Sanoat tarmoqlar tuzulmasi va tarkibiy siljishlari Bajardi : Arabboyev A
Download 0.85 Mb.
|
sanoat tarmoq tuzulmasi va tarkibiy siljishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja
Sanoat tarmoqlar tuzulmasi va tarkibiy siljishlariBajardi : Arabboyev ATekshirdi : Rabbimov MSanoat tarmoq tuzulmasi va uni belgilovchi omillar SANOAT TARMOQ TUZILMASI VA TARKIBIYSANOAT TARMOQ TUZILMASI VA TARKIBIYSILJISHLARReja:1 Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar2. O‘zbekiston sanoatining tarmoq tuzilmasi xususiyatlari3.. Tarmoq tuzilmasi o‘zgarishining asosiy tendensiyasi1 .Sanoat tarmoq tuzilmasi va uni belgilovchi omillar Tarmoq tuzilmasi deganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi. Tarmoq tuzilmasiga binoan quyidagi jihatlarni aniqlash mumkin bo‘ladi: ijtimoiy mehnat taqsimoti va kooperatsiyaning darajasini; mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil ekanligini; sanoat va butun iqtisodiyotning ilmiy-texnika salohiyatini; mamlakat va uning viloyatlari sanoatining rivojlanish darajasini; sanoat tarmog‘ining “A“ guruhi bilan “B“ guruhi o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqadorligini; ijtimoiy mehnat unumdorligi yoki ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligining darajasini; mehnatkashlarning moddiy faravonligi va madaniy darajasi o‘sganligini. Sanoat tarmoqlari tuzilmasini tavsiflash uchun ayrim tarmoqlar o‘rtasidagi ma’lum ishlab chiqarish aloqadorligini ifodalovchi miqdoriy nisbatlarni aniqlab olish kerak. Bu muammoni hal etish uchun bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi. Ulardan biri tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlarni ifodalasa, ikkinchisi ma’lum davr ichidagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni, uchinchisi esa ishlab chiqarish aloqalarini ifodalaydi. Tarmoq tuzilmasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: -mustaqil sanoat tarmoqlarining soni; -tarmoqlarning sanoat ishlab chiqarish umumiy hajmidagi salmog‘i; -tarmoq rivojining sur’ati; -tarmoqning ilgarilab ketish koeffitsiyenti. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling