Mundareja: Kirish i-bob badminton o`yinining yaratilishi va O`zbekistonga kirib kelishi


Download 1.35 Mb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1492431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Badminton o`yin texnikasiga

Badmintonda volanni oshirish


Oshirish - volanni o‘yinga kiritish bilan bog'liq texnik element hisoblanadi.
Volanni o‘ynash natijasi, qolaversa, partiyaning natijasi ham ko‘p jihatdan volanni to‘g‘ri va samarali oshirishga bog‘liq bo‘Iadi. Oshirish — badrnintondagi raqib ta’sir ko‘rsata olmaydigan yagona zarba hisoblanadi. Undan ham texnik, ham taktik jihatdan to‘g‘ri foydalanish kerak. Mahoratli o‘yinchi birinchi zarbadanoq raqibni noqulay vaziyatga tushirib qo‘yishga, hatto ochko yutib olishga harakat qiladi.
Badmintondagi volanni oshirishning asosiy turlari 20- rasmda ko'rsatilgan.
Rasmdagi 3- va 4-oshirishlar yakkalik o‘yinlari uchun tasvirlangan, ammo agar juftlik oshirishni qaytarish kvadrati ichiga tushirilsa, undan juftlik bahslarida ham tez-tez va samarali foydalanish mumkin.

Har bir partiya oshirishning o‘ng maydonidan volanni oshirish biiari boshlanadi. Zarba berish paytida raketka faqat oldinga harakatlanishi, volan esa diagonal bo‘yicha yo'naltirilib, raqibning tegishli oshirish maydoni chegarasiga tushishi kerak. Zarba berish paytida volan oshiruvchining belidan pastda bo‘lishi, raketkaning sterjeni esa pastga egilgan boMishi zarur. Raqib tayyor boimasidan volanni oshirish mumkin emas. Raqib ma’lum o‘rinni egallab, o‘z maydonida qimirlamasdan turganda o‘yinga tayyor hisoblanadi.
Volanni oshiruvchi va uni qabul qiluvchi o'yinchilar o‘zlarining diagonal bo‘yicha joylashgan, oshirishning yaqin va olis chiziqlari, markaziy va yon chiziqlari bilan chegaralangan oshirish maydonlaridan ana shu chiziqlarni bosmagan holda joy olishlari kerak.
Volanni oshirishda volanga zarba berilmasdan turib, uni oshiruvchi o‘yinchi ham, qabul qiluvchi sportchi ham (shuningdek, juftlik bahslarida ulaming sheriklari ham) egallagan o‘rinlaridan siljishlari, oyoqlarini maydonchadan uzishlari mumkin emas (oyoq kaftining bir qismining ko‘tarilishi qoidabuzarlik hisoblanmaydi). Volan oshirilgandan keyin uni oshiruvchi ham, qaibul qiluvchi sportchi ham, shuningdek, juftlik bahslarida ularning sheriklari ham o‘z maydonchalarida, chegaralovchi chiziqlardan qat’i nazar, istalgan joyni egallashlari mumkin.


Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling