Munarija: Kirish I. Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish
Download 48.97 Kb.
|
maktabgacha ta\'limda ta\'lim tarbiya jarayoni
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.Bob. Maktabgacha talimda talim - tarbiya jarayoni
- Xulosa……………………………………………………………………………31 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..33 Kirish Mavzuning dolzarbligi
Munarija: Kirish……………………………………………………………………………..3 I.Bob. Maktabgacha ta’lim muassasalarda ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish 1.1. Ta’lim – tarbiya ishlarini rejalashtirish………………………………..6 1.2. Jismоniy tarbiya bo’yicha ishni rejalashtirish turlari………………….8 II.Bob. Maktabgacha ta'limda ta'lim - tarbiya jarayoni 2.1. MTTlarda ta’lim-tarbiya ishlarini hisobga olish va rejalashtirish……15 2.2. Maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish MTTlarda ta’lim-tarbiya ishlarini hisobga olish va rejalashtirish………..19 2.3. Jismоniy tarbiya bo’yicha ishni hisob olish…………………………..26 Xulosa……………………………………………………………………………31 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..33 Kirish Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston prezidentining qarori: Ta’lim – tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son Farmoni (keyingi o‘rinlarda — Farmon) ijrosini ta’minlash maqsadida: So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda o‘qituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bo‘lgan hurmat-e’tiborni yanada oshirish, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida: 1. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish; dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish; ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish; Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiyaviy ishni rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir. Rejalashtirish - ta’lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini koʻrsatib, ta’lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir. Rejalashtirishning maqsadi - «Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta’minlashdir. Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta’lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini taʻkidlab, bunda u inson shaxsining shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Ta’lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, metodi va usullari hamda uni tashkil etish turlari, bolalar xulq-atvorini tarbiyalash mazmuni, ularda madaniy-gigiyenik malakalarni shakllantirish, bolalar mehnati va oʻyinlariga rahbarlik usullari, bolaning boʻsh vaqti, koʻngilochar daqiqalarni tashkil etish, shuningdek, ota-onalar bilan ishlash turlari rejalashtirilishi lozim. Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy- tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi printsiplari yuzaga keldi: Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish.Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish.Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo’lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash.Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini taminlash.Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vakt ajratish. Download 48.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling