Mundareja
Kislorodli konsentratorlar va pulsoksimetrlar
Download 0.95 Mb.
|
Koronavirusni davolash uusullari
1.6Kislorodli konsentratorlar va pulsoksimetrlar— Agar odamning to‘satdan nafasi bo‘g‘ila boshlansa, tez yordam esa tezroq kelavermasa yoki unga qo‘ng‘iroq qilib tusholmasa, bemorga qanday shoshilinch yordam ko‘rsatish mumkin? — Qiyin savol. Bunday odamga zudlik bilan kislorod kerak. Shu bois hozir kislorodli konsentratorlarga talab katta. Uy uchun kislorod izlash yoki kasalxonaga olib boradigan mashina topish paytida bemorni, agar qorni bilan yotmagan bo‘lsa, qorni bilan yotqizish zarur. Derazani ochib, toza havo kirishini ta’minlash kerak. Xona issiq bo‘lmasligi lozim! Hozir ko‘pchilik konditsionerlardan qo‘rqadi. Ammo uni bevosita bemorga qaratmasdan va haroratni juda pasaytirib yubormasdan ham ishlatish mumkin. Salqinroq havodan nafas olish ancha yengil bo‘ladi. — Kislorodli konsentratorni tanlaganda nimalarga e’tibor berish kerak? Undan maishiy turmushda foydalanish xavfsizmi? — Bir qoida bor: agar odam kislorodli ko‘makka ehtiyoj sezsa, u statsionarda kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Afsuski, real voqelik har doim ham idealga to‘g‘ri kelmaydi. Kislorodli konsentrator saturatsiya pasayganida bemorning ahvolini yaxshilashi mumkin. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, asbob daqiqasiga hech bo‘lmaganda besh litrgacha havo berishi, kamida 24 soat ishlashi kerak. To‘plamga albatta bemor uchun burun kanyulyasi va niqob ilova qilinadi, chunki kanyulya orqali nafas olganda kislorodning bir qismi yo‘qoladi. Fabrika sharoitlarida ishlab chiqarilgan va barcha sertifikatlarga ega bo‘lgan kislorodli konsentrator xavfsiz hisoblanadi. Undan foydalanish bo‘yicha maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ularni oldindan o‘rganish lozim. Umuman olganda esa bu asbob keyin boshqa hech qachon hayotda kerak bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun shaharlarda, tumanlarda kislorod konsentratorlarini ijaraga beradigan punktlar bo‘lsa, yaxshi bo‘lardi. Har bir bemor uchun individual tarzda kislorod yetkazish tizimlarigina (silikon trubkalar, kanyulyalar, niqoblar) xarid qilinishi kerak. Eshitishimcha, aynan shu narsalar hozir yetishmayapti. Nafas olish uchun moslashtirilgan kislorodli ballonlarni tavsiya etmagan bo‘lardim. Ulardan foydalanganda portlash yuz berishi xavfi yuqori. — Pulsoksimetrlarga ham talab katta. Ularning o‘rniga xuddi shunday funksiyalarga ega mobil ilovalardan foydalanish mumkinmi? — Mobil ilovalar zarur axborotni unchalik aniq bermasligi mumkin. Biroq pulsoksimetr bo‘lmaganida, hech nimadan ko‘ra ulardan foydalangan ma’qul. Ular hech bo‘lmaganda vaziyatga oydinlik kiritish imkonini beradi. Kislorodli konsentratorlar holatidagi kabi pulsoksimetrlar ham oddiy hayotda kerak bo‘lmaydi. Ularni bir kishidan ikkinchisiga berish mumkin, ularni zararsizlantirish ham juda oson, shunchaki tarkibida spirt bo‘lgan vositalar bilan ishlov berilsa bo‘ldi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling