5-MAVZU: - Муминова Сунбула Шахзодовна
- Telegram: @Sunbula_Shaxzodovna
- Contact: sunbulaaxmedova@gmail.com
Kutiladigan natija - xeshlashdan “barmoq izini” va elektron raqamli imzoni hosil qilishda foydalanishni muhokama qilish;
- simmetrik shifrlash algoritmlaridan maʼlumot butunligini tekshirishda foydalanishni muhokama qilish;
- ochiq kalitli kriptotizimlardan ham konfidentsiallik ham rad etishdan himoyalashni taʼminlashda foydalanishni muhokama qilish;
- ochiq kalitli kriptotizimlardan ham butunlikni ham rad etishdan himoyalashni taʼminlashda foydalanishni muhokama qilish;
- ochiq kalitli kriptotizimlarda ochiq kalit egasini aniqlashda PKI tizimlaridan foydalanishni muhokama qilish.
Simmetrik shifrlash algoritmlaridan maʼlumot butunligini tekshirish - Bundan oldingi maʼruzalarda har ikkala shifrlash algoritmlaridan (simmetrik va ochiq kalitli) faqat maʼlumotni konfidentsiyalligini taʼminlashda foydalanish haqida aytib oʼtildi. Mazkur maʼruzada esa ulardan maʼlumotni butunligini tekshirishda foydalanish tartibi bilan tanishib oʼtiladi.
Xesh funktsiya - Xesh – funktsiyadan foydalanib maʼlumotni butunligini tekshirishning sodda usuli keltirilgan edi. Biroq, ushbu usulda jiddiy xavfsizlik muammosi boʼlgani bois, undan amalda foydalanilmaydi. Yaʼni, rasmda keltirilgan usulda hujumchi tomonidan faqat maʼlumot oʼzgartirilgan holda butunlikni tekshirish imkonyati mavjud. Biroq, hujumchi ham maʼlumotni ham xesh qiymatni almashtirish orqali foydalanuvchini osonlik bilan maʼlumot butunligiga ishontirish mumkin. Buning asosiy sababi, maʼlumotni xesh qiymatini hosil qilishda hujumchiga nomaʼlum biror axborotdan foydalanilmaganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |