yopadi. Masalan, qarshilikni kamaytirish uchun Shift tugmachasini bosib turgan holda "A" tugmasini bosiladi. Komponentning xususiyatlarini ko'rish yoki o'zgartirish uchun elementning ustiga ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosiladi. Shundan so'ng quyidai oyna ochiladi(2.5-rasm).


2.5-rasm. Virtual o’zgaruvchan elementning parametrlarini sozlash oynasi.
Virtual koomponentning asaosiy kamchiligi qurilmaning bosma platasini loyixlashda component mavjud bo’lmaydi. Qulayligi shundan iboratki virtual komponentning har qanday parametrini foydalanuvchi o’zi xoxlaganday o’zgartirgan holda sozlab natija olishi mumkin.
O’zgaruvchan induktiv komponentlarning qiytmat parametrini sozlovchi menyuning tarkibiga quyidagicha buyruqlar kiradi:


  1. Download 0.84 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling