Mumtoz poetika haqida umumiy ma'lumot tayanch tushunchalar


Download 499.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi499.08 Kb.
#1017775
1   2   3
Bog'liq
7-MAVZU

musavva (so„z va ma‟no tengligi) usullari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Keyinchalik bu ilmlar qatoriga ilmi badi' haqidagi ilm ham qo„shilib, unda 
badiiy nutq vositalari (badiiy san'atlar) tadqiq qilingan va ilmiy bayon uchun asos 
vazifasini o„tagan tashbih, istiora va kinoya san'atlaridan boshqa barcha san'atlar 
ushbu ilmning o„rganish ob'ektini tashkil qilgan. Bu ilm haqida ilk asar yozgan 
muallif sifatida Abdulloh ibn Mu'tazz nomi keltiriladi. 
Ilmi balog„a dastavval Qur'oni karim oyatlarini sharhlashga ehtiyoj tufayli 
paydo bo„lgan bo„lsa, keyinchalik badiiy asarlarni ham shu ilm asosida tadqiq 
qilish boshlanadi. Mahmud Zamaxshariy o„zining “Al-kashshof” asariga yozgan 
muqaddimasida balog‟at ilmining ahamiyati haqida shunday yozadi: “… faqih 
fatvo ilmida eng mashhuri bo‟lsa ham, mutakallim butun dunyoni o„zining so„z 
san‟ati bilan lol qoldirsa ham, hofiz Ibn Qirriyadan ham zehnliroq bo„lsa-da, 
nahvchi Sibavayhidan ham bilimdon bo„lsa, lug‟atshunos har bir so„zni mohirona 
sharhlasa-da, ularning barchasi maoniy va bayon ilmlarini bilmay, Qur‟on 
ma‟nolarini tushunishga, haqiqatni bilishga ojiz bo„ladilar”.
XI asrdan boshlab poetika masalalari ilmi adab (adabiy ilmlar) doirasida ish 
olib borgan. Mahmud Zamaxshariy o„zining “Aruzi Qistos” asarida adabiy 
ilmlarning 12 ta turini keltirib o„tadi. “G„iyos ul-lug„ot” muallifi Muhammad 
G„iyosuddin ularga ba‟zi o„zgarishlar asosida quyidagi ilmlarni kiritadi: 1) sarf 
(morfologiya) ilmi; 2) ishtiqoq ilmi – so„zlar yasalishi qonun-qoidalarini 
o„rgatuvchi fan; 3) lug„at ilmi (leksikologiya); 4) bayon ilmi; 5) maoniy ilmi; 6) 
badi‟ ilmi; 7) nahv ilmi (sintaksis); 8) qofiya ilmi; 9) aruz ilmi; 10) tanqidchilik 
ilmi; 11) insho ilmi; 12) kitobat ilmi.
Adabiy bilimga ega bo„lish kishidan bir necha xislatni kamolga etkazishni 
talab qiladi: zakovat, taxayyul, hofiza, tuyg„u va zavq. Ikkinchidan, balog„at 
ahlining asarlarini puxta o„rganib, savod chiqarish ham adabiy ilmlarga ega 
bo„lishning muhim omilidir. Uchinchidan, nazm va nasrning o„ziga xos 
qonuniyatlari, ijod sirlaridan xabardor bo„lish talab etiladi. To„rtinchidan, tarixdagi 
ijodkorlarning uslubi bilan ham yaxshi tanishmoq kerak. O„tmishda adabiy 
ilmlarni to„liq o„zlashtirgan kishi adib, deb atalgan. Ularning bu fazli ba‟zida 
taxallus sifatida ham qo„llanilgan. Masalan, Adib Ahmad Yugnakiy, Nizomiy 
Aruziy Samarqandiy, Abdujamil Kotib va h.k. Adib bilan olim o„rtasida farq bor:
adib har bir narsadan eng yaxshisi va maqbulini tanlab oladi, olim esa maqsadga 
erishish yo„lida barcha narsalarni izchil o„zlashtirmog„i shart. Adabiy ilmlar o„rta 
asrlarda filologiyaga asos bo„lgan, nasr va nazmning nazariyasi hamda amaliyoti, 
til o„rganishning qonun-qoidalari, ifoda tarzi, badiiy san‟atlar, aruz va qofiya kabi 
masalalarni o„z ichiga qamrab olgan. 


Arastuning “Poetika” asariga Forobiy tomonidan sharh yozulgach, uning 
izdoshi Ibn Sino o„zining musiqa va she‟riyatga doir asarlarida she‟rga “mavzuni 
muxayyali muqaffo” deb ta‟rif berdi va shu tariqa mumtoz poetikaning asosan 
she‟riyat masalalari bilan ish ko„ruvchi tarmog„i – “ilmlar uchligi” (ilmhoi segona) 
vujudga keldi. Bu ilm uchta mustaqil sohani o‟z ichiga oldi. Bular quyidagilardir: 
1) ilmi aruz – she'rdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalari haqida bahs 
yurituvchi soha;
2) ilmi qofiya – qofiya qonuniyatlari va turlari haqida ma'lumot beruvchi 
soha; 
3) ilmi badi' – nutqqa bezak beruvchi san'atlar, ularning o„ziga xos jihatlari, 
fikrni go„zal va mazmunli ifodalash usullarini o„rganuvchi soha. 
Mumtoz poetikaga doir asarlar dastavval ilmi badi‟ doirasida paydo bo„lgan. 
Bizgacha yetib kelgan va arab tilida yaratilgan ilmi badi‟ga doir dastlabki asarlar 
sifatida Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom” (IX asr), ibn Mu‟tazzning 
“Kitob ul-badi‟” (IX–X asrlar), Qudama ibn Ja‟farning “Naqd ush-she‟r” (X asr) 
asarlarini keltirish mumkin.
Arab olimlari yaratgan ushbu asarlar Markaziy Osiyo va Xurosonda yashab 
faoliyat yuritgan ko„plab olimlar uchun dasturulamal bo„lib xizmat qildi va ular 
ham bu sohada ko„plab risolalar yaratdilar. Mumtoz poetikaga doir dastlabki 
forsiy asar XI asrda yuzaga kelgan. Bu Muhammad binni Umar Roduyoniy 
qalamiga mansub bo„lib, “Tarjumon ul-balog„a” deb ataladi. Roduyoniy o„z 
kitobini arab olimi Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom” (33 badiiy san‟at) 
nomli asariga suyangan holda yaratgan va unda 77 ta san‟atni keltirgan. XI–XII 
asrlarda Ahmad binni Muhammad Manshuriy Samarqandiy talavvun san‟ati 
haqida risola (“Kanz ul-g„aroyib”), Abumuhammad binni Muhammad Rashidiy 
Samarqandiy “Ziynatnoma”, Rashididdin Vatvot (vaf. 1182-1183) “Hadoyiq us-
sehr fi daqoyiq ush-she‟r” (60 dan ortiq badiiy san‟at) nomli asarlar yaratganlar.
Tarixiy poetikaning yuqoridagi uch tarmog„ini o„zida mujassamlashtirgan 
yirik tadqiqot XIII asrning atoqli olimi Shamsiddin Muhammad binni Qays 
Roziyning “Al-Mo„jam fi ma‟oyir-ul-ash‟or-ul-Ajam” nomli mashhur asaridir. 
Asarni o„sha paytgacha poetika masalalari bo„yicha qilingan barcha ishlarning 
eng mukammali deb aytish mumkin. Chunki muallif bu asarida mumtoz 
poetikaning har uchala bo„limi – aruz, qofiya va ilmi badi‟ haqida mukammal 
ma‟lumot beradi, she‟r va shoirlik, badiiy asarda shakl va mazmunning 
munosabati, tanqidning adabiy jarayondagi roli va vazifalari haqida mulohazalar 
yuritadi.
Mashhur shoir Xusrav Dehlaviy ham nasr qoidalari haqida ikki jilddan 
iborat kitob yozib, unda yuzlab badiiy san‟atlar haqida so„z yuritgan. Vahid 
Tabriziyning “Jam‟i muxtasar” (XVI asr) asarida esa aruz, qofiya bilan bir 
qatorda o„nlab she‟riy san‟atlar ham keltirilgan. 
Nizomiddin Ahmad ibni Muhammad Solih Siddiqiy Husayniyning 
“Majma‟ us-sanoyi‟” asari ham butunlay ilmi badi‟ga bag„ishlangan bo„lib, 80 ta 
she‟riy san‟atni o„z ichiga oladi. Qabulmuhammad qalamiga mansub “Haft 


Qulzum” asarining yettinchi bo„limida ham badiiy san‟atlar haqida fikr 
yuritilgan.
Turkiy poetikaga doir bizgacha yetib kelgan ilk asar – Shayx Ahmad
Taroziyning “Funun ul-balog„a” (1436) asari bo„lib, u she‟r nav‟lari, ilmi qofiya, 

Download 499.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling