Mundareja
Koronavirusli pnevmoniya alomatsiz rivojlanadi. O‘pkada yallig‘lanish jarayoni boshlanganini qanday tushunish mumkin?
Download 0.95 Mb.
|
Koronavirusni davolash uusullari
1.3 Koronavirusli pnevmoniya alomatsiz rivojlanadi. O‘pkada yallig‘lanish jarayoni boshlanganini qanday tushunish mumkin?— COVID-infeksiyasining odatiy kechishi bir nechta xarakterli bosqichga ega. Birinchi haftada — bu o‘tkir respirator virusli infeksiyalar (O‘RVI), u ehtimol unchalik kuchli namoyon bo‘lmas. Bu davrda odam o‘zini deyarli sog‘lom his qiladigan kunlar bo‘lishi mumkin. Harorat ko‘tarilgan birinchi kundan boshlab, kasallikning dastlabki kunlarini hisoblash boshlanadi. Ba’zida buni aniqlash qiyin, chunki u unchalik ko‘tarilmasligi ham mumkin 37,2 — 37,5. Bunday holatlarda haroratni tushirish tavsiya etilmaydi — bu organizmning tabiiy himoya reaksiyasi. Yaxshisi iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdorini oshirgan ma’qul. Beshinchi-yettinchi kunlarda ayrim hollarda harorat yana ko‘tariladi. Ko‘p hollarda bu pnevmoniya rivojlanishi ehtimoli (ammo bunday bo‘lmasligi ham mumkin) haqida dalolat berishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda kasallikning birinchi haftasida ahvol og‘irlashishi kuzatiladi. Bunday holatlarda odam birinchi «qo‘ng‘iroq»ni sezmagan bo‘lishi mumkin. Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash tajribasidan shuni aytishim mumkinki, eng yomon kun — bu o‘ninchi kun. Odatda, ahvolning yomonlashishi ana shu kunga to‘g‘ri keladi. Bemor holatining kundalik monitoringini olib borish, ya’ni harorat, puls, nafas olish chastotasini, iloji boricha qonning kislorod bilan to‘yinishini (saturatsiyani) qayd etish juda muhim. Ba’zida nafas olish chastotasiga e’tibor qaratilmaydi, bu esa juda muhim alomat. Uni bemor sezmaydigan tarzda sanash kerak. Qorin yoki ko‘krak qafasi harakatlari qayd etiladi. Yuqoriga-pastga (nafas olish-chiqarish) — bu bitta nafas olish sikli. Ushbu sikllarning bir daqiqa ichidagi soni hisoblanadi. Normal holatda nafas olish chastotasi jinsga va yoshga bog‘liq, u daqiqasiga 12−20 diapazonida bo‘lishi mumkin. Nafas olish chastotasini dinamikada, kunlar bo‘yicha baholash va nafas olishning puls bilan nisbatini ko‘rish zarur. Yurak qisqarishlari chastotasi nafas harakatlaridan to‘rt baravar ko‘p bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha alomatlar ham qayd etiladi: behollik, hansirash, terning ko‘p miqdorda ajralib chiqishi. Ularni 0 dan 5 gacha shkala bo‘yicha baholagan ma’qul, bu yerda 0 — alomatlar yo‘qligi, 5 — ularning yaqqol namoyon bo‘lishi. Hid, ta’m bilishning buzilishiga, diareyaga e’tibor qaratish lozim. Grippli pnevmoniyadan farqli o‘laroq, negadir koronavirusli pnevmoniyada bemorlar qonning kislorod bilan to‘yinishi past bo‘lishini ham ancha yaxshiroq ko‘tarishadi. Shuning uchun faqat diqqat bilan kuzatish jiddiy choralar ko‘rilishi kerak bo‘lgan paytni o‘tkazib yubormaslik imkonini beradi. Jahon amaliyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, kasallik hatto alomatsiz kechganida ham o‘pkada u yoki bu o‘zgarishlar bo‘ladi. Ularning tarqalishini oldini olishning imkoni yo‘q, shu bois doim fakt bo‘yicha davolanadi. Agar harorat ko‘tarilishi, nafas olish yetishmovchiligi, qonning kislorod bilan to‘yinishining pasayishi ko‘rinishidagi holatlar kuzatilmasa, unda faol davolash ishlarini o‘tkazish shartmas. Tadqiqotlar antibiotiklarning, gormonlarning erta tayinlanishi kasallikning kechishini yomonlashtirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling