Mundareja: Kirish Nazariy qism
Rux-qo‘rg‘oshin konsentratini zamonaviy qayta ishlash texnologiyasi
Download 0.62 Mb.
|
Shaxtali pech
Rux-qo‘rg‘oshin konsentratini zamonaviy qayta ishlash texnologiyasi
Dunyo amaliyotida rux-qo‘rg‘oshin konsentrati, asosan, klassik texnologiya bo‘yicha qayta ishlanadi. Klassik texnologiya rux qo‘rg‘oshin rudasidan kollektiv konsentratini olishdan boshlanadi. Kollektiv rux-qo‘rg‘oshin konsentrati 2 ta mahsulotga flotatsiya yo‘li bilan ajratiladi. Birinchi rux konsentrati olinadi va uning tarkibida 2—4 foiz qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Ikkinchi mahsulot esa — bu qo‘rg‘oshin konsentratidir, qaysiki 1,5—2 foiz rux bor. Bunday texnologiya ik-kala xomashyodan ko‘p foydali metallarning isrofgarchiligiga va mahsulotlar sifatining pasaytirishiga olib keladi. Angliyaning «Imperial smelting» firmasi rux-qo‘rg‘oshin konsentratini ajratmasdan, birga qayta ishlash texnologiyasini yaratdi. Bu texnologiyaga asosan kollektiv konsentrat ajratmasdan shaxtali pechda birga eritiladi. Birinchi bosqichda kollektiv konsentrat aglomerat shaklga aylantiriladi. Eritiladigan pech to‘g‘ri burchak formali va uni ikki qator furmalari bor. Furmalar pechning hajmiga taxminan 200 mm ga kiritiladi va suv bilan sovitiladi. Furmalarning ikki qator joylash-tirilishi havo bosimining deyarli past darajada havoning pech hajmiga bir tekis taqsimlanishiga imkon yaratadi. Pechga havo taxminan 0,5— 1,0 MPa bosimda va 550—570°C haroratda beriladi. Pechning tepa qismi yopiqdir. Shixta pechga davriy shaklda yuqori qismidan yuklanadi. Jarayonning suyuq mahsuloti pechning past qismidan chiqariladi. Suyuq mahsulotlar nisbatli og‘irligi bo‘yicha qatlamlanadi. Odatda, shlak tarkibida 6—8 foiz rux bor. Koksning sarfi ko‘paygan sari shlakda ruxning tarkibi kamayib boradi, faqat bu sharoitda pechning ishlab chiqarish unumdorligi ham kamayadi. Ohak va kvars qo‘shilib, odatda, 30% CaO; 20 foiz SiO2; 32 foiz FeO; va 6% Al2O3 tarkibidagi shlak olinadi. Bu shlakning erish harorati 1200°C. 1-Jadval Shaxtali pechning ko’rsatkichlari:
Koksning birligiga olinadigan ruxning soni issiqlik balansi bilan aniqlanadi. Bu balansda issiqlik kelishi: koksning yonishi va isitilgan havo va shixtaning issiqligidir. Issiqlikning sarfi: shlakning erishi, ajralib chiqayotgan texnologik gazlarning issiqligi, rux oksidining endotermik tiklanish reaksiyasi, uglerod dioksidining tiklanishi va tashqariga isrofi. Pech gazlarda uglerod dioksidi tarkibi qanchalik yuqori bo‘lsa, rux oksidi uglerod massasi birligiga shuncha tiklanishi mumkin. Uglerod dioksidining tarkibi haroratga, moddaning balandligiga, koks va ruxli materiallarning reaksiyaga kirish imkoniyatlariga bog‘liq. Normal tartibda koksning 800°C ga, havoning esa 600°C qizitilsa, koksning sarfi ajralib chiqayotgan rux massasining 90 foizini tashkil qiladi. Paydo bo‘layotgan shlak massasidan yana 20 foiz qo‘shish lozim. Bunda koksning umumiy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: C = 0,936 a + 0,2173 v (29) bunda: C — uglerod sarfi; a — ajralib chiqayotgan rux soni; v — paydo bo‘lgan shlak soni. Havoni qizitish Buduar reaksiyasining (CO2 + C = 2CO2) o‘ng tomonga siljishiga olib keladi. Shixtali pechda asosan rux oksidining tiklanish reaksiyasi oqib o‘tadi. ZnO + C = Zn + CO2 (30) Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling