Mundareja: Kirish Nazariy qism


Download 0.62 Mb.
bet2/14
Sana01.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1418095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shaxtali pech

1. Nazariy qism.
1.1 Qo’rg’oshin. Tabiatda tarqalishi. Fizikaviy va kimyoviy xossalari.

Qo’rg’oshin. (Plumbum) Pb – kimyoviy elementlar davriy jadvalining IV guruh elementi; tartib raqami 82, atom massasi 207,19. Tabiatda Pb 4 ta barqaror izotoplar aralashmasidan tarkib topgan Pb204 (1,48%), Pb206 -(23,6%), Pb207(22,6%) va Pb208 (52,3%). Muhim radiofaol izotoplari-Pb209(T1/2 = 3,3 soat) va Pb210 (T1/2=23,3 yil). Elementning elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p64s23d10 4p65s24d10 5p66s24f145d106p2.


Qo‘rg‘oshin metallurgiyasi qadimiy tarixga ega. Undan tayyorlangan tanga va medalyonlar Misr mamlakati tuproqlarida topilgan (eramizdan 5000-7000 yil avval). Yaxshi saqlangan qo‘rg‘oshinli suv o‘tkazuvchi quvurlari, qadimgi Rim qazilmalarida ham topilgan. Bundan 2000 yillar oldin qo‘rg‘oshin quymalaridan yasalgan buyumlar yer sharining turli joylarida uchraydi.
Shuni takidlash lozimki, qo‘rg‘oshinni quyish jarayoni insonlar tomonidan ma’lum bo‘lgan birinchi metallurgik jarayonlardan biri bo‘lgan.
Tabiatda tarqalishi. Yer qobig‘idagi massa bo‘yicha o‘rtacha miqdori 1,6·10-%. Tabiiy qo‘rg‘oshin mayda yumaloq donador va bo‘lakchalar ko‘rinishida kam uchraydi. Eng muhim minerallari – galenit (qo‘rg‘oshin yaltirog‘i) PbS (86,6%Pb), bulanjerit 3PbS·Sb2S3(58,8% Pb), buronoit (2PbS·Cu2S·Sb2S3(42,4% Pb), serussit (oq qo‘rg‘oshin rudasi) PbSO3 (77,55% Pb), forsgenit PbCl2·PbSO3 (76,0% Pb) tabiatda uchraydi.
Boshqa minerallari ham ma’lum, nisbatan kamyob minerallar, masalan, klaustalit PbSe, altait PbTe hamda ko‘p sonli murakkab sulfidlar holida uchraydi. O‘zbekistondagi qo‘rg‘oshin-ruxli konlar poligenli, kolchedan-polimetalli, magmatikli, stragiformali (karbonatli-polimetalli) va gidrotermalli tipda uchraydi. Kolchedan-polimetall konlari Hisorning (Xandiza) janubi-g‘arbida uchraydi, ular vulqon-tektonik o‘zgarishlardan, vulqon jismlarini cho‘kishidan, paleovulqonli qurilishlar natijasida paydo bo‘lgan. Asosiy ma’dan minerallari pirit, sfalerit, galenit, xalkoperitlar, noma’danlar kvars, seritsit, xloritlar, karbonatlar, oltin va kumush minerallarida ham uchraydi. Skarno-qo‘rg‘oshin-ruxli guruhlari asosan Markaziy Tyan-Shanda, Chotqol-Qurama tizma tog‘larida joylashgan.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling