Mundaraja reja: Kirish I. Bob. Bolalarning jismonan rivojlanishida mtt va oila aloqasi


Download 41.82 Kb.
bet6/7
Sana21.04.2023
Hajmi41.82 Kb.
#1370013
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bolalarning jismonan rivojlanishida MTTva oila hamkorligi

XULOSALAR
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, bola tarbiyasi oila, maktab, mahalla, jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilmas ekan, tarbiyada ko’zlangan orzu-maqsadlarga erishish qiyin bo’ladi. Oilada maqsadga muvofiq tarbiya olgan bola maktabda barkamollashadi, ta'lim olib o’z ma'naviyati va madaniyatini yuksaltiradi. Sog’lom turmush tarzini tashkil etishning yetakchi printsipi yoshlarda ichki nuqtai nazarni shakllantirish, o’z shaxsiy salomatligini muhofaza qilish uchun maqsadga yo’naltirilgan faoliyatni aniqlashdan iborat.
Xulоsa qilib, bоlalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi оmillar haqida gapirar ekanmiz, maktabgacha ta`lim yoshidagi bоlalarni оilada tarbiyaning оta-оnalar bilan hamkоrlikda, bundan keyin yanada takоmillashtirish yo‘llarini izlab tоpilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Оilaviy tarbiyaning ijtimоiy tarbiya bilan aloqasini mustahkamlashda maktabgacha ta`lim tashkiloti xоdimlarining, pedagоgik оlimlarning, bu sohada ilmiy ish оlib bоruvchi tadqiqоtchi va metоdistlarning o‘rni juda ham kattadir.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ish mazmuniga quyidagilar kiradi:
 bola tarbiyasi, oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni bilan tanishtirib borish;
 ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
 ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, malakalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
 bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiyalashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola maktabgacha ta’lim tashkilotida egallagan eng yaxshi 100 fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni esa bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotida qo‘llansa, istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir tajribalaridagi ijobiy ishlarni ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash vash u asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.



Download 41.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling