Mundareja: Kirish Nazariy qism


Download 0.62 Mb.
bet3/14
Sana01.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1418095
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Shaxtali pech

Fizikaviy xossalari. Pb – yumshoq, bolg‘alanuvchan va plastik kulrangli metall, ko‘k rangdagi tovlanishga ega. Toza silliqlangan metall yuzasi kulrang, oq, ammo tezda xiralashadi. tsuyuq.=327,44oC, tqayn.=1745oC, qattiq holatidagining zichligi: 11,336 g/sm3 (20oC). Qo‘rg‘oshin kb.; sr=0,127625; 0,134100; 0,155500; Cor=26,44; So=64,81; ΔHo=0; ΔGo=0; ΔHsuyuq.=4,77; ΔHbug‘=177,7; η=3,2327,4; 2,32400; 1,54600; 1,23800; σ=442350; 438400; 424600; 410800; r=0,001630; 0,01722; 0,1837; 1981; 101171; 1001431;
Kimyoviy xossalari. Pb – og‘ir metallar orasida eng yumshoq metall, qalayga nisbatan ancha yumshoq. Uni pichoq bilan kesish va hatto tirnoq bilan tirnash mumkin. Yuqori yumshoqligi va plastikligi sabab osongina listlarga yoyiladi, biroq undan o‘ta yupqa sim tayyorlab bo‘lmaydi.
Suyultirilgan kislotalarda deyarli erimaydi. Qo‘rg‘oshinning H2SO4 bilan ta’sirlashishi natijasida erimaydigan sulfat, H2F2 bilan- qiyin eriydigan qo‘rg‘oshin ftoridi hosil bo‘ladi. HCl bilan deyarli ta’sirlashmaydi. Eng yaxshi erituvchi HNO3 hisoblanadi. Havo ta’siridagi sirka kislotasi eritmasida osongina eriydi. Odatdagi haroratda kompakt holatidagi qo‘rg‘oshin havoda faqatgina yuzasi oksidlanadi va himoya qavati bilan qoplanadi. Suyuqlangan holatida kislorod bilan PbO ni hosil qiladi. Sekin qizdirilganda havoda oldin PbO, keyinchalik Pb2O3 va surik Pb3O4 hosil bo‘ladi.
Qizdirilganda galogenlar, oltingugurt va tellur bilan birikadi. Elektron formulasi: 5s25p65d106s26p2, ionlanish energiyasi (Pb → Pb++ e-) 7,42 eV. Tashqi elektron qavatida 4 ta juftlashmagan elektroni mavjud (2 ta p- va 2 ta d- qavatlarda). Shu sababli qo‘rg‘oshin atomining asosiy oksidlanish darajalari – +2 i +4 ga teng.
Ikki valentli qo‘rg‘oshin tuzlari ishqorlar bilan ta’sirlashadi, bunda deyarli erimaydigan qo‘rg‘oshin gidroksidi hosil bo‘ladi:
Pb2+ + 2OH- → Pb(OH)2
Ishqorning mo‘l miqdorida gidroksid eriydi:
Pb(OH)2 +2OH- → [Pb(OH)4]2-
Ishqorlar va kislotalar bilan ta’sirlashadi:
Pb+2NaOH+2H2O→Na2[Pb(OH)4]+H2
Pb+2HCl→PbCl2+H2
Qo‘rg‘oshin koordinatsion sonlari 4 bo‘lgan kompleks birikmalar hosil qiladi, masalan, [Pb(OH)4]2-
PbO2 va Pb orasidagi disproporsiyalash reaksiyasi asosida qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlar ishlab chiqarishga asoslangan bo‘ladi.
Qo‘rg‘oshin (II) nitrati va natriy metasilikati orasidagi reaksiya natijasida qo‘rg‘oshin (II) metasilikat va natriy nitrati hosil bo‘ladi. toC
Na2CO3+SiO2→Na2SiO3+CO2
Reaksiya natijasida olingan natriy metasilikatini eritish va filtrlash orqali 0,2% li suvli eritma tayyorlanadi, qaysiki, aralashtirish natijasida 0,5% li qo‘rg‘oshin (II) nitrati eritmasi quyiladi.
Cho‘kma osongina filtrlanadi. Uni suv havzachasida quritiladi. Qo‘ng‘ir rangga bo‘yalmagan preparatni faqatgina atmosferada olishadi, umuman, vodorod sulfiddan ajratilgan holatda.
Na2SiO3+Pb(NO3)2→PbSiO3+2NaNO3
Qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin (IV) oksidi va sulfat kislotasi orasidagi reaksiya natijasida qo‘rg‘oshin (II) sulfati va suv hosil bo‘ladi. Jarayonning umumiy sxemasi qo‘rg‘oshinli akkumulyatorlarga xosdir. To‘g‘ri yo‘nalishda akkumulyatorning zaryadsizlanish jarayoni, qaramaqarshisida zaryadlanish amalga oshadi.
Qo‘rg‘oshinli akkumulyator panjarali plastinalardan tuzilgan, qaysiki qo‘rg‘oshin oksidining suvli pastasi va 30% li sulfat kislotasi eritmasi joylashtirilgan.
Pb+PbO2+2H2SO4↔2PbSO4+2H2O
Qo‘rg‘oshin va qo‘rg‘oshin (IV) oksidi orasidagi reaksiyasida qo‘rg‘oshin (II) oksidi hosil bo‘ladi.
Gibbs energiyasi o‘zgarishi:
Pb + PbO2 = 2PbO, ΔG0298 = -159,9 kj/mol.
Qo‘rg‘oshin (II) oksidi va kislorod orasidagi qo‘rg‘oshin (II, IV) oksidlari hosil bo‘ladi.
Reaksiya 445-480°C temperaturada amalga oshadi. Qo‘rg‘oshin (II) oksidni havoda qizdirish; toC
6Pb+O2→2Pb3O4
Oltingugurt (IV) oksidi va qo‘rg‘oshin (IV) oksidi orasidagi reaksiyasida qo‘rg‘oshin (II) sulfati hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin (IV) oksidi namlangan holatda bo‘lishi kerak. Reaksiya xona haroratida sekin amalga oshadi:
SO2 + PbO2 → PbSO4
Qo‘rg‘oshin (II) Geksaoksodifosfat(IV) va vodorod sulfidi reaksiyasida perfofosfat kislotasi qo‘rg‘oshin (II) sulfidi hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin (II) Geksaoksodifosfat (IV) suspenziya ko‘rinishida bo‘ladi:
Pb2P2O6 + 2H2S → H4P2O6 + 2PbS
Qo‘rg‘oshin (II) xromati va nitrat kislotasi orasidagi reaksiyada qo‘rg‘oshin (II) nitrati, qo‘rg‘oshin (II) dixromati va suv hosil bo‘ladi. Nitrat kislotasi- konsentrlangan eritma ko‘rinishida.
2PbCrO4 + 2HNO3 → Pb(NO3)2 + PbCr2O7 + H2O
Qo‘rg‘oshin (IV) oksidi va vodorod sulfidi reaksiyasi natijasida qo‘rg‘oshin (II) sulfidi va suv hosil bo‘ladi. Qo‘rg‘oshin (IV) oksidi nam holatida vodorod sulfidi bilan reaksiyasi sekin amalga oshadi:
PbO2 + 2H2S → PbS + S + 2H2O
Qo‘rg‘oshin (II, IV) oksid va suyultirilgan nitrat kislotasi orasidagi reaksiyada qo‘rg‘oshin (II) nitrati, qo‘rg‘oshin (IV) oksidi va suv hosil bo‘ladi:
Pb3O4 + 4HNO3 → 2Pb(NO3)2 + PbO2 + 2H2O



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling