Mundareja: Kirish i-bob turkistonda rus-tuzem maktablari 1 Chorizmning ta’lim sohasidagi siyosati


Download 55.52 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi55.52 Kb.
#1578054
Bog'liq
Abror kurs ishi


Mundareja:


Kirish


I-BOB TURKISTONDA RUS-TUZEM MAKTABLARI
1.1 Chorizmning ta’lim sohasidagi siyosati


1.2 Turkistonda rua-tuzem maktablari ochilishi


II- BOB TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARI TARRAQQIY ETISHI.


2.1 Yangi usul maktablari paydo boʻlishi
2.2 Jadid maktablari va ularning faolyati.


Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

KIRISH


Tarixga murojaat qilar ekan- miz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o'z tarixini bilmagan xalqning kelaja- gi ham bo'lmaydi.
Karimov I.A.


Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Milliymustaqillik mafkurasini shakllantirish va komil insonnitarbiyalash ilmiy, tarixiy va ijtimoiy dolzarbmavzulardan ekanligi, bu borada xalqimizningma’naviy, falsafiy merosini, har tomonlamao‘rganishni taqozo qiladi.
Tarixdan ma’lumki, iqtisodiyot qanchalikrivojlangani sayin jamiyatda ma’naviyat va ma’rifatgabo‘lgan ehtiyoj ham ortib boradi. Ajdodlarimiztomonidan yaratilib, uzoq yillar, asrlar mobaynidasayqallanib, rivojlanib kelayotgan ma’naviy merosimizjamiyatimizning ham moddiy, ham ma’naviytaraqqiyotida beqiyos va ahamiyatlidir. Ushbuma’naviy merosni zam tarixiy qarashlar nuqtainazardan tadqiq etish ham ilmiy, ham ijtimoiy-amaliyahamiyatga egadir. Tanlangan mavzuning dolzarbligiham shundadir.Ko'p yillik boy o'tmishimizning ko'zgusi bo'lgan ta'lim tarixi boy va ko'hna. Xududimizda manbalaming guvohlik berishicha, inson million yil awal paydo bo'lib, o'z avlodini tarbiyalash, unga ta'lim berishning o'ziga xos yo'llaridan borgan.Yurtboshimiz I. A. Karimovning mana bu ibratomuz so'zla- rini o'qib, ulug' ajdodlarimizning muttasil mustaqillik g'oyasiga sodiq bo'lib, shunga intilib yashab kelganligiga yana bir bor amin bo'lamiz: "Biz ona O'zbekiston istiqlolini, uning sha'nu-shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan meros qilib olishimiz va uning himoyasiga hamisha tayyor turmog'imiz darkor.Ulug' ajdodlarimizdan muqaddas me'ros bo'lib kelayotgan vatanga muhabbat tuyg'usi farzandlarimiz, bugungi va kelajak av- lodlarimiz uchun chinakam e'tiqodga, chinakam aqidaga aylan- sin".Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o'zining behad zulmkor- ligi, qabohat bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari qalbida o'chmas dog'-hasrat qoldirdi, ularning qalbi dilini pora-pora etib, beadad mahrumlikka griftor qildi. U ajdodlarimizning qalb ola- mini azaldan bezab, ularni ma'nan va ruhan qo'llab-quwatlab kel- gan ne-ne asl ma'naviy qadriyatlami zavol toptira borib, ularning jismu jonida mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg'ularini asta-sekin so'ndirishga urinib keldi.Turkiston xalqlarining erk, ozodlik uchun kurash g'oyasi, ta'- lim-tarbiya tarixiga ham muhrlanib, bu g'oyalarni amalga oshi- rishning birdan-bir yo'li bo'lib qoldi. Yangi asr boshlarida jadidlar nomi bilan mashhur bo'lgan, o'z ongli hayotini, butun borlig'ini yurt, millat ozodligi, hurligi va ravnaqiga baxsh etgan, ulaming ilm-ma'rifatli bo'lishi uchun kurashgan darg'alar yetishib chiqdi.Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Munawar qori Abdurashidxonov, Hamza Hakimzoda, Isoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Shakuriy kabi ilg'or ma'rifat- parvar-laming Turkiston ozodligi, istiqlol yo'lida qilgan ulkan sa'y-harakatlari, millat farzandlari ta'limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko'tarish borasi- dagi zahmatlari tahsinga loyiqdir. Eng muhimi, ular xalqimizni ongi, tafakkurini, ziyo nuri bilan yoritish, o'zligini anglatish, yorqin kelajakka komil ishonch bilan qarash, o'z erki, mustaqilligi uchun izchil kurashish bobida benazir faoliyat ko'rsatdilar.Ta'lim tarixi kursi2 bu bizning xalqimizning tarixiy mada- niyati, maorifini, ma'naviyatini aks ettiruvchi ziyodir., "Inson uchun tarixdan judo bo'lish - hayotdan judo bo'lish demakdir", - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" - nomli asarida. Bu g'oya hammamiz uchun dasturilamal bo'lishi maqsadga muvofiqdir. O`zbek xalqining asriy orzulari ham ro`yobga chiqqaniga chorak asrdan oshdi. Bugungi kunda O`zbekiston xalqi erk va ozodlik davrida hayot kechirmoqda. “Bugun O’zbekistonimiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’lini xolisona baholar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, avvalambor izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan yilga oshib, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro’-e’tiborining tobora yuksalib borayotganligi – bularning barchasi Konstitutsiyamizning asosiga qo’yilgan, chuqur va puxta o’ylangan maqsad, prinsip va normalarning hayotbaxsh samarasi desak hech qanday mubolag’a bo’lmaydi”. Mustaqillikka erishganidan so’ng O’zbekiston o’tgan yigirma yetti yil ichida o’ta mashaqqatli va sharafli yo’lni bosib o’tdi. Buni oldindan yaxshi bilgan O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyonzahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va ma`naviy merosini o`rganish, undan xalqning bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. Ma`naviy boyliklar, qadriyatlar, davlat, millat, shaxsning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbai hisoblanadi. Aynan ushbu ma`naviy va mafkuraviy asosni mustahkamlash hamda rivojlantirishda tarix fani alohida ahamiyatga egadir. Zero, O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov ta`kidlaganidek “…tarix millatning haqiqiy tarbiyachisiga aylanib bormoqda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasorati tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmoqda”. I.Karimov tarixiy xotira to`g’risida fikrini davom ettirar ekan – “Tarixiy xotira tuyg’usi to`laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o`tgan yo`l o`zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo`qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o`rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo`ladi,” – deya haqli ravishda qayd etgan. Yoshlarimizni Vatan tarixi bilan doimo mukammal tarzda qurollantira borsakkina, kelajagi buyuk davlatni qura olamiz. O’zbekistonda yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol ruhda tarbiyalash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu maqsadda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124sonli “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
I.TURKISTONDA RUS-TUZEM MAKTABLARI

    1. Chorizmning ta’lim sohasidagi siyosati

80-yillarning boshlarigacha chorizmning Turkistonda maktab sohasida tutgan siyosatining asosiy tamoyili: mahalliy aholi bolalarini hozirgi zamon bilimiga faqat umumiy rus maktablaridagina o'rgatish edi. Turkistonning Rossiyaga qo'shilgandan buyon o'tgan yigirma yil ichida, undagi rus maktablarida mahalliy aholining bolalari juda kam edi. Musulmon ruhoniylarining ta'siri nihoyatda kuchli bo'lgan, ayniqsa, o'troq aholi rus maktablaridan yotsirardi.


Markaziy Osiyo xonliklarida boshlang'ich diniy ta'limning majburiyligi sababli o'g'il bolalar uchun shaharlarda va qishloq joylarida ko'p maktablar ochilgan edi. Akademik Qori Niyoziy- ning keltirgan ma'lumotlariga ko'ra, 1899-yilda Sirdaryo, Samarqand, Farg'ona hududlarining o'zidagina 4632 ta maktab bo'lgan. Ammo bu raqamlar Markaziy Osiyoda ma'orif qandaydir yutuqlarga erishganligini bildirmaydi. Statistik ma'lumotlardan ma'lum bo'lishicha, o'sha 1899-yilda Turkiston-ning hamma maktablarida 44773 nafar o'quvchi bo'lgan, ya'ni, o'rta hisob bilan
bir maktabda o'qigan bolalar soni o'ntaga ham yetmaydi. Markaziy Osiyo chor Samoderjaviyasining mustamlakasiga aylangandan keyin, podshoh hukumatining o'lka ma'muriyati o'z mustamlakachilik siyosatini amalga oshirish maqsadida tub yerli aholidan ma'lum miqdorda vositachi-amaldorlar tayyorlash tashvishiga tushib, bir nechta rus-tuzem maktabini ochdi, bu maktab- larga rus amaldor va ofitserlaming bolalari bilan bir qatorda mahalliy millatlardan bo'lgan badavlat kishilaming bolalari qabul qilinadi. O'z-o'zidan ravshanki, podshoh hukumatining bunday maktablami ochishi Turkiston o'lkasida xalq maorifmi rivojlantirish haqida g'amxo'rligi bo'lmay, bu bir qancha vositachilar tayyorlash yo'lidagi bir tadbiri edi, xolos.
1881-yildan 1914-yilgacha hozirgi O'zbekiston hududida bor-yo'g'i 160 ta rus-tuzem maktabi (135 ta boshlang'ich maktab, 13 ta yuqori boshlang'ich va 12 ta o'rta maktab) ishlab turgan ularda 18 ming bola o'qigan, shundan qariyb 5000 tasi mahalliy millatlaming bolalari bo'lganligi yuqoridagi fikrimiz dalilidir.
Rus-tuzem maktablarida o'qiydigan o'zbek va tojik bolalari uchun islom dinini o'qitish kerak, toki ota-onalari bu maktablar- dan qo'rqmasinlar, degan g'oya asos qilib olingan edi. Turkiston ma'murlari bu fikming qanchalik to'g'ri ekanligini tekshirishga qaror qildilar va buning ustiga musulmon ruhoniylari orasida ruslar bilan hamkorlik qilish tarafdorlari ham chiqa boshlagan edi.

RUS-TUZEM MAKTABLARIDA TA’LIM


Rus bolalariga oʻqitilgan fanlar: Mahalliy bolalarga oʻqitilgan fanlar:

  1. Rus sinfi fanlari. 1.Rus tili.

  2. Arifmetika. 2. Arifmetika.

  3. Tabiat. 3. Tabiat.

  4. Tarix. 4. Tarix.

  5. Oʻzbek tili. 5. Arab tili.

1884-yilning dekabrida Toshkentda, "Eski" shahar bilan "Yangi" shahar chegarasida sinab ko'rish uchun rus-tuzem mak- tabi ochilgan edi. O'n yildan keyin Toshkentda bunday maktablar- dan yana to'rtta ochildi; bu tipdagi maktablar Samarqand viloyati va Farg'ona vodiysining hamma shaharlarida, shuningdek, katta qishloqlarda ham ochilgandi.


Rus-tuzem maktablarining o'quvchilari, odatda, ikki soat "rus sinfida" o'qishar (bunda rus tili va ruscha savod o'rgatilar, rus tilida arifmetika va tabiat hamda tarixdan dastlabki ma'lumotlar o'rgatilardi) va ikki soat "tuzem (mahalliy) sinf'da o'qir edilar: "Tuzem sinfida" o'qituvchi o'quvchilarga musulmon dinini - shariatni hamda qur'onni o'qish uchun zarur bo'lgan arab yozuviniUo'rgatishi kerak edi.Rus-tuzem maktablarida rus tilini o'qitish dasturi va metodi- kasi rus bo'lmagan o'quvchilar uchun mo'ljallab tuzilardi (bu maktablarda ba'zan rus bolalari ham uchrab qolar edi).Dastlabki o'n yil davomida rus-tuzem maktablariga aholi- ning ko'pgina qismi ishonchsizlik bilan qarardi va ba'zi joylarda bunday maktablarga bolalami to'plash ishi juda ko'p qiyinchiliklar bilan o'tar edi. O'qituvchilar bunday tipdagi maktablarda ishlash uchun yetarli tajribaga ega emas edilar. Yaxshi darsliklar ham yo'q edi. Rus tiliga o'rgatishda tarjima qilish metodi qo'llanilar, og'zaki nutq mashqlari kam o'tkazilardi.O'sha 1884-yili, ya'ni, sinash uchun rus-tuzem maktablari ochilgan vaqtda, Turkiston o'qituvchilar seminariyasining rus qismida tarbiyalanuvchilar uchun o'zbek tili kiritildi. O'zbek tilini yaxshi o'rganib olgan V. P. Nalivkin, bu maktabda birinchi bo'lib o'zbek tilini o'qitgan edi. U sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabining birinchi o'qituvchisi edi. Nalivkin seminariyada 1890-yilgacha dars berdi. Bu davrda u rus-tuzem maktablarida o'qituvchi bo'lajak o'quvchilarga faqat o'zbek tilini o'rgatibgina qolmasdan, balki ularda o'lkani o'rganishga havasni ham tarbiya- lagandi. Seminariyada o'qib, rus-tuzem maktablarida ishlashga tayyor bo'lgan va bu ishni sevib qolgan anchagina o'qituvchilar yetishib chiqdi. Nalivkinning ba'zi shogirdlari yirik olimlar bo'lib yetishdilar (masalan, Samarqandda Ulug'bek observatoriyasining yodgorliklarini topgan arxeolog V. V. Vatkin shular jumlasidan- dir).Rus sinflari bilan bog'liq bo'lganligi uchun mahalliy sinflarda ham o'quv yili hamma o'quvchilar uchun bir vaqtda boshlanadigan va bir vaqtda tamom bo'ladigan bo'ldi. Bu esa sinf- dars tizimining tug'ila boshlashi edi (eski maktablarda esa bir xonani o'zida bolalaming har qaysisi har turli kitoblar, ya'ni, biri qur'on, biri haftiyak va biri yana boshqa bir kitobni o'qirdi). Asta- sekin mahalliy sinflaming eng yaxshi o'qituvchilari rus sinflaridan yana boshqa ko'pgina yangiliklami ham qabul qilib ola boshladilar.80-yillaming boshlarida rus-tuzem maktablari ochilmasdan ilgari, ba'zi rus boshlang'ich maktablari huzurida katta yoshdagi mahalliy aholi uchun rus tilini bepul o'rgatish kurslari tashkiletilgandi. Bu masalada 1880-yili Avliyoota (hozirgi Jambul)dagi boshlang'ich rus maktabi tashabbus ko'rsatdi, Keyinchalik, rus tili kurslari Farg'ona vodiysi shaharlaridagi rus bilim yurtlari huzuri- da ham ochilgan edi. Bunday kurslar 1884-85 o'quv yilida butun Turkistondagi rus-tuzem maktablari qoshida ochildi. Bularga, asosan, o'spirinlar qatnar, ammo kursda o'quvchilar o'rtasida katta yoshdagi kishilar, ko'pincha, mayda savdogarlar va hunarmandlar ham bor edi.
O'zbek va tojik xalqlarining shoirlari va ma'rifatparvarlari (qo'qonlik Furqat, buxorolik Ahjmad Donish, xo'jandlik Asiriy va boshqalar) rus tilini o'rganishga va rus xalqi madaniyati bilan tanishishga da'vat qilar edilar.Farg'ona harbiy-gubematori general-leytenant Korolkov 1898-yilda imperatorga yo'llagan hisobotida podshoh ma'muriya- tining o'lkani ruslashtirish bobidagi dasturini bayon etib, "tuze- meslaming" o'z bolalarini ixtiyoriy ravishda rus-tuzem maktab- lariga berishga erishish muhimligiga e'tibomi qaratgan. Buning uchun u mahalliy ma'muriyat amaldorlariga yaqin besh yil ichida ish yuritishni rus tiliga ko'chirishni lozimligini uqtiradi. Korolkov bu tadbir "tuzemeslami" mansabga qiziqib, farzandlarini rus-tu­ zem maktablariga berish istagini uyg'otadi, deb hisoblagan. Pod­ shoh generallari: "Rus-tuzem maktablari va shahar bilim yurtlari- ni muvafFaqqiyatli tugallagan tub yerli aholining bolalariga jiddiy imtiyozlar berilsin" , - degan fikmi ilgari surdilar. Rus amaldorla­ riga ruschani yaxshi bilgan va xalq ko'zini ochib, g'aflat uyqusi- dan uyg'otadigan ziyolilar kerak emas edi. Mustamlaka ma'muri- yati Turkiston ziyolilari katta mansabga erishsa, o'z xalqi uchun xizmat qilishlari va mustamlaka tartibiga qarshi chiqishlari mum- kinligidan xavfsirashgan. Ana shu nuqtai nazardan kelib chiqib, mustamlaka ma'muriyati o'lka aholisi rus tilini tabiiy ravishda va ixtiyoriy tarzda o’rganadi deyish xom xayoldir, buning uchun ham zo'rlik, ham ustomonlik darkor, degan xulosaga keldi.General Korolkovning imperatorga taqdim etgan yerli aholi turmushiga ma'naviy-ruhiy tazyiq o'tkazish dasturida o'lka xotin- qizlarini va bolalami ruscha hayot tarziga o'rgatish alohida o'rin egallagani bejiz emas. "Turkiston o'lkasida tarixan oliy missiya o'tkazishga chaqirilgan rus halqining shifokor ayollari", uning fik- richa, o'zbek xotin-qizlarining "erksiz, ziyosiz va huquqsiz tur- mush tarziga o'zga tushunchalar olib kiradi va boshqa intilishlar uyg'otadi". "Turkiston xotin-qizlari, - deb davom etadi general, - nasroniy ayol bilan bir joyda yashashi, u bilan doimiy va yaqin aloqasi unda o'z hayot tarzini rus ayollariniki kabi yaxshilash fikrini asta-sekin uyg'otadi, nasroniy tasawurlami sindirib boradi va bu xol uninig farzand-larini tarbiyalash jarayoniga ham ta'sir ko'rsatmay qolmaydi
Bunday ayolning o'g'il-qizlari musulmon bo'lmaganlarga murosa-siz va dushman bo'lmaydi". Shuriday ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun Korolkov o'lkada xotin-qizlar ambulatoriyalarini ko'paytirishni taklif qiladi. Bunga yana qo'shimcha tarzda u Rossiyadagi ayollar monastrlarini Turkiston ayollariga "provoslav rus qarashlarini singdirish uchun" xizmatga jalb etish zaruriyatini ham alohida ta'kidlab o'tadi
Rus kishisining fikri" deb nomlangan sarlavha ostida 1899-yilda Toshkentda nashr etilgan kitobda noma'lum muallif xuddi shunga hamohang fikr bildirgan. "O'lkani ruslashtirish, - deb yoz- gan edi u qonunan asoslangan qatag'on dahshati ostida aholini tutib turishga qodir kuchlami ko'paytirish yo'li bilangina amalga oshiriladi, degan gap emas. Tarixning o'zi rus kishisining mus- tamlakachilik bobida zo'r salohiyatini ko'rsatgan. Ana shu layo- qatni to'la namoyon qilib, tinch yo'l bilan mehnatkash dehqonlar va yarim jangovor kazak kuchlarining o'zaro hamkorlikda ish ko'rishi hamda rus elementini asta-sekin ko'paytirish orqali Tur­ kiston o'lkasini ruslashtirishga zamin hozirlanadi".Shunday fikrlarni hisobga olgan holda general-gubemator S.M.Duxovskiy, general Korolkov ishlab chiqqan dastumi to'l- dirgan holda, imperiya hukumati harbiy vaziriga 1898-yil 6-sen- tabrda yuborgan axborotida rus hukumatining Turkiston o'lkasida amalga oshirishi lozim bo'lgan ishlari haqida o'z mulohazalarini bildiradi. Bular quyidagilardan iborat edi:
1.Xalqning ma'naviy-ruhiy holatiga kuchli ta'sir o'tkazuvc barcha musulmon muassasalari, ayniqsa, madrasa ishlariga faol darajada aralashish.
2. Barcha mahalliy musulmonlami birlashtirishga qodir or­ gan sifatida musulmon diniy boshqaruvi idorasiga yo'l qo'ymas- lik.
3. Barcha yerli maktablami ma'muriyat ixtiyoriga o’tkazish va barcha mahalliy musulmon o'quv yurtlari va diniy muassasa- lami to'la ro'yxatdan o'tkazish.
4. Turkistondagi barcha musulmonlarga yahudiylarga nisba- tan o'matilganiga o'xshash munosabatlami joriy qilish; shuning uchun barcha yerli musulmon maktablariga 1893-yil 1-mart qo- nunini qo'llash; shu qonunga ko'ra musulmon maktablari o'qituv- chilari har yili alohida guvohnomalar olishlari va ular uchun haq to'lashlari lozim.
5. Siyosiy jihatdan zararli deb topilgan mahalliy musulmon muassasalarini yopish huquqini general-gubematorga berish, oila va nikoh ishlarini hal qilish huquqini rus ma'muriyatiga qaytarib berish.
General-gubemator bu takliflarning umumiy asosini belgi- lab, "Nodon va ehtirosli osiyoliklar uchun islom hamon kuchli ta'sir qilishini" uqtirib, bu ta'sir hali uzoq davom etishini ta'kidlab o’tadi.
1.2. Turkistonda rus-tuzem maktablari ochilishi.

XIX asr 80-yillarining ikkinchi yarmiga kelib, mustamlakachilar musulmon maktab va madrasalarni nazorat qilib turish bilangina cheklanmay, ularni bevosita rus maorifi mahkamalariga bo’ysundirib, shu tariqa milliy ta’lim tizimi ustidan nazorat o’rnatishga kirishadi. Madrasalar o’quv dasturlariga rus tilining kiritilishi, mudarrislar qatoriga rus o’qituvchilarini kiritish imkoniyatlarini tug’dirar edi. Shuning uchun mahalliy o’quv tizimiga rus tilini o’quv mashg’uloti sifatida o’tishni joriy qilish talabi qo’yilmoqda edi. Bu degan so’z bevosita madrasalarni ichidan turib nazoratga olish demakdir. Chunki o’quvchilar seminariyasini bitirib chiqqanlarning har biri Rossiya Imperiyasining manfaati uchun chaquv (donos) ishlari bilan shug’ullanishga qasamyod qilar edilar.​


Istibdod yillarida musulmon maktablari ustidan nazorat qilishga doir ko’plab turli ma’nodagi buyruqlar chiqarilar edi. Ammo ularning aksariyati hayotga tadbiq etilmasdi. Masalan, 1884 yil xalq ta’limi inspektorlari uchun maxsus yo’riqnoma (ko’rsatma) tuzildi. Yo’riqnomaning uchinchi bo’limiga ko’ra, barcha mahalliy maktab va madrasalar rus inspektorlari tasarrufiga o’tkaziladi. Biroq bu davrda faqat vaqf mulklari ustidangina nazorat o’rnatishga erishiladi, xolos.​
General-gubernator Rozenbax o’zining barcha mahalliy maktab va madrasalarni nazoratga olish haqidagi fikrini qattiq turib himoya qiladi. U 1887 yilda Maorif Ministrligiga bu xususda katta doklad va talabnoma bilan murojaat qiladi. Oradan roppa-rosa uch yil o’tgandan keyingina musulmon maktab va madrasalariga inspektor vazifasi ta’sis etiladi. Bu lavozimga o’qituvchilar seminariyasining sharq tillari bo’yicha mutaxassisi P.V.Nalivkin tayinlanadi. 1884 yilda ochilgan birinchi rus-tuzem maktabining boshlig’i va o’qituvchisi P.V.Nalivkin o’zbek, tojik va arab tillarini bilar edi. U islomshunoslik va etnografiya bo’yicha bir qator maqolalar, qo’llanma va kitoblar muallifi edi. Mahalliy matbuotda uning Qur’oni Karim va shariat asoslarini yoritib beruvchi maqolalari chop etilib turardi. P.V.Nalivkin 1890-1893 o’quv yillari mobaynida Farg’ona, Samarqand, Sirdaryo viloyatlaridagi maktab va madrasalarning ahvolini o’rganib chiqadi, ularning soni, tuzilishi, moddiy ahvoli va o’quv jarayoni haqida statistik ma’lumotlar yig’adi. Keyinchalik uning keng qamrovli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan «Hisobotlari», 1916 yilda Turkiston general-gubernatori A.N.Kuropatkinning buyrug’iga asosan nashr etiladi. Ushbu ma’lumotlar ko’p yillar mobaynida mustamlakachi ma’murlarga, Turkistonning maorif sohasi bilan bevosita shug’ullanuvchilarga, eski usul maktab va madrasalarining ahvoli haqida xabar beruvchi yagona rasmiy manba bo’lib xizmat qiladi.
P.V.Nalivkin madrasalar o’quv dasturiga rus tili va boshqa dunyoviy predmetlarni kiritish haqida bir necha bor takliflar kiritadi. Ammo bu urinishlardan naf chiqmaydi. P.V.Nalivkinning takliflari Samarqand viloyatining harbiy gubernatori graf Rostovsev va Sirdaryo viloyatlarining harbiy gubernatori general Korodkovlarning qattiq qarshiligiga uchraydi. Shusiz ham bu masalada musulmon diniy ulamolarning noroziligidan cho’chiyotgan general – gubernator Verevskiy bunday islohot loyihalarini ko’rib chiqishni va amalda qo’llashga bo’lgan barcha urinishlarini qat’iyan to’xtatib qo’yadi. P.V.Nalivkinning fikrlari o’quv yurtlari bosh inspektori F.M.Kerenskiy tomonidan ham qattiq tanqidga uchraydi. Nihoyat, 1896 yili musulmon o’quv yurtlarining inspektori vazifasi bekor qilinadi.
Mohiyati aynan bo’lgan ikki yondashuv
1898 yili Andijondagi Dukchi Eshon qo’zg’olonidan1 so’ng Chor ma’muriyati erli aholini ruslashtirishga, islom dinidan chetlashtirishga urinadi hamda musulmonlarni yagona maslak yo’lida birlashishiga qarshi bir qator amaliy tadbirlar o’tkaza boshlaydi. Bu tadbirlar yangi gubernator Duxovskiy ko’rsatmasi va bevosita rahbarligida uyushtiriladi. U asosan ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchi yo’nalish – rus zobitlari va chinovniklarini islom dini, mahalliy xalqning urf-odati, tili bilan yaqindan tanishtirishga yaqindan xizmat qiladigan tadbirlar, kurslar tashkil etish, ommaviy ma’ruzalar, attestasiyalar o’tkazish bilan amalga oshirilgan bo’lsa, ikkinchi yo’nalish esa – mahalliy xalqni rus tili, Rossiya tarixi, geografiyasi va jahon fani erishayotgan yutuqlar bilan tanishtirish orqali olib borildi. Ana shu tarixiy vaziyatda chor ma’murlarining Turkiston maorif tizimida mansabdor bo’lgan rus ziyolilarining ichida musulmon maktab va madrasalari masalasida ikki xil fikrli oqimlar paydo bo’ldi. Bir guruh ruslar mahalliy o’qitish tizimini tamomila cheklash asosida, uni xristianlashtirish siyosatini himoya qildilar. Bu guruhga o’quv yurtlari bosh inspektori F.M.Kerenskiy va Sirdaryo viloyati o’quv mahkamalarining boshlig’i S.M.Germaniskiylar boshchilik qildilar. Ikkinchi guruhga V.P.Nalivkin va N.P.Ostroumovlar yo’lboshchilik qilib, ular general – gubernatorga maktab va madrasalarda rus tilini o’qitishni yo’lga qo’yish, ularni nazoratga olishning eng qulay yo’li deb, musulmonlarning rus ma’muriyati tomonidan nazoratda bo’lgan diniy boshqarmasini tuzish kerak, degan takliflar bilan chiqdilar. Lekin mohiyatan bu ikkala qarashlarda ham mahalliy xalqning ta’lim olish sistemasini sifat jihatdan yangi pog’onaga ko’tarishga, ilmiy salohiyatini oshirishga, aholini savodxonligini yuksaltirishga, o’qimishli, ziyoli qilib tarbiyalashga qaratilmaganligi sezilib turadi. Rus ziyolilarining bu ikki «konservativ va progressiv» fikrlovchi oqimi tarafdorlari o’zlarining Turkiston maorifi sohasidagi butun faoliyatlarini aynan Rossiya imperiyasi manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqib yagona maqsadga yo’naltirgan edilar.
Shu ishni nazoratga olish uchun 1898 yili general-gubernatorning yordamchisi Ivanov boshchiligida Komissiya tuziladi. Bu Komissiyani tuzishdan maqsad, Turkistondagi maktab va madrasalarning tuzilishini, hamda o’lka musulmonlarining diniy boshqarmasini tuzish kabi muhim masalalarni hal qilish edi. Mazkur Komissiya ishining yakuniy xulosalarining taqdiri tubandagi natijalarni bergan. Rus ma’muriyati nazoratidagi musulmonlarning diniy boshqarmasini tuzish haqidagi loyiha general-gubernator tomonidan rad etiladi. Maktab va madrasalar ustidan o’rnatiladigan nazorat o’quv ishlariga aralashmaslik sharti bilan viloyat va uezd ma’muriyatiga topshiriladi. Xuddi shu masalada 1905 yili Turkiston general-gubernatori tomonidan tuzilgan Komissiyaning loyihalari ham amalga oshmay qolib ketadi.
1908 yilda musulmon maktab va madrasalarini qay tarzda nazorat qilish masalasida Turkiston general-gubernatorining yordamchisi general Kondratovich boshchiligida yana bir Komissiya tuzilib, o’z ishini boshlaydi. 1909 yilda xuddi shu masalalar bo’yicha Turkiston o’quv yurtlari Bosh boshqarmasi qoshida ham alohida Komissiya o’z faoliyatini yo’lga qo’ydi. Lekin bu komissiyalar taqdim etgan reja-loyihalarning birontasi ham amaliy natija bermaydi.​
Mazkur masala, ya’ni Chor mustamlakachi ma’murlarining Turkiston o’lkasi maorif tizimi sohasida olib borgan siyosati yuzasidan qisqacha xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ma’muriyat vakillari o’z siyosatlaridan juda ayyorlik bilan, uzoqni ko’zlab ish tutganlar. O’lkaning birinchi general-gubernatoridan tortib, to oxirgisigacha mahalliy xalq maorif sistemasiga bo’lgan siyosatni izchillashtirgan, shariat ulamolari va oddiy xalqni mustamlakachi rejimga nisbatan noroziligini uyg’otib qo’ymaslikka intilganlar. Ular imkoniyat qadar maktab va madrasalar hayotiga yangilik kiritmaslikka va shu bilan birga aholi qatlamlari orasida zamonaviy ehtiyojlardagi dunyoviy bilimlarni yoymaslikka harakat qilganlar. Turkiston general – gubernatori A.N.Kuropatkinning «Biz 50 yil tubjoy aholini taraqqiyotdan jilovladik, maktablar va rus hayotidan chetda tutdik»1, deb e’tirof etishi ham fikrimizni tasdiqlaydi. Ammo ayni paytda erli millat vakillarining har tomonlama ehtiyojlarini qondira oladigan, chuqur bilim bera oladigan ilm maskanlariga rag’bati, tashnaligi orta bormoqda edi.​
Amalga oshmagan niyat yoki rus-tuzem maktablari
Turkiston aholisi 20-asrni zamonaviy bilimlarga, yangicha dunyoqarash va ijtimoiy g’oyalarga chanqoqlik muhiti ichida kutib olmoqda edi. Shuning uchun mustamlaka rejimi rus va rus-tuzem maktablaridan erli aholining ushbu intilishlari borasida foydalanishni istar hamda dastlabki davrlarda bu maktablar "sartlarni ovuntiradigan" va ayni paytda chorlik saltanatining manfaatlariga xizmat qiladigan ana shunday maskan bo’la oladi, degan fikrda ommaviy ravishda shu tipdagi o’quv maskanlarini tashkil etish bilan mashg’ul bo’ldilar. Rus-tuzem maktablari aksariyat hollarda ana shu puxta o’ylangan katta siyosatning maqsadi g’oyasi, mafkurasi uchun xizmat qilar edi.​
Milliy maktablardan rus maktablariga intilishning boshlanishi ruslashtirish siyosatining ko’rinmas iplaridan bo’lib, mazkur maktablar bu jarayonni tezlashtirishda katta rol o’ynaydi.​
Masalaning yana bir e’tiborli tomoniga nazar tashlash zarur. Ommaning bilimsizlikda tutib turish uning ustidan hukmronlik qilishni osonlashtiruvchi siyosiy omildir. Masalaning bu jihati Chor ma’murlarining diqqat markazida bo’lgan. N.I.Ilminskiyning o’sha davrdagi rus maktablari bosh inspektori N.P. Ostroumovga yo’llagan xatida aynan shu siyosatni xarakterlovchi fikrlarning uchrashi mulohazamizga ushbu mulohazani qo’llab-quvvatlaydi. Rus inspektori vazifasiga, deydi u o’sha xatda, musulmon maktablarining nazorati kiritilishi kerakmi yoki yo’qmi, degan masalaga men "yo’q", degan echimni lozim topardim Chunki bu maktablarni tasarrufiga olganidan so’ng rus inspektori ularning gullab-yashnashi uchun qayg’urishi kerak. Ushbu maktablar diniy xarakterda bo’lgani uchun, tabiiy, biz ularning diniy mafatlariga xizmat qilgan bo’lib qolamiz. Madrasalarda evropacha bilimlarni kiritish bilan aholini ruslashtirishga erishib bo’lmaydi. Aksincha, madrasalarni davlat ko’magidan chetda tutib, o’z holiga tashlab qo’yish kerak . Uning o’rniga rus-tuzem maktablarini, aqlni ishlatib, erli xalq manfatdor bo’ladigan qilib tashkil qilish kerakki, xuddi shu rus asosidagi maktab Rossiya bilan savdo qiladigan aholining talablarini to’la va tez qondirishi bilan madrasalarga qarshi turishi mumkin. Ya’ni bu madrasalarning mavqeni tushishiga xizmat qiladigan vositadir»​
Mazkur xatdan ham Chor amaldorlarining mintaqa maorif tizimiga doir olib borgan siyosatlarining manfur tusda ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. Mustamlakachi ma’murlar Turkiston xalqlarini yagona maqsad yo’lida, har qanday mustabid yovga qarshi kurashda jipslashtiruvchi tamoyillar - ularning buyuk o’tmishidan quvvat oluvchi mafkura hamda islom dinining qudrati g’oyasi mavjudligini har qadamda his etib turadilar. Qachonki bu muqaddas g’oyalarga nisbatan ozgina tayziq o’tkazilsa ham, u alangalanib ketishini sezib turgan ma’murlar aholining diniy hissiyotiga o’ziga xos munosabatda bo’lib, bilib bilmaslikka, ko’rib ko’rmaslikka oluvchi, loqayd ,pozisiyadaturdilar.​
Shu sababli diniy idoralar, musulmon maktab va madrasalari ustidan nazorat qilish uchun musulmonlarning diniy boshqarmasini tuzish to’g’risidagi rus misioner ziyolilarining takliflarini hamma vaqt general-gubernatorlar rad etib keldilar. Chunki bitta tashkilot va g’oyaga birlashgan musulmonlar imperiya daxlsizligi uchun jiddiy xavf tug’diradigan katta kuchga aylanishi ehtimoli bor edi.
Mustamlakachi ma’murlarning Turkiston maorif tizimi bilan bog’liq siyosatining bosh yo’nalishi va maqsadi, mintaqa aholisi ongida Chor Rossiyasi istilochilik harakatlarining ijtimoiy siyosiy g’oyaviy-mafkuraviy tamoyillarini barqarorlashtirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni imperiya manfaatlari uchun so’zsiz xizmat qilish ruhida tarbiyalash, vatan, millat taqdirini ifodalovchi qarashlarning har qanday ko’rinishlariga izn bermaslik, ma’naviyatni, ruhiyatni tobelikka moslashtirish kabi aqidalariga asoslangan edi. Shuning uchun ham Chor amaldorlari Turkiston mintaqasida harbiy masalalarni hal etgach, e’tiborini o’lka maorif tizimi sohasiga jalb etdilar. Umuman, Chorizmning Turkiston ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy-ma’naviy hayotida olib borgan siyosatini mustamlakachilik, bosqinchilik, tarafkashlik, manfaatparastlik nuqtai nazaridangina izohlash lozim. Chor ma’murlari o’lka hayotining qaysi sohasiga nazar tashlanmasin, avvalo, imperiya, ulug’davlatchilik g’oyalari va manfaatlarini ko’zlab faoliyat ko’rsatadilar. Bundan o’zgacha bo’lishi mumkin ham emas. Sababki, har qanday davlat muayyan o’lkani istilo qilar ekan, uning shu o’lkadan ko’zlagan iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy manfaatlari bo’ladi. Aks holda o’zga mamlakatlar zabt etilmas edi. Xususan, Chor Rossiyaning ham Turkiston, chunonchi uning maorif tizimi sohasida olib borgan siyosatining yo’nalishi ham shu umumiy tamoyilga asoslangandir.
Navbatdagi masala, Turkistonda rus-tuzem maktablarining joriy qilinishi, ulardagi o’qitish usullarining mohiyati, bu maktablardan ko’zlangan maqsad kabi muammolarga.aniqlik.kiritishdir.​
Ma’lumki, general-gubernator K.P. fon Kaufman davridayoq tubjoy aholini ruslashtirishning eng maqbul uslubi sifatida mahalliy millat bolalarining rus maktablarida o’qitish ishlari tanlangan edi. Rus maktablarida ruscha tartib-qoidaga rioya qilinishi bilan bir qatorda, bu tilda savod chiqargan bolalar rus hukumati siyosatiga xayrixoh qilib tarbiyalanardi. Rus ma’murlari bu maktablarning afzalliklari xususida qanchalik tashviqot yuritmasinlar, ular erli millat hayotiga begona bo’lib qolaveradi. Xalqning diniy hislari ustunlik qilib, farzandlarini g’ayridinlar ixtiyoriga topshirishdan hayiqdilar, rus maktablarida tahsil olgan bola dinsiz bo’lib qolishi mumkin, degan andishaga bordilar.
Turkiston Chor Rossiyasi tomonidan istilo qilingan davrning dastlabki yillarida, aholiga ruscha ma’lumotning keragi ham bo’lmagan. Chor ma’murlarining bevosita maorif bilan shug’ullanuvchi vakillari, joylarda rus maktablariga mahalliy xalq bolalarini jalb etish uchun ko’plab sa’y-harakatlar qildilar. Pansionlar ochdilar, ko’chmanchi qozoq, qirg’iz bolalarini yashash uchun tekin uylar bilan ta’minladilar, ba’zi hollarda esa oziq-ovqat va kiyim-kechaklar ham ulashildi.
Masalan, Ettisuv viloyatidagi shu xildagi maktab haqida N.P.Ostroumov «Turkestanskie Vesti» gazetasida «…Bu pansionnning vazifasi rus tilini umuman bilmaydigan qirg’iz bolalarini rus bolalari bilan birga o’qitishga tayyorlash bo’lib, pansion bolalarni o’qishdan boshqa vaqtlarda ham nazorat qilib turish imkonini beradi. Bolalarning ustki formasi, ich kiyimidan tortib, botinkalarigacha fon Kaufman ko’rsatmasiga binoan ruscha bichimdadir. Har qanday sharoitda ham bolalarning ovqati rus taomlari bo’lib, ularni ruscha usulda rus oshpazi tayyorlaydi. Albatta, bu pansionnning erli xalqni ruslar bilan yaqinlashtirishdagi xizmati kattadir»1-debyozadi.​
Bundan ko’rinib turibdiki, rus ma’murlari tub joy aholini milliy o’zligidan yiroqlashtirish jarayonini maorif tizimi orqali izchil amalga oshirishga tirishganlar. Hatto mahalliy millat bolalarini rus maktablariga pul berish evaziga o’qishga yollash usullaridan ham foydalanilgan. Manbalarda keltirilishicha, 1898 yilda Toshkentdagi rus maktablariga birinchi musulmon bolasini (tatar millatiga mansub) har oyiga 10 so’m evaziga shaxsan general-gubernator Fon Kaufmanning o’zi olib kelgan.2 1879 yili Chimkentdagi rus maktabida o’qigan ikkita o’zbek qizchalarining ota-onasiga to’rt so’mdan pul to’langan. E’tiborli tomoni shundaki, bu xildagi chora-tadbirlarning birontasi mahalliy millat bolalarini rus maktablariga ommaviy jalb eta olmagan. Oradan ancha muddat o’tgach, aniqrog’i, Turkiston istilosiga qariyb chorak asr to’lgandan keyin general-gubernator Rozenbax erli xalq orasida rus maktablarining mavqei yo’qligini sabab qilib, 1885 yil 14 fevralda Xalq Ta’limi Ministrligiga yozgan dokladida qo’yidagi fikrlarni bildiradi: «Bu maktablarda o’zbek, tojik, tatar bolalarining kamligi, aytish mumkinki sanoqliravishda kamligiga sabab, rus maktabida musulmonlar hayotida zarur bo’lgan yozuv (arab imlosidagi) o’rgatilmaganligi va diniy ta’lim berilmasligidir». Yerlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi. O‘rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o‘rnashgan erlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o‘z siyosatning quroli qilib olishga harakat qildi (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o‘qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang’ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko‘proq o‘rgatlar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko‘proq jalb qilish edi.Turkistonda dastlabki rus o‘rta o‘quv yurtlari 1870-yillardan ochila boshladi: 1876-yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotn-qizlar gimnaziyalari. 1879-yili esa Toshkentda o‘qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham erli aholining bolalari qabul qilinar edi. O‘qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1/3 o‘rin ajratlgan edi.1880-yillarning boshlariga kelib rus maktablarida o‘qiydigan o‘zbek va tojik bolalari uchun islom dinini o‘qitsh kerak, toki ota-onalari bu maktablardan qo‘rqmasinlar, degan fikr tarqalgan edi. Turkiston mamurlari bu fikrning qanchalik to‘g’ri ekanligini tekshirishga qaror qildilar. 1884-yil 19-dekabrda Toshkentda, «eski shahar» qismida sinab ko‘rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan edi. 10 yillardan keyin Toshkentda bunday maktablar soni to‘rttaga ko‘paydi. Bu tpdagi maktablar o‘lkadagi yirik shaharlar hamda qishloqlarda ham tashkil etla boshladi. O‘lkada rus, rus-tuzem maktablari ilk bor XIX asrning 70-yillarida yuzaga kelgan bo‘lsa, 1904-yilga kelib ularning soni 57 taga etdi.
Rus-tuzem maktablarida o‘quvchilarga rus muallimi rus tlini hamda arifmetkani va boshqa fanlarni o‘rgatar, buning uchun o‘qish vaqtning yarmi ajratb qo‘yilgan edi. O‘qish vaqtning qolgan yarmi «Musulmon domla» ixtyoriga qo‘yilgan bo‘lib, u eski usul maktablaridagidek bolalarga diniy darslar o‘qitsh bilan shug’ullanardi.
Rus-tuzem maktablarida faqat o‘g’il bolalar o‘qitlar edi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903-yilda Turkiston pedagogika to‘garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyat uzoqqa cho‘zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi.
Rus ma’muriyati, xususan, Kaufman avvalboshda mahalliy tipdagi maktablarga qarshilik qilmagan, u turkistonlik yoshlarni zo‘rlik yo‘li bilan rus maktablariga olib kelishga qarshi bo‘lgan. Turkistonlik yoshlarning o‘z xohishlari bilan rus maktablariga oyoq qo‘yishi – Kaufmanning orzusi bo‘lgan. U “faqat xalq ta’limigina Turkiston o‘lkasini ruhan bosib olishga qodir”, deb bilgan. (Turkestanskiye vedomosti. 1908. №224, 16 oktyabr).
Kaufman (1867-1882 yillardagi Turkiston general-gubernatori) mahalliy maktablar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishiga ishongan. Uning fikricha, xoch emas, balki maktab Turkistonga xristiancha rus sivilizasiyasini olib keladi: “Biz Turkiston o‘lkasiga xristian dinini olib kelishimiz shart, lekin aholiga pravoslav dinini tavsiya qilmasligimiz kerak” (Arxiv. Saviskiyning shaxsiy fondi).
Endi navbat Ostroumovga (1846-1930, rus sharqshunosi). Uning 1910 yil 25 fevralda Toshkentda nashr qilingan “Kolebaniya vo vzglyadax na obrazovaniye tuzemsev v Turkestanskom kraye” degich maqolasidan parchalar keltiramiz: “Mahalliy xalqqa ruscha ta’lim berish haqida birinchi bo‘lib general-adyutant fon Kaufman o‘ylay boshladi. Bu mushkul masalaga marhum general o‘ta ehtiyotkorlik va yuksak e’tibor bilan yondashgan. Kaufman mahalliy eski maktablar o‘z umrini o‘tab bo‘lgani va kelgusida taraqqiy etishi uchun hech qanday zarur omillarga ega emasligini bilgan. U faqat yevropacha ta’lim taraqqiy etishiga ishongan.
Shuningdek, u Turkiston o‘lkasida sart va tatarlarga etnik jihatdan yaqin, lekin musulmoncha mafkura bilan zabt etilmagan ko‘psonli qirg‘iz xalqi ham borligini bilgan. Shuning uchun u jamiki e’tiborini Turkistonda aynan qirg‘iz bolalari uchun rus maktablari tashkil etishga qaratadiki, bu orqali rus maktablarida o‘qiydigan qirg‘iz bolalarining ruslashib ketishi va alaloqibat rus fuqaroligiga intilishi ko‘zlangan. Shundan so‘ng tor doiradagi bir yoqlama fikrlaydigan musulmonlar (qirg‘izlarga) yevropacha sivilizasiya tamoyillariga muvofiq kelmaydigan o‘z ta’sirlarini o‘tkazolmaydigan darajaga kelib qoladi.
1879 yilda Toshkentda, ruslar bilan birgalikda mahalliy qirg‘izlarning farzandlari o‘qishi kerak bo‘lgan, o‘qituvchilar tayyorlanadigan o‘rta maktab tashkil qilindi. Keyin 1884 yilda Toshkentda mahalliy bolalar uchun ilk rus-tuzem maktabi ochildi. Bu yangi maktabda rus tilini o‘rgatishdan tashqari arab-fors alifbosi va musulmoncha aqiydalarni o‘rganishga ham imkoniyat yaratib berildi.
General-ad’yutant Rozenbax (1884-89 yillardagi Turkiston general-gubernatori) mahalliy xalq ongida rus davlati – ular uchun qadrdon davlat degan tushuncha xosil bo‘lishiga va rus tili ularning ona tiliga aylanishiga ishongan”.

Ostroumovning baron A.B.Vrevskiydan (1889-98 yillardagi Turkiston general-gubernatori) keltirgan mana bu iqtibosi kishini sergaklantiradi:


“Turkistonliklar rus-tuzem maktablarida berilyotgan bilimlardan va rus tilini o‘rganishdan o‘zlarida huzur-halovat his qilishlariga, uning foydasini o‘zlari anglab yetishiga umid bog‘lashimiz kerak. Mahalliy millat bolalarini maktabga ma’muriy idoralar vositasida jalb qilish ko‘zlangan maqsadga olib bormaydi: ota-onalari xohishi bilan emas, aksincha tashqi majburlik bilan o‘qishga kirishgan bolalar erksiz, istar-istamas va behudaga o‘qiydilar. Bunday usul rus maktabi va rus hukumati qadr-qimmatiga mos kelmaydi. Shunday davr keldiki, mahalliy aholi rus, faqat rus maktabidagina davlat xizmatlarining har qanday turida as qotadigan bilimlarni ko‘ra bilsin”. (Iqtibos tugadi)
Oxir-oqibat shunga borib yetildiki, yuqori lavozimlarga mahalliy fuqarolar ichidan rus tilini biladiganlargina tayinlanadigan, ota tilini chuqur bilishi bunda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.
Tushunib turganingizdek, bu yerda xorijiy tilni o‘rganmaslikka urg‘u berilyotgani yo‘q. Aslo. Biror bir chet tilini o‘rganmaslikka da’vat – buni sog‘lom aql ko‘tarolmaydi. Maqsad – tarixan shakllanib kelayotgan turkiy ota tilimizni xis qilishga chaqiriq. Negaki til, avvalboshda ta’kidlaganimizdek, madaniyat tashish xususiyatiga ega
Gohida ko‘cha-ko‘yda rus tilida burro gaplashadigan, ammo o‘z ota tilida o‘z fikrini erkin bayon qilolmaydigan yoshlarga ko‘z tushib qoladi. Yana gohida o‘zbek tilida so‘z ochishni o‘ziga ep ko‘rmaydigan o‘zbeklarga ham guvoh bo‘lasan kishi. Shunda genaral Kaufman o‘z maqsadiga yetganini ko‘rmasdan ilojimiz yo‘q.
Rus maktabda o‘qish bilan birgalikda o‘zbek tilini, qadriyatlarimizni chuqur biladigan bolalarning ham borligi – ularning oilasida tarbiya juda yaxshi ekanligidan dalolat. Lekin afsuski, bu kabilar kam. Hatto juda kam. Atrofga boqing...
Rus maktablarining tobora o‘sib borishini va ota-onalar farzandlarini o‘zbek maktablariga o‘qishga bermaslikni odat qilib olishini O‘zbekistonning ulkan muammolaridan biri degan bo‘lardim. Ha, bu o‘ylab ko‘rilishi kerak bo‘lgan muammo. Buning muolajasi shuki – o‘zbektilli maktablarni raqobatga chidamli qilish. Toki har bir o‘zbekistonlik o‘z farzandini xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlar chuqur o‘rgatiladigan o‘zbek maktabga berishni orzu qilsin.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi respublikada demokratik va insonparvar jamiyat qurishga, bo-zor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan jamiyat negizlari-ni yaratishga keng yo’l ochib berdi. Mustaqillik sharofati bilan o’zbek xalqining o’tmish tarixi, ma’naviy qadriyatlari, qadimiy madaniyati tiklana boshladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o’zbek xalqining istiqlol yillarida qayta uyg’onayotgan milliy ma’-naviyati va ma’rifatiga to’xtalib, jumladan, quyidagilarni ta’kidlab o’tgan edi: "Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma’rifatdir. Asrimiz boshida Turkistonda kechgan voqealarni bir eslang. Nega bu o’lkada o’sha yillari ma’rifatchilik harakati har qachongidan ham kuchayib ketdi? Negaki, chor Rossiyasi asoratiga tu-shib qolib, butkul tanazzulga yuz tutgan o’lkani uyg’otishga, xalqning ko’zini ochishga faqat ma’rifat orqaligina erishish mumkin edi"
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda, haqli tarzda ta’kidlash joizki, aynan mustaqillik davriga kelib o’zbek xalqi ma’rifatining taraqqiyoti va ma’naviy qadriyatlarining tiklanishi masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Qadimdan o’ziga xos madaniyat rivojlangan, shaharsozlik ma-daniyati taraqqiy etgan, ko’p sonli maktab va madrasalarga ega bo’lgan Turkistonda o’ziga xos ta’lim tizimi mavjud edi. Sovet hokimiyati o’rnatilgach, O’zbekistonda faoliyat olib borgan milliy maktab va madrasalar soni yildan-yilga qisqarib bordi. 
Rossiya imperiyasi Turkistonni bosib olganidan so’ng o’lka hayotining barcha sohalarida mustamlakachilik tartibini o’rnat-di. Jumladan, mustamlakachi ma’muriyat o’lkada mavjud bo’lgan madrasa va mahalliy diniy maktablar faoliyatini cheklab, ular ustidan doimiy nazorat yuritish siyosatini olib bordi. O’lkada faoliyat yuritgan barcha general-gubernatorlar mahal-liy aholi ijtimoiy-ma’naviy turmush tarzini ruslashtirish siyosatiga urg’u berdilar. Ruslashtirish siyosati ta’lim soha-siga ham taalluqli edi, albatta. Biroq fevral inqilobi o’lka ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotining barcha sohalarida ma’lum o’zgarishlar boshlanishiga turtki berdi. Inqilobdan so’ng madrasa, eski maktablar ham o’zlarining erkin faoliyatini olib bordilar. O’lkadagi madrasa, maktablar soni oshib bordi, biroq oktyabr to’ntarishidan so’ng hokimiyat tepasiga kelgan bol-sheviklar madrasa va maktablar faoliyatini cheklash siyosati-ni yuritdi.
Sovet hokimiyati o’rnatilgach, milliy maktab va madrasalar-ning vaqf mulklarini ekspropriatsuya qilish maqsadida doimiy ravishda kurash olib borildi. Jumladan, RSFSR hukumatining "Er to’g’risida"gi dekretiga asosan barcha yerlar, xususan, vaqf yerlari ham davlat mulkiga aylantirildi. RSFSR XKS tomdni-dan chiqarilgan "CHerkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to’g’risida"gi dekretga asosan milliy maorif maskan-larida diniy fanlarning o’qitilishi cheklab qo’yildi. Dekret chiqarilgandan keyin maktab, madrasalar va ulardagi o’quvchi-lar soni ham keskin kamaydi. Vaqf mulklarining ekspropria-siya qilinishi, maktab va madrasalar faoliyatining cheklab qo’yilishi mahalliy aholining jiddiy noroziligiga sabab bo’ldi.
1880 yillarning boshlariga kelib rus maktablarida o`qiydigan o`zbek va tojik bolalari uchun islom dinini o`qitish kerak, toki ota-onalari bu maktablardan qo`rqmasinlar, degan fikr tarqalgan edi. Turkiston ma'murlari bu fikrning qanchalik to`g`ri ekanligini tekshirishga qaror qildilar. 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda, «eski shahar» qismida sinab ko`rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi ochilgan edi. 10 yillardan keyin Toshkentda bunday maktablar soni to`rttaga ko`paydi. Bu tipdagi maktablar o`lkadagi yirik shaharlar hamda qishloqlarda ham tashkil etila boshladi. O`lkada rus, rus-tuzem maktablari ilk bor XIX asrning 70 – yillarida yuzaga kelgan bo`lsa, 1904 yilga kelib ularning soni 57 taga etdi. Rus-tuzem maktablarida o`quvchilarga rus muallimi rus tilini hamda arifmetikani va boshqa fanlarni o`rgatar, buning uchun o`qish vaqtining yarmi ajratib qo`yilgan edi. O`qish vaqtining qolgan yarmi «Musulmon domla» ixtiyoriga berib qo`yilgan bo`lib, u eski usul maktablaridagidek bolalarga diniy darslar o`qitish bilan shug`ullanardi. Rus-tuzem maktablarida faqat o`g`il bolalar o`qitilar edi. Ota-onalar qizlarini bunday maktablarga bermas edilar. 1903 yilda Turkiston pedagogika to`garagi, Toshkentda qizlar uchun rus-tuzem maktabi ochildi. Lekin bu maktabning faoliyati uzoqqa cho`zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi. Rus-tuzem maktablarida rus tilini o`qitish dasturi va uslubi rus bo`lmagan o`quvchilar uchun mo`ljallab tuzilar edi. (bu maktablarda ba'zan rus bolalar ham uchrab qolar edi). 1884 yili, sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabida (Turkiston o`qituvchilar seminariyasining rus qismida) tarbiyalanuvchilar uchun o`zbek tili kiritildi. Namangan yaqinida bir qishloqda 6 yil yashagan va o`zbek tilini yaxshi o`rganib olgan V.P.Nalivkin, bu maktabda birinchi bo`lib o`zbek tilini o`qitgan edi. U sinash uchun ochilgan rus-tuzem maktabining birinchi o`qituvchisi edi. Nalivkin V.P. seminariyada 1890 yilgacha dars berdi. Dars chog`ida Nalivkin bo`lajak cho`qituvchilarga faqat o`zbek tilinigina o`rgatib qolmasdan, balki ularda o`lkani o`rganishga ham havas uyg`otgan edi. Seminariyada o`qib chiqqanlar orasida rus-tuzem maktablarida ishlashga tayyor bo`lgan va bu ishni sevib qolganlar anchagina edi.
Turkistonning rus aholisi maktab ta'limi bilan erli aholiga qaraganda ancha yaxshiroq ta'minlangan edi. Turkiston o`lkasida birinchi bo`lib rus maktabi Toshkentda 1866 yilda, Samarqandda 1870 yilda, oradan 1-2 yil o`tgach, Turkiston o`lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bo`ldi. Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil etardi. 1876 yilda Toshkentda erkaklar progimnaziyasi va qizlar progimnaziyasi ochiladi. 1894 yilda real bilim yurti ochildi. Bu o`quv yurtlarida boshqa shaharlardan kelgan o`quvchilar uchun pansion (yotoqxona) ham bor edi. Bu maktablar davlat byudjetidan ta'minlanar edi.
1879 yilda Toshkentda Turkiston muallimlar seminariyasi ochildi. Bu seminariya maktablari rus boshlang`ich sinflari uchun o`quvchilarga ona tilidan muallimlar tayyorlab berishi lozim edi. XIX asrning 80-yillari o`rtalaridan boshlab seminariya rus-tuzem maktablari uchun ham muallimlar tayyorlashga ham kirishdi. Mahalliy tilni o`rganish majburiy qilib qo`yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning xususiyatlaridan biri bo`ldi. Seminariyada V.P.Nalivkin o`zbek tilida dars bera boshlagan birinchi o`qituvchi bo`ldi. 1887 yilda Nalivkin tuzgan lug`at va grammatika risolasi nashr etildi. Bular tilshunoslik tarixida o`zbek tiliga doir birinchi qo`llanma bo`ldi. Maktablar uchun ajratilgan mablag`larning kattagina qismi o`rta o`quv yurtlariga sarflanardi. Toshkentdagi kodetlar korpusiga ayniqsa ko`p mablag` sarf bo`lar edi. Ishlab turgan to`rtta o`quv yurtidan tashqari 1900 yildan boshlab yana beshta o`quv yurti ochildi. Samarqandda va yangi Marg`ilonda qizlar va erkaklar gimnaziyalari ishga tushdi; 1905-1916 yillar ichida o`rta maktablar soni ikki baravardan ziyodroq ko`paydi; uezd markazlarining deyarli hammasida o`rta maktablar paydo bo`ldi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Qo`qon va Toshkent shaharlarida 1905-1907 yillarda yangi tipdagi o`rta maktablar - o`g`il va qiz bolalar birga o`qiydigan kommertsiya bilim yurtlari ochildi. Turkistonning iqtisodiy rivojlanishi hunar-texnika tipidagi maktablarning ochilishiga olib keldi. Chunonchi, 1896 yildayoq Toshkentda paxta zavodlari va boshqa zavodlarni ta'mirlash uchun kadrlar tayyorlaydigan bilim yurti ochildi; 1897 yilda irrigatsiya nazoratchilari tayyorlaydigan kurs tashkil etildi. 1902 yilda Toshkent yaqinida qishloq xo`jalik gidrotexnika maktabi ochildi: 1904 yilda Samarqandda bog`dorchilik va shu yilning o`zida Toshkentda temir yo`l texnika bilim yurti ochildi. 1908 yilda A.M.Malinovskaya Toshkentda qo`l-hunar ustalari hamda hisobchilar tayyorlaydigan xususiy qizlar hunar maktabini ochdi. Shu tariqa Turkistonda madaniy iqtisodiy rivojlanish ancha yuksa pog`onaga ko`tarildi.
Markaziy Osiyo xonliklarida islom dini davlat dini hisoblanar edi. Musulmon ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan mahkam bog`langan edi; shu hukmronlarning yordami tufayli bu erda musulmonlarning juda ko`p diniy o`quv yurtlari, chunonchi: masjidlar huzurida maktablar, madrasalar va shunga o`xshagan o`quv yurtlari bor edi. Turkistonda birinchi general-gubernatori bo`lgan Kaufman barcha musulmon muassasalariga nisbatan «aralashmaslik» (betaraflik) siyosatini tutdi.

O`rta asr musulmon maktablarini isloh qilishdan bosh tortgan chorizm, ruslar o`rnashgan erlarda ochilgan rus maktablarini Turkistonda maorif sohasida o`z siyosatining quroli qilib olishga harakat qildi. (Toshkentda dastlabki rus maktabi 1866 yilda ochilgan edi). Rus maktablariga ruslar bilan birga o`qish uchun mahalliy aholi bolalari ham qabul qilinar edi. Turkistondagi boshlang`ich rus maktablarida hunarga Rossiyaning Evropa qismidagiga qaraganda, ancha ko`proq o`rgatilar edi; bundan maqsad mahalliy aholining bolalarini maktabga ko`proq jalb qilish edi.


Chorizmning Turkistonda ruslashtirishdan iborat maktab tizimi uning Povolje (Volgabo`ylari) uchun maqullangan «Ilminskiy sistemasi»dan farq qilar edi. Qozon pedagogi Ilminskiy Volgabo`yidagi chuvashlar, mariylar va boshqa xalqlar uchun alohida rus va mahalliy aholi maktablari ochgan edi. Bu maktablarda o`qish dastlab bolalarning ona tillarida olib borilar, rus tili esa alohida fan sifatida o`qitilar edi, shu bilan birga, hamma darsliklar xristian (pravoslavie) dinini targ`ib qilish ruhida tuzilgan edi. Bulardan farqli o`laroq, islom dini ta'siri kuchli bo`lgan Turkistonning mahalliy aholisi o`rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga rus maktablarida musulmon dinini o`qitish ham man etilgan edi; rus maktablariga o`qishga kirgan erli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o`qitilar edi. Turkistonda dastlabki rus o`rta o`quv yurtlari 1870 yillardan ochila boshladi: 1876 yili Toshkentda, Verniyda (hozirgi Olmaotada) erlar va Xotin-qizlar gimnaziyalari. 1879 yili esa Toshkentda o`qituvchilar seminariyasi ochildi. Gimnaziyalarga ham erli aholining bolalari qabul qilinar edi. O`qituvchilar seminariyalarida esa mahalliy aholi bolalariga 1/3 o`rin ajratilgan edi. Turkistonda dastlab ochilgani ba'zi bir rus maktablarida o`quvchilarning 1/4 ini va undan ko`prog`ini mahalliy aholi bolalari tashkil etgan bo`lsa-da, lekin butun Turkiston o`lkasi bo`yicha hisoblaganda bunday maktablarda o`quvchi mahalliy aholi bolalari 200 tadan oshmas edi. Bularning ham ko`pi qozoq bolalari bo`lib, o`zbek va tojik bolalari juda oz edi, chunki musulmon ruhoniylari «kofirlar» maktablariga qarshi targ`ibot yurgizar edilar. Rus maktablarida, ayniqsa o`rta maktablarda o`quvchilar o`rtasida o`z ijtimoiy ahvoliga ko`ra boylar va oq suyaklarning bolalari ko`pchilikni tashkil etar edi. Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo`lsa ham, lekin rus bolalari bilan mahalliy aholi bolalarining birgalikda o`qishlari, ular o`rtasida o`zaro do`stlikni tarbiyalar edi. Rus maktabiga o`qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik tug`ilar edi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan o`quvchi rus tilida so`zlashishni o`rganib olmaguncha odatda quyi bo`limda o`qir, rus tilida so`zlashishni o`rganib olgandan keyingina yuqori bo`limga o`tkazilardi. Yuqori bo`limlarga o`quv yilining o`rtalarida ham o`tkazilar edi, chunki maktablar kichkina bo`lib, bir vaqtning o`zida mashg`ulotlar bir necha bo`limlar bilan olib borilar edi.


Rus maktablarida o`qiydigan qozoq bolalarning ko`pchiligi internatlarda yashar edilar, xudi shu internatlarda rus tili yanada tezroq va puxtaroq o`rganib olinar edi.
Toshkentdagi gimnaziyada dastlabki yillarda, mahalliy aholining bolalarini rus tili bilan ko`proq shug`ullantirish uchun lotin tilini o`rgatishdan ozod qilinar edi.

II. TURKISTONDA YANGI USUL MAKTABLARI TARAQQIY ETISHI.


2.1. Yangi usul maktabkari paydo boʻlishi.


XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining islohotchisi va "Tarjimon" jaridasi (1883 yildan Qrimda chiqa boshlagan) tashkilotchisi Ismoil Gaspiralining nomi butun Sharq- qa mashhur bo'lib ketdi. U Bog'chasaroyda eski maktablaming murakkab o'qish usuliga nisbatan yengil qiroat usuliga asoslangan yangi maktab ochib, unda o'zi dars bergan, darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi o'tkir asarlari bi­ lan Turkiston jadidlari yetakchilari Mahmudxo'ja Behbudiy, Mu- nawar qori Abdurashidxonov, Tavallo (To'lagan Xo'jamyorov),
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Abdulhamid Cho'lpon va boshqalaming dunyoqarashiga katta ta'sir o'tkazgan. Yangi usul maktablarining vujudga kelishida turtki, ya'ni, namuna bo'lgan.

Munawar qori so'nggi 3 asr davomida vujudga kelgan rus istibdodi tufayli yanada chuqurlashgan madaniyat tanazzuli hosi- lasi bo'lmish milliy jaholat va g'aflatni yo'qotish uchun birinchi navbatda maorifhi qayta tashkil etishga kirishdi. Munawar qori Abdurashidxonov 1901-1904-yillarda qrimlik do'sti yordamida Toshkentda o'z hovlisida "Usuli savtiya" maktabini ochdi. Bunday maktablar tarmog'ini keng quloch yoydirishda qaldirg'och bo'lgan uning "Namuna" maktabi katta shuhrat qozondi- ki, mustamlaka ma'muriyati ham undan tashvishga tushdi. Chunki yangi usul maktablari ruslashtirish siyosatini tomiriga bolta urar edi. Imperiya Ichki Ishlar vazirligining 31-dekabrda Toshkentdagi maxfiy senzori M.P.Ostroumovga yuborgan ko'rsatmasidan ana shunday tahlika seziladi. Ichki Ishlar vazirligi politsiya departa- menti Turkiston o'lkasida mahalliy xalqlar o'rtasida yangi usulda- gi maktablar ochish harakati boshlanib, matbuotda bu haqda turli maqolalar e'lon qilinayotgani, shu jihatdan Turkiston bo'yicha maqola yozish, maktab ochish ishida qatnashayotgan barcha shaxslar haqida mukammal material to'plab, shaxsan Ichki Ishlar vaziriga ma'lum qilish uchun zudlik bilan politsiya departamen- tiga yuborish vazifasi Ostroumov zimmasiga yuklatilganligini ma'lum qilgani bejiz emas edi.


Reaksiya yillarida chorizmning Turkistondagi maktab to'g'- risidagi tutgan siyosatida ruslashtirish kuchaya boshladi. Chor hu- kumati rus va rus-tuzem maktablarining tarmoqlarini kengaytirib,


1908-yildan boshlab yangi usul maktablariga qarshi kurasha boshlaydi.
Chorizm yarim asr davomida o'rta asr tipidagi musulmon maktablariga tegmagan edi, shuning uchun yangi usuldagi maktablaming hammasini to'g'ridan-to'g'ri hech bir so'zsiz yopib qo'yish to'g'ri kelmasdi. 1911-yili Turkistonda tatarlar o'qituvchi- lik qilgan ellikka yaqin yangi usul maktablari yopildi, chunki biron-bir mahalliy aholining bolalarini rus bo'lmagan va shu ma­ halliy aholining o'ziga mansub bo'lmagan o'qituvchining o'qitishi ta'qiqlangan alohida qonun chiqarilgan edi. Buning ustiga bu vaqtga kelib maktablarda yangi usul bilan o'qitadigan o'nlab o'z­ bek o'qituvchilari yetishib chiqqan edi. Yangi usul maktablarida o'qitadigan o'zbek o'qituvchilarining soni o'sib bormoqda edi. Musulmon ruhoniylari va eski maktab domlalari dastlabki yangi usul maktablariga ular paydo bo'lishi bilanoq, qattiq qarshi chiq- dilar. Ammo chorizm umrining keyingi o'n yilida eski usul mak­ tablarining ko'pgina domlalari yangi usul maktablaridan va rus- tuzem maktablarining mahalliy sinflaridan orqada qolib ketmaslik hamda o'quvchilardan mahrum bo'lmaslik maqsadida ba'zi bir islohotlar o'tkazdilar. Eski maktabda keng tarqalgan yangilik - tovush usuli yordami bilan savodga o'rgatish edi.

1917-yilga kelib, Turkistonda salgina yangilik kiritilgan bunday eski tipdagi maktablardan tashqari yuzga yaqin yangi usuldagi maktablar (ko'proq o'zbek maktablari) ochildi. Bu maktablarda tovush usuli yordami bilan savodga o'rgatibgina qolmasdan, balki sinf-dars tizimida ham olib borilar edi. Bu mak­ tablarda o'quvchilar partalarda o'tirib o'qiydigan bo'ldilar, ularda o'qitiladigan fanlar qatoriga arifmetika hamda tarix va tabiyot elementlari kiritildi.


Yangi usul maktablarining tarmog'i barqaror emas edi, ular- ning ko'plari faqat bir yil va hatto undan ham kam vaqt yashardi. Yangi usulda o'qitadigan ba'zi o'qituvchilar chor hukumatining ta'qibi tufayli o'z yashash joylarini bir necha marta o'zgartirishga majbur bo'lardilar.


Yangi usuldagi maktablaming hammasida ham o'quv kursi bir xilda emas edi. Ba'zi maktablarda diniy fanlar ko'proq o'qitilsa, boshqa maktablarda umumiy ta'lim fanlari ko'proq o'qitilardi.
Yangi usul maktablarining tarafdorlarini "jadid" (ya'ni, yangilik tarafdorlari) degan laqab bilan atar edilar. Jadidlaming bir qismi panturkizm mafkurasi ta'siri ostida edi; ilmga xilof bo'lgan bu irqiy nazariya, asosan, 1908-yilda burjua revolyutsiyasi bo'lib o'tgan Turkiya tomonidan tashviqot qilinardi; panturkist- jadidlar 1917-yildan boshlab proletar davlatining dushmanlari lageriga o'tib oldilar.

Yangi usulchilar orasida 1905-yildan keyin rus ishchilar harakatining ilg'or ideyalari ta'sir ko'rsatgan kishilar ham bor edi. Ana shunday ideyalar ta'sirida bo'lgan Hamza Hakimzoda (1889-1929) Qo'qonda kambag'allaming bolalari ham kirib o'qiy oladi- gan yangi usul maktablarini ochish uchun juda ko'p kuch sarfladi.


Yangi usul maktablarining eng barqarorlari asta-sekin 6 yil- lik bo'la boshladi; 6 yil o'qitiladigan bunday maktablardan Tosh- kentda, Qo'qonda, Samarqandda, shuningdek, To'qmoqda bitta- dan bor edi. Qolgan yangi usul maktablarida (bu maktablar ibtidoiya deb atalardi) ko'p deganda to'rt yil o'qitilardi.Toshkent va Qo'qonda qiz bolalar uchun yangi usuldagi maktablar ham ochilgan edi.


Yangi usuldagi maktablar o'z o'mida o'zbek tilida umumiy ta'limni tarqatishga ham yordam berdilar.


Yangi usuldagi o’zbek maktablarida dars beriladigan tillarda bir xillik yo'q edi; darslaming bir qismi tatar tilida edi; 1905- 1917-yillarda o'zbek tilida bosiladigan gazetalarda, shubhasiz, to'g'ri adabiy nutq namunalarini topish juda qiyin edi, chunki nashriyot va mualliflar turli-tuman ta'sirga berilgan edilar; o'qituvchilar o'zbek tilining turli shevalarida gapirardilar; ularning ba'zilari tatar tilida so'zlashardilar.
Yangi usuldagi maktablarda o’quvchilar o'qitilayotgan tilni tushunardilar, biroq ular adabiy nutqning yagona normasiga o'rga- tilmas edi.
O'z bolalarini yangi usuldagi maktabga o'qishga bergan ota- onalar, shu maktablarda rus tilining ham o'qitilishidan manfaatdor edilar. Rus tili eng barqaror maktablarda to'rtinchi o'quv yilidan boshlanardi.
Kattalar uchun rus tili fcursi, birinchi marta 80-yillaming boshlarida ochilgan bo'lib, keyinchalik, ko'pgina shaharlarga tar- qalgandi. Bunday kurslar, ayniqsa, Toshkentda keng tarqalgan edi. Toshkentda 1909-1911-yillarda bunday kurslarda har yili 150 ga yaqin kishi o'qir edi. Toshkentda ochilgan rus tili kursida o'quvchilar uchun ozroq o'qish haqi ham belgilangandi. Kurslarda o'quvchilaming ko'pchiligi faqat ruscha og'zaki nutqni egallashni istardi, lekin ba'zilar ikki yillab o'qir, ruscha savodga ega bo'lar, arifmetikani ham o'rganardilar. 1915-1916-o'quv yillarida rus tili kurslari dastlabki o'quvchilaming xohishlariga ko'ra, Toshkent- dagi ikkita va Qo'qonda bitta madrasa qoshida ochilgan edi.
Turkistondagi rus-tuzem maktablari va yangi usuldagi mak- tablardagi kichik maktab yoshidagi o'zbek bolalaridan atigi 4 foizigina o'qir, ammo shunda ham mehnatkash kambag'allaming bolalari juda kam edi. Bu maktablami bitirib chiqqanlar, odatda, savdo bilan shug'ullanar yoki korxona va idoralarda mayda xizmatchi bo'lib ishlardilar.
Rus-tuzem maktablarining va Yangi usuldagi maktablaming yordamida eng oddiy umumiy ma'lumot tayyorligiga ega bo'lgan o'zbek yoshlari Oktabr to'ntarishidan keyingina milliy kadrlar, asosan, o'qituvchilar tayyorlaydigan dastlabki o'quv yurtlarida ta'lim olishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Rus-tuzem maktablari va yangi usuldagi maktablar dastlabki bolsheviklar maktablari uchun baza xizmatini o'tadi. Masalan, Toshkentdagi 6 yillik rus-tuzem maktabidan Navoiy nomidagi II bosqich birinchi o'zbek maktabi o'sib chiqdi. Yana shunday mak­ tablar ba'zasida Narimonov nomidagi Toshkent shahar pedagogi- ka texnikumi tashkil etilib, ko'plab o'qituvchi kadrlar tayyorlandi.

Oktabr to'ntarishidan ilgari Turkistonda bir necha uncha katta bo'lmagan professional texnika o'quv yurtlari, masalan, Toshkentda hunar maktabi, Gidrotexnika maktabi, Temir yo'l texnika maktabi, Samarqandda bog'dorchilik maktabi bor edi. Bu o’quv yurtlarida mahalliy aholi bolalari kamdan-kam uchrardi. Oktabr to'ntarishidan keyin bu o'quv yurtlari o'zbeklar, tojiklar, qozoqlar va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari uchun eshigini keng ochgan texnikumlar va boshqa professional-texnika ta'limi muassasalarini taraqqiy ettirish uchun birinchi asosiy baza bo'lib qoldilar.


Shuni aytish kerakki, Turkiston o'lkasida yashagan tub yerli xalqlar kabi o'zbek xalqi ham, haddan tashqari og'ir sharoitlarga qaramasdan, o'z bolalarining tarbiyasi borasida ajoyib an'analami vujudga keltirgan. Bolalar go'daklik chog'laridan boshlab meh- natga hurmat ruhida tarbiyalangan, kuchlari yetgan mehnatda qatnashishga jalb etilgan, ularda kattalarga, ota-onalarga, ayniqsa, keksalarga hurmat hissini, faqat yaqin kishishlarga emas, balki muayyan vaziyat sababli yordamga muhtoj bo'lib qolgan hamma odamlarga ko'mak berish hissi sabot bilan oshira borilgan, xalq- ning o'ziga xos bo'lgan an'anaviy odamgarchilik kabi xislatlari
juda aniq va puxta tarkib toptirilgan, halol turmush kechirishga o'rgatilgan.
2.1. Jadid maktablari va ularning faolyati.

Turkistondagi jadidchilik harakati, asosan, imperializm va uning mustamlakachiligiga qarshi qaratilgan edi.


Jadidlar Buxoro amirligi va Xiva xonligida xon va amimi ham o'z g'oya va maslaklarigja tortishga harakat qildilar. Buxoro jadidlari 1900-yil boshida amirdan yangi usuldagi maktablar ochishga ruhsat oldilar. Ammo bunday yangi usul maktablarining ochilishi Rossiya manfaatiga zid edi. Shu bois Rossiyaning amir- ga bo'lgan tahdidi ortib ketdi va amir jadidlarga tazyiq o'tkazishga majbur bo’ldi. Butun O’rta Osiyo bo'ylab ochilgan yangi usul maktablariga qarshi Rossiya mustamlakachilari o't ochdilar, bu maktablami "Islomga qarshi", "g'ayridin maktablari" degan tash- viqot yurgizdilar. Josuslik idoralarini ishga soldilar. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, bu borada ko'plab qurbonlar berildi. Rus ma'murlari bu paytga kelib islom diniga qarshi kurashni ku- chaytirib yubordilar. Hatto 1903-yili podshoh Turkiston aholisi
uchun haj qilishni ham maxsus farmon bilan ma'n etdi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli norozilik uyg'otdi
.
Istambulda tashkil topgan "jamiyati hayriya", "nashriyot" shirkatlari kabi ijtimoiy tashkilotlar Buxoro va Xivada ham maydonga keldi. Bu jamiyatlar bilan uzviy holda kamol topganjadidchilik harakati o'sib, 1908-yildagi Turkiya inqilobi tufayli yuzaga kelgan "Yosh turklar" harakatiga muqobil holda Xivada "Yosh xivaliklar", Buxoroda "Yosh buxoroliklar" jamiyatlarini yuzaga keltirdi. Bu jamiyatlar oxir-oqibatda siyosiy partiyalar maqomini oldilar. Jadidchilik harakatining bunday siyosiy tashki- lotlari, qisqa vaqt ichida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon, Andijon kabi Markaziy Osiyoning yirik shaharlarida kuchli, nufuzli tashkilotlarga aylandi.

Taraqqiyparvar o'zbek xalq ziyolilari keng xalq ommasini savodli qilishga, ulami jaholat uyqusidan uyg'otishga intilib, maktablar ochdilar. Birinchi bo'lib 1893-yili Samarqandda, 1898- yili Qo'qonda Salohiddin domla tomonidan, o'sha yili To'qmoqda, 1899-yili eski Toshkentda Man-non qori, Andijonda Shamsiddin domla tomonidan jadid mak-tablari ochildi. 1900-yili Buxoroda Jo'raboy qori tomonidan yangi usuldagi maktab ochildi. 1903-yili M. Behbudiy o'z mablag'i hi-sobidan Jomboyda maktab ochdi. Jadid Xoji Muin va Abdul Qo-dir Shakuriylar bu maktabda saboq berganlar. 1908-yili bunday maktablarni Mirza Abdulvohid ham tashkil qildi. Muftiy domulla Ikrom bu yangi usuldagi maktablarni diniy jamoat tomonidan qa-bul qilinishiga erishdi. 1911-yili jadid maktablari Turkistonda 63 ta bo'lib, ularda 4106 bola o'qigan. Toshkentning o'zida 24 ta bun-day maktablarda 1740 ta bola o'qigan. 1917-yil boshlarida o'lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5000 dan ziyod o'quvchi bo'lgan.


Jadidlaming maktablari istiqlolchilar yetishtiruvchi maskan ekanligini rus ma'muriyati yaxshi angladi. Xususan, mustamlaka ma'muriyati bu harakatga qarshi kuchli raqobatchilik usulini ishga solib rus-tuzem maktablari faoliyatini kuchaytirishga qaror qildi. Bu qaltis vazifaga ishonchli odam topishni o'lka maorifi rahbar- laridan biri S. M. Grameniskiyga topshirdi. 1-rus-tuzem makta-bi o'zbekcha sinflar muallimi, shu maktabni bitirgan, Shayxon-tohur dahasining Baland masjid mahallasida istiqomat qiluvchi Said- rasul Saidazizovni rus amaldorlariga maqbul shaxs deb topdilar.

Taniqli rus olimlari V. V. Bartold va Samoylovichlar bilan yaqin aloqada bo'lgan, ruschani yaxshi tushunib, diplomatik qobiliyati kuchli bo'lgan Saidrasul domla Toshkentning yetuk ziyolilaridan biri edi. Uning uyiga ruslardan tashqari, chet-ellik sharqshunoslar ham kelib-ketib turgani hamda uning bilimi va zakovatiga tan berganlari mustamlakachi amaldorlarga ma'lum edi. Saidrasul domla rus-tuzem maktablari uchun tayyorlagan darslikda ko'pgina rus mualliflari asarlaridan tarjimalar kiritgani general-gubemator- ga ma'qul bo'ldi va kitob nashrga tavsiya qilindi. Yangi usul mak- tablaridan namuna olgan tarzda qiroat usuli qo'llanilgan "Ustodi awal" darsligi shu tariqa 1902-yilda dunyo yuzini ko'rdi va keyin bir necha bor qayta nashr etildi. Saidrasul Saidazizov taniqli jumalist, shoir ham edi. Akademik Bartold uni Turkiston o'lkasi- dagi "o'quv-tarbiya ishlariga isloh kirita olgan ilg'or ziyoli" deb atagan. U Rossiyaga sayohat qilib, "Turkiston viloyati" gazetasida "Mahalliy olimning 1910-yilda Moskva va Peterburgga qilgan ma’rifiy safari" sarlavhasi ostida turkum maqolalami e'lon qilgan.


Mustamlaka ma'muriyati rus tilini o'rganishni targ'ib qilsa ham ana shu tilni yaxshi o'zlashtirgan va ruslar bilan yaqin aloqada bo'lgan mahalliy millat vajcillariga shubha hamda hadik bilan qaragan. Shunday odamlaVdan biri o'zbek ziyolilari o'rtasida boobro' va e'tiborli, sobiq Kitob begi Jo'rabek qalandar qori o'g'li edi. 1886-yilgacha ruslar bilan jang qilgan, xiyonat tufayli asir olingandan so'ng esa nis armiyasiga xizmatga o'tishga majbur bo'lgan Jo'rabekka 1901-yili general-mayor unvoni berilgan. Mil­ lat fojiasining guvohi, mustamlaka istibdpdining barcha qabohat- larini qariyb 30 yil general-gubemator mahkamasidagi tarjimon- lik davrida ko'rgan-bilgan Jo'rabek iste'foga chiqqandan keyin mavjud tuzum muxolifl^ri rahnamolaridan biriga aylangan. 1902- yili akademik V. V. Bartold uning uyida bo'lganda iste'fodagi rus armiyasi generali Jo'rabek taniqli olimga o'zining Sharq qo'lyoz- malari majmuini ko'rs^tib, uni lol qoldirgan edi.
O'zbek jadidlari Turkiston xalq maorifiga jiddiy e'tibor ber- ganlar. Bu sohada taniqli mudarris va ma'rifatparvar Munawar qorining xizmati kattadir. Munawar qori 1909-yildagi maslak- dosh do'stlari Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asaduliaxo'jayev, Toshpo'latbek Norbo'tabekov va boshqalar bilan hamkorlikda toshkentlik bir boyning raisligida "Jamiyati hayriya"ni tashkil qil­ di. Munawar qori va safdoshlari jamiyat orqali qashshoq va ka- salmand kishilar, o'quvchilarga yordam ko'rsatish bilan cheklan- maydi. Rossiya va Turkiyadagi oliy o'quv yurtlariga talabalar yuborish bilan ham shug'ullanadi. Munawar qori guruhiga mansub keksa san'atkor Abdurahmon Akbarov o'z xotirasida shunday voqeani eslaydi: "Guruhdagi jadidlaming bosh rahbari bo'lgan Munawar qori bir kuni to'daning majlisiga kelib: "Ziyoli yoshlardan bir nechtasini Germaniyaga yuborib o'qitish kerak", deb uzoq nutq so'zladi.
M Shundan keyin to'daning rahbarlaridan 7-8 kishi Orifxo'jaboyning yangi shahardagi hovlisida shu haqida birinchi marta majlis o'tkazdilar. Oradan chamasi 15 kunlar keyin Kattaxo'ja Xo'jayevning uyida ikkinchi marotaba katta yig'in bo'ldi. Bu majlisda Toshkentning eng mashhur boyonlari yig'ildi- lar. Buni tashkil qilishda ko'proq tashabbus ko'rsatgan Munawar qori edi.
Turkiyaga borib ta'lim olgan yoshlardan biri, keyinchalik mashhur shoir, adib va olim Abdurauf Abdurahim o'g'li Fitrat edi. Turkiyadagi turk yoshlarining "Turk o'chog'i", "Ijtihod va taraqqiy" tashkilotlari va boshqa siyosiy harakatlaming istiqlol xususidagi maqsad va maslagi ingliz va rus mustamlakachilari zanjirini uzib, butun musulmon mamlakatlariga tarqalgan edi. Ana shu tashkilotlar ta'siridt Buxoroda "Tarbiyayi atfol", (Bolalartarbiyasi), Toshkentda"Turon"jamiyatlarivujudgakelgan.O'zbekma'rifatparvarlari qudratli guruhining faoliyati haqi­ da rus maxfiy politsiyasi katta ma'Sumot to'plagandi. U Turkis­ tonda panturkizmni avj olishini istamas edi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR .


1. Karimov I.A. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, mafkura. 1-jild. Т., "O'zbekiston". 1996 yil.


2. Karimov I.A. "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin". 2-jild, Т., "O'zbekiston". 1996 yil.
3. Karimov I.A. " Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir". 3-jild, Т., "O'zbekiston". 1996 yil.
4. Karimov I.A. "Bunyodkorlik yo'lidan ". 4-jild. Т., "O'zbekiston". 1996 yil.
5. Karimov I.A. "Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi". 5-jild. Т., "O'zbekiston". 1997 yil.
6. Karimov I.A. "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q". Т., "Sharq". 1998 yil.
7. Karimov I.A. "Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin". "Tafakkur" jumali bosh muharririning savollariga
javoblari. Т., "O'zbekiston". 1998 yil.
8. Zunnunov A. va boshq. Pedagogika tarixi. T. “Sharq”. 2000 yil.
9. Karimov I.A. "Barkamol avlod orzusi". Т., "Sharq". 1999 yil.
10. Abdulla Avloniy. "O'son millat". Т., "Sharq". 1999 yil.
11. Abdullayev Ortiqboy. "Turkistonning qora kunlari". "Sharq
yulduzi". 1992 yil, 12-son.
12. Azizxo'jayev A. "Davlatchilik va ma'naviyat". Т., "Sharq". 1992
Yil
13. Alimova D., Rashidova D., "Maxmudxoja Bexbudiy i yego
istoricheskiye vozzreniya". Т., "Ma'naviyat". 1998 yil.
14. Ahmad Zakiy Validiy. "Xudoyorxonning so'nggi kunlari". O'zR
FA Sharqshunoslik instituti. Qo'lyozma, No 15743.
15. Ahmad Zakiy Validiy. "Bugungi turk eli". Istanbul, 1981 yil. 2-
nashr.
16. Ahmad Zakiy Validiy. "Xotiralar". "Sharq yulduzi". 1993 yil, 4-
5, 6-7, 8-9-sonlar.
17. Bakirov F. "Chor Turkistonida sud, shariat va odat”. Т., 1967 yil. 18. Bartold V. "Istoriya kultumoy jizni Turkestana". Т., 1913 yil.
19. Vamberi Xarman. "Buxoro yohud Movarounnahr tarixi". Т.,
1990 yil.
20. Gulamov X.G. "Iz istorii diplomaticheskix otnosheniy Rossii S
Buxarskim Xanstvam XVIII". v.T., "Fan", 1992 yil.
Download 55.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling