Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya


Download 19.46 Kb.
bet2/7
Sana13.12.2022
Hajmi19.46 Kb.
#1000964
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Biz korrupsiyaga qarshimiz Annotatsiya

Korrupsiya aslida o`zi nima? Bu so`zni eshitganimizda yoki u bilan bog`liq hodisaga duch kelganimizda bizda qanday his-tuyg`ular kechishi kerak?
Ko`pchilik insonlar uchun bu jinoyatning bir turi hisoblanadi, xolos. Aslida esa bunga jamiyatni parokandalikka olib boruvchi, uni bir zaharli ilon singari bo`gib asta-sekinlik bilan butun jamiyat tanasini yo`q qilib yubora olishdek qudratga ega bo`lgan kushanda sifatida qarashimiz uni butunlay bo`lmasa-da, korrupsiyaning “amal qilish” darajasini kamaytirishimizga imkon bersa ajab emas. Mamlakat qashshoq yoki boy, demokratiya yoki monarxiya tuzilmasida bo`ladimi, korrupsiyadan hech qachon va har qanday sharoitda ham qochib qutula olmaydi. U shunday kushandaki, insonlar hech qanday yadroviy qurolsiz jamiyatni yo`q qilib yubora oladilar, ular o`z qo`llari bilan o`zlarining ildiziga bolta urayotganlarini mutlaqo anglashmaydi, anglagan taqdirida ham juda kech bo`ladi. Tan olish kerakki, biz allaqachon korrupsiyaga o`rganib bo`lganmiz. Hech bo`lmaganda bir marotaba bo`lsa-da, korrupsiyaga duch kelganmiz yoxud o`sha voqeaning asl subyekti bo`lganmiz.
Korrupsiyaga qarshi kurash uchun yangi davrga qadam qo`yishning vaqti kelmadimikan? Nima deb o`ylaysiz?
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash olib borish xalqaro miqyosda muhim va dolzarb ahamiyat kasb etmoqda, shuning uchun ham xalqaro tashkilotlar va bir qator davlatlar tomonidan antikorrupsion siyosat yagona tizimi ishlab chiqilgan bo`lib, ular quyidagilardan iboratdir:

  1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida qabul qilingan EKOSOS (BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashi) ning Korrupsiyaga qarshi kurash rezolyutsiyasi (1995 y.);

  2. Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro axloq kodeksi (1996 y.);

  3. Xalqaro tijorat tashkilotlarida korrupsiya va poraxo`rlikka qarshi kurash haqidagi deklaratsiya (1997 y.);

  4. BMT Bosh Аssambleyasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya (2003 yil 31 oktyabr);

  5. Millatlararo uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash konvensiyasi (2000 y.)

Ko`pchilik mamlakatlar korrupsiyaga qarshi bir qator ko`rilishi zarur bo`lgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, lekin vaholanki ular uzoq istiqbolga mo`ljallanmagan bo`lib chiqadi. Yana ular depressiya va turg`unlikka qaytishadi: o`sha eski tos, yana o`sha eski hammom! Yana ular uchun yangi g`oya va yondashuv, zamon bilan hamnafas bo`lgan taraqqiyotga eltuvchi yo`l ushalmas orzular ro`yxatidan o`rin oladi.
To`g`ri, jamiyatimizda taraqqiyot kushandasi hisoblanmish korrupsiyaga qarshi olib borilgan harakatlarda o`zgarishlar shabadasi sezildi, lekin u korrupsiya ildizini shamollatishga yetmadi. Ushbu o`rinda quyidagi faktni keltirib o`tish maqsadga muvofiqdir: Jahon Bankining xabar berishicha antikorrupsion siyosat yurituvchi mamlakat yalpi ichki mahsuloti bir yilda besh baravarga oshar ekan. Ko`pgina holatlarda quloqqa chalinadi “Bizdan oldin ham korrupsiya mavjud bo`lgan va bundan keyin ham mavjud bo`laveradi, biz hech qachon korrupsiyaga qarshi olib boradigan kurashda oldingi ajdodlarimizdan ilgarilab keta olmaymiz”. Shu yerda to`xtang! Nega aynan hech qachon? Axir bunday fikr yurituvchilar harakati imitatsiyadan boshqa hech narsa emas-ku, axir. Ularga qarab shunday deging keladi: “Korrupsiya sodir bo`lish darajasini kamaytirish aslida bizning qila olmaydigan, qo`limizdan mutlaqo kelmaydigan ish emas, balki biz uni amalga oshirishimiz mushkul bo`lgan, amalga oshirishimiz shart bo`lgan ishdan boshqa hech narsa emas”.
Biz korrupsiyadan butunlay voz kecha olamizmi? Albatta, yo`q! Chunki, korrupsiya ham jinoyatning bir turi ekanligini hisobga olsak ushbu jinoyat turi uchun hamma ozodlikdan mahrum etilaveradigan bo`lsa, barcha mansabdor shaxslar, barcha insonlar kuzatuv kameralari ostiga olinadigan bo`lsa, unda jinoyat ko`rsatgichi nol foizga tenglashadi. Tabiiyki, bunday jamiyatda insonlar yashashni istashmas… O`zingiz o`ylab ko`ring-a! Jamiyatda jinoyat ko`rsatgichi nol foizga tenglashishi inson erkinligining ma’lum darajada cheklanishi emasmikan? Shu o`rinda o`tmishga nazar tashlash o`rinlidir: 90-yillarda Shimoliy Koreyada kuchli ocharchilik bo`lgani bizga yaxshi ma’lum. Aholining ko`pchiligi korrupsiya tufayli ocharchilikdan qutulib qolgan. Ya’ni, korrupsiyaning evaziga mamlakatda qurbonlar soni yuqori ko`rsatgichni tashkil etmagan. Aniqroq yondashadigan bo`lsak, askarlar qishloqlardan oziq-ovqatlarni olib chiqib ketishayotganda pora evaziga bo`lsa-da, yeguliklarni olib qolishga erishgan va natijada ular tirik qolishgan.
Korrupsiya sodir bo`lish darajasini qanday qilib keskin kamaytirish mumkin? Bugungi kunda qaysi yo`nalishlarda korrupsiya “ustunlikka” ega? Ushbu savollarga javob topish va mummoni hal qilish bir qator davlatlar siyosatining “yo`l xaritasi”dan joy olib ulgurgan. Shu o`rinda qadimgi yunon faylasufi Аristotel tomonidan bildirilgan quyidagi fikrlar o`rinlidir: “Har qanday davlat tuzumida eng muhimi - bu qonunlar va tartib-qoidalar vositasida ishni shunday tashkil etish kerakki, mansabdor shaxslar qing’ir yo’l bilan boylik orttira olmasin”.
Yapon xalqida bir mashhur maqol mavjud: “Tobora quyuqlashib borayotgan zulmatni qarg`ab o`tirgandan ko`ra, bitta sham yoqib qo`ygan afzal”. Shunday ekan, mavjud muammolarni muhokama qilib o`tirgandan ko`ra korrupsiya darajasini pasaytirish bo`yicha tavsiya va ularning natijalarini muhokama qilish afzalroqdir.
Quyida jamiyat kushandasi bo`lmish korrupsiyani yo`q qilish, uning oldini olish bo`yicha rivojlangan va korrupsiyani yengib o`tish borasida muvaffaqiyatga erishgan xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilgan holda bir qator tavsiya va fikr-mulohazalar keltirib o`tiladi.

Download 19.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling