Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya
Download 19.46 Kb.
|
Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so`zlar
Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya: Korrupsiya keltirib chiqarayotgan oqibatlar bugungi kunda barchamizni birdek tashvishga solishi darkor. Ushbu turdagi jamiyat kushandasi sababli mamlakat iqtisodiyoti keskin yomonlashadi, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik ko‘rsatgichi kundan kunga o`zining misli ko`rilmagan darajasiga yetadi. Mamlakat aholisining savodsizligi, huquqiy ong va huquqiy madaniyati ko`rsatgichi esa aqlga sig`maydigan darajada keskinlashadi. U shunday vayronkor kuchki, u bizdan keyingi avlodning mislsiz qarg`ishiga sabab bo`ladi. Antikorrupsion siyosat yetarli darajada olib borilmas ekan, faqatgina demokratik va iqtisodiy erkinlikning o`zigina korrupsiyalashgan jamiyat tizimini butunlay yo`q qila olmaydi. Kalit so`zlar: pora taklif qilish, rezolyutsiya, konvensiya, axloq kodeksi, “halollik vaksinasi”, deklaratsiya, mamlakat yalpi ichki mahsuloti, “yo`l xaritasi”, prognozlashtirish, jazoning liberallashuvi, mansabdor shaxs, mehnatga haq to`lashning yagona tarif setkasi, elektron platforma, antikorrupsion siyosat, immun tizimi Hech o`ylab ko`rganmisiz nega insoniyat shuncha yillardan buyon savodsizlik, ochlik, ratsizm, suv toshqinlari, ishsizlik, qashshoqlik singari ijtimoiy illatlarni o`ziga “do`st” qilib olgan? Nega insoniyat shuncha yillar davomida ushbu illatlarga qarshi ayovsiz kurash olib borishiga qaramasdan voz kecha olishi bunchalik qiyin kechyapti? Nega aksariyat mamlakatlar yetarli xom-ashyo bazasi, ishchi kuchi, infrastruktura obyektlariga ega bo`lishiga qaramasdan hali-hamon insoniyat svilizatsiya darajasidan orqada qolib ketmoqda? Chunki bunday salbiy ijtimoiy illatlarning asl ildizi korrupsiyaga borib taqaladi. Korrupsiya natijasida yuzaga keladigan salbiy holatlar ro`yxatini yana davom ettirish mumkin. Iqtisodchi Berdhenning fikriga ko‘ra, makroiqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichiga eng katta salbiy to‘lqinni olib kiruvchi omil aynan korrupsiya hisoblanadi. Uning ko‘rinishlari turlicha bo‘lishi mumkin: poraxo‘rlik, tovlamachilik, firibgarlik, nepotizm va hokazolar. Download 19.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling