Mundareja: Kirish


Download 0.95 Mb.
bet2/11
Sana30.04.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1401979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi Uran Tahrirlangan

Kimyoviy xossalari. Uran oksidlanish darajasini +3 dan +6 gacha namoyish etishi mumkin.
Kimyoviy jihatdan uran juda faol. U tezda havoda oksidlanib, oksid plyonka bilan qoplanadi. Havoda 150-175 ° C o’z-o’zidan yonadi va U3O8 hosil qiladi. U suv bilan o’zaro ta’sir qiladi, vodorodni siqib chiqaradi, past haroratda sekin va yuqori haroratda tez boradi.
Uran mineralogiyasi va tavsifi
U + 2 H2O → UO2 + 2 H2
Uran rudalari - tarkibidagi uran va uning birikmalari texnik jihatdan sanoatda ishlatishga yaroqli va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq konsentratsiyada boʻlgan tabiiy mineral hosilalar 100 ga yaqin uran minerallari maʼlum boʻlib, shundan 12 tasi amaliy ahamiyatga ega ayniqsa, koʻproq sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan uran oksidlari — uraninit va uning turlari, shuningdek, silikatlar — koffinit, titanatlar — davidit va brannerit; suvli fosfatlar, arsenatlar va vanadatlar — uranli slyudalar sanoatda katta ahamiyatga ega. Uran rudalari paydo boʻlishiga koʻra, ekzogen, endogen, metamorfogen rudalarga ajratiladi. Endogen rudalar yuqori temperatura va bosim taʼsirida pegmatit va gidrotermal eritmalardan ajralib chiqadi. Bunday rudalar burmalanish oblastlari va faollashgan platformalarga xos.
Uraninit — uranning suvsiz oksidi, uranatlar guruhiga mansub mineral. Ideal formulasi UO2. Tarkibi oʻzgaruvchan (U4+ dan U6+ gacha oksidlanadi) aralashmalari Th, Tr, Pb, Fe, Zr dan iborat. Kub singoniyada kristallanadi. Oktaedrik kristallar va zich massalar holida boʻladi. Moʻrt. Qattiqligi 5—6, zichligi 8—10 g/sm3. Rangi qora, yarim metall yoki smolasimon yaltiraydi. Kuchli radioaktiv, bir oz elektromagnitli. Sof uranning nasturan va uran qurumi kabi turlari maʼlum. Sof uran yuqori mineral boʻlib, aniq kristallar shaklida boʻladi. Uranning strukturasi flyuoritnikiga o’xshash. Pegmatitlar, shuningdek, gidrotermal, skarn va choʻkindi jinslar ichida uchraydi. Ishqorli magmatik tog’ jinslarida, past gidrotermal va choʻkindi konlarda hosil boʻladi. Uran qurumi gʻovak tuproqsimon agregatlardan iborat boʻlib, gidrotermal sulfiduran konlari va choʻkindi konlar uchun xosdir. Barcha Uranda uran va toriyning radiogen parchalanishidan paydo boʻlgan hosilalar (K, As, Ro, Ne, R), shuningdek, Sa va Zn boʻladi. Uran oksidlanish zonasida tez oʻzgaradi. Uranning strukturasi boʻyicha turlari: kristalli uran — briggit (tarkibida 6—15% TYU,), kleveit (3 — 16% TR2O3 va 3 — 8% ThO2), kallomorfli nasturan va boshqa uranning barcha turlari uran rudalarining asosi hisoblanadi. Yirik konlari Kanada, AQSH, Afrika, Avstraliya, Fransiyada mavjud.

Uraninit

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling