Mundaraja kirish I. Bob. Diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamjihatligi


Diniy bag`rikenglikning tarixiy tajribasi


Download 53.41 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi53.41 Kb.
#1602293
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlashda O‘zbekiston tajribasi.

2.2. Diniy bag`rikenglikning tarixiy tajribasi
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti, 166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019-yilda O‘zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, natijada masjidlarning umumiy soni 2066 taga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida 46 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 225 ta masjid kapital taʼmirdan chiqarildi. 2018 yilda esa respublikada 13 ta jome masjidi qayta ochildi, 39 tasi yangi qurildi va qariyb 100 tasi qayta taʼmirlandi[1].
O‘zbekistonda Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o‘quv yurti, Toshkent pravoslav seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ochilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillik yillarida 308 ming nafar musulmon Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun borgan bo‘lsa, shulardan 130 ming kishi “Haj”, 178 ming kishi esa “Umra” amalini bajarishga muvaffaq bo‘lgan. 2,5 ming xristian va yahudiylar Isroil, Rossiya, Turkiya, Italiya, Gruziya va Yunoniston kabi davlatlarning muqaddas diniy qadamjolariga tashrif buyurganlar.
2019-yildan eʼtiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. 2018-yildan boshlab “Umra” safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib “Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, “Haj” esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy eʼtibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar «Jaholatga qarshi maʼrifat» degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
2018-yilning sentyabr oyida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib aʼzo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi[1].
Ilgari to‘g‘ri yo‘ldan adashgan va o‘z xatti-harakatlariga chin dildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarga maʼnaviy-axloqiy burchlarini ado etish uchun jamiyat va o‘z oilalariga qaytish imkoniyati beriladi. Diniy ekstremistik oqimlarga aloqador shaxslarni reabilitatsiya qilishning muhim qadamlaridan biri, bu ularga nisbatan avf etish aktlarini qo‘llash bo‘ldi.
2020-yil 3-4-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 mamlakatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, shoʻba yig‘ilishlarida 32 ta maʼruza tinglandi.
Maʼruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, ushbu taʼlimotning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.
Diniy konfessiya – muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi.
Diniy konfessiya – muayyan diniy ta’limot doirasida shakllangan va o‘ziga xos xususiyatlarga ega e’tiqod va ushbu e’tiqodga ergashuvchilar jamoasi.
«Konfessiya» so‘zining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda, mutaxassislar hozirgi kunda dunyoda taxminan 1000 dan ortiq diniy konfessiyalar mavjud, deb hisoblaydilar.
Konfessiya umumiy atama bo‘lib, xristianlik, buddaviylik kabi katta dinlar ham, ularning zamirida paydo bo‘lgan pravoslavlik, katoliklik, lamaizm, dzen-buddizm kabi yo‘nalishlar ham shunday nom bilan atalaveradi[6].
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara yildan-yilga o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’anaviy ko‘rinishlari doirasidan chiqib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi yo‘nalish va sektalar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom etishini ko‘rsatadi. Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Dunyoning diniy manzarasi qotib qolgan, o‘zgarmas bir hodisa emas. Xususan, mazkur manzara yildan-yilga o‘zgarib borayotgani, mavjud dinlar o‘zlarining an’anaviy ko‘rinishlari doirasidan chiqib borayotganini ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mavjud dinlar doirasida yangi yo‘nalish va sektalar paydo bo‘lishda davom etmoqda. Masalan, mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning ikkinchi yarmida xristianlik, buddaviylik, islom va boshqa dinlar doirasida yuzlab sektalar paydo bo‘lgan. Bu esa kelajakda ham bunday jarayonlar davom etishini ko‘rsatadi. Zamonaviy voqelik ekstremistik xarakterdagi sektalarning inson ongi va qalbi uchun kurash yo‘lidagi faoliyatining jonlanishi kuzatilayotganini ko‘rsatmoqda.
Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Bunday sektalarga asos solgan «avliyo»lar o‘z izdoshlarini aldash yo‘li bilan ularning mol-mulklariga egalik qilishga urinmoqdalar.
Yashirin faoliyat olib borishi, sekta ichida bo‘layotgan voqealarning ko‘pchilikka ma’lum bo‘lib qolmasligining qattiq nazorat qilinishi oqibatida ular faoliyatidan jamoatchilik bexabar qolmoqda[7].
Ugandadagi «Oxirat kuni» sektasi boshliqlarining faoliyati bunga misol bo‘ladi. Oxiratni 1999-yil 31-dekabrga belgilagan ushbu sekta rahbarlari o‘z tarafdorlarining mol-mulklarini sotish, tushgan mablag‘ni ularga berishga va shu yo‘l bilan gunohlardan forig‘ bo‘lishga chaqirgan. Qiyomatning 2001-yil 1-yanvarga «ko‘chirilishi» sekta rahbarlariga nisbatan shubha uyg‘onishiga olib kelgan. Shundan so‘ng rahbarlar Kanungu qishlog‘ida 500 dan ortiq o‘z tarafdorlarini aldab binoga qamab, ustilaridan o‘t qo‘yib yuborganlar. Ma’lumotlarga ko‘ra, yana to‘rt joyda ommaviy qabrlar topilgan. Bu sektaning qurbonlari 1000 dan ortiq bo‘lgani qayd qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar musulmon aholisi soni Shimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, islomning yillik o‘sish sur’ati 6,4 foizni tashkil etib, 1989-yildan 2011-yilga qadar musulmon aholisi soni Shimoliy Amerikada – 25, Afrikada – 2,15, Osiyoda – 12,57, Yevropada – 142,35, Avstraliya va Okeaniyada – 257,01 foizga ko‘paygan. Faqat Lotin Amerikasida islomga e’tiqod qiluvchilar ulushi 4,73 foizga kamaygan.
O‘tgan asrda, asosan, xristianlar yashab kelgan Yevropada bugungi kunda 20-25 million atrofida musulmon istiqomat qilmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniyada – 3 million, Germaniyada – 5 million, Fransiyada – 6-7 million islomga e’tiqod qiluvchi fuqaro yashamoqda.
O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda.

  • O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil dekabr holatiga ko‘ra 16 konfessiya faoliyat ko‘rsatmoqda.

  • Ular quyidagilardir:

  • – Islom (O‘zbekiston musulmonlari idorasi);

  • – Pravoslavlik (Toshkent va Markaziy Osiyo yeparxiyasi);

  • – Katoliklik (Rim-katolik cherkovi);

  • – Lyuteranlik (Nemis-lyuteran cherkovi);

  • – Arman-apostol cherkovi;

  • – Pyatidesyatniklar (To‘liq injil xristianlari);

  • – Baptistlar (Yevangel-xristian baptistlar cherkovi);

  • – Novoapostol cherkovi;

  • – Yettinchi kun adventistlari;

  • – «Golos bojiy»; Iegovo shohidlari;

  • – Koreys protestant cherkovlari;

  • – Yahudiylik;

  • – Bahoiylik;

  • Krishnani anglash jamiyati;

  • – Buddaviylik.

  • «O‘zbekiston bibliya kitob jamiyati» esa diniy tashkilot hisoblanib, boshqa konfessiyalardan alohida faoliyat olib borsa-da, diniy konfessiya maqomiga ega emas.

  • Din tarixi — dinlarning yuzaga kelishi va rivojlanishi bosqichlarini o‘rganuvchi soha. U bir qancha fanlarga tayanadi va ular bilan uzviy bog‘liqdir. Masalan, tarix fani o‘tmishdagi voqea-hodisalarni o‘rganishi bilan birga, moziy va joriy dinlarning tarixiy shakllanishi jihatidan «Dinlar tarixi»ga yaqindan ko‘makchi bo‘ladi. Diniy matnlarning o‘rganilishida filologiya fani alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari tarixni o‘rganishda yordamchi fanlar — mifologiya (rivoyat va afsonalar), etnologiya, arxeologiya, san'at tarixi, folklor va shunga o‘xshash bir qancha fanlar ham din tarixi bilan bevosita bog‘liq

  • Hozirgi davrda jahondagi bir qator davlatlar dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning diniy tashkilotga nisbatan betarafligini Konstitutsiya yoki qonun darajasida belgilab qo‘ygan. Yuridik tan olingani yoki olinmaganidan qat'i nazar, barcha davlatlar din va e'tiqod erkinligiga hurmat bilan qarashlarini e'lon qilganlar. Hozirgi davrda davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar bir qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ta'kidlash zarur. «Sovuq urush» davri tugaganidan keyin dinga qarshi hujumkorlik hamda diniy faoliyat ustidan nazorat qilish siyosati yengillashdi. Bu, bir tomondan, diniy erkinlikning ta'minlanishiga xizmat qilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, diniy sektalarning ko‘payishi, yangilarining paydo bo‘lishiga olib keldi O‘zbekistonda o‘z mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra din davlatdan ajratilgan hamda vijdon erkinligi, konfessional bag‘rikenglik tamoyili mustahkamlangan. Mamlakatimiz Konstitutsiyasida diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilganligi hamda qonun oldida tengligi qayd etiladi. Shu bilan birga davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmasligi belgilab berilgan. Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonuni mazmunini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizda davlatning diniy ishlarga, dinning esa davlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno) aralashmasligini anglatadi. Shu bilan birga Asosiy Qonunimizda davlat o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, deb ta'kidlanadi[4].


Xulosa
Xulosa shuki, "O’zbekiston-umumiy uyimiz", "Vatan yagonadir", "Bag’rikenglik - o’zbek xalqining buyuk fazilati","O’zbekiston - bag’rikeng diyor", "Diniy e’tiqodlar - tinchlik xizmatida"kabi iboralar bejizga aytilmaydi. Bu g’oya xalqimizning, millati, dinidan qat’i nazar, shu yurtda yashayotgan har bir insonning hayotida mustahkam o’rin egallaydi.
Tobora globallashib va murakkablashib borayotgan bugungi davrda hayotning o‘zi bizga turli millat, e’tiqod va din vakillari o‘rtasida o‘zaro hurmat va hamjihatlik hukm surgan sharoitdagina umumiy bo‘lgan O’zbekiston har millatimizning kelajagini ta’minlashga erishish mumkinligini ko‘rsatib turibdi.
O‘zbekistonning bu borada olib borayotgan oqilona siyosati yurtimizning ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi umummilliy g‘oyalarni barcha yurtdoshlarimiz bilan hamkor va hamjihat bo‘lib amalga oshirishimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zero, necha ming yillik tariximiz shundan guvohlik beradiki, dinlararo totuvlik, insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridandir. Mustaqillik bizga ana shu ezgu an’analarni izchil davom ettirish va avloddan avlodga yanada mukammal bo‘lib o‘tishini ta’minlash imkonini beradi[5].
Din qadim-qadimdan insoniyat uchun zarur bo'lgan ma'naviy qadriyatlarni o'zida aks ettirib, ezgulik, mehr-oqibat, poklik, halollik, do'stlik va birodarlik g'oyalarini amalga oshirishga xizmat qilib keladi. Ko'pgina milliy qadriyatlarning zavol topmasdan yashab kelayotgani ham dinning ana shu xususiyatlari bilan bog'liq. Dunyodagi barcha dinlar ezgulik g'oyalariga asoslanadi. ular odamlarni to'g'rilik, soflik, shafqat va bag'rikenglikka undaydi, birovga ozor bermaslikka, yomon ishlardan tiyilishga, nafs ko'yiga tushib, adashmaslikka chaqiradi.
Diniy bag'rikenglik g'oyasi barcha dinlarga xos ana shu umumiy tamoyillarni anglagan holda, ular o'rtasida hamkorlik o'rnatishga va shu tariqa butun insoniyatning orzusi bo'lgan adolat tantanasiga erishishga da'vat etadi.

Download 53.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling