Mundarij a I. Kirish II. Nazariy qism
Download 0.8 Mb.
|
Axborot texnologiyalari haqida tushuncha
YONG'IN XAVFSIZLIGI.
Yong'in xavfsizligi bo'yicha umumiy ma'lumotlar va xavfsizlik tizimiga qo'yiladigan talablar Yong'in — bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta moddiy zarar hamda talafotlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayoni. Obyektning yong'in xavfliligi deganda, obyektning yong'in sodir bo'Hshi mumkin bo'lgan holati va yong'inning oqibatlari tushuniladi. Obyektning yong'in xavfsizligi deganda, belgilangan me'yor va talablar asosida ob'ektda yong'in sodir bo'lish xavfi hamda uning xavfli va zararli ornillarini inson hayotiga ta'siri cheklangan, obyektdagi materiallar to'liq himoyalangan holati tushuniladi. Yong'in vaqtida sodir bo'ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta'sirida moddiy boyliklar nobud bo'Hshi va baxtsiz hodisalar ro'y berishi mumkin. Yong'inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: ochiq alanga, atrof-muhit va yong'inda qolgan buyumlaming yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo ladigan turli xil zaharli gaz va bugiar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo'lishi, qurilish konstruksiya va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong'in vaqtida sodir boiadigan portlash, undagi toiqin zarbasi, portlash ta'sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va boshqalar. Maiumki, yong'inni o'chirishga nisbatan uni oldini olish oson va foydali. Shu sababli, har bir mutaxassis va xodim ishlab chiqarishdagi yong'in sabablarini bilishi, yong'in xavfsizligi qoidalariga toiiq rioya qilishi va yong'inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bogiiq holda, Davlat standarti bo'yicha, obyektning yong'in xavfsizligi—yong'inni oldini olish va yong'inga qarshi himoya tizimi hamda tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta'minlanadi. Yong'inni oldini olish tizimi- yong'in sodir bo'lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbir va texnik vositalar majmuidan iborat. Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko'proq yonmaydigan Va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong'inga xavfli qurilmalar °'rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish ularni mumkin qadar tashqarida o'rnatish, yonuvchi moddalar uchun 8ei"rnetik idish va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug' va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada (REM asosida) sozlash, isitish jihozlaridan to'g'ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar 0rciali amalga oshiriladi. Yonuvchi muhitda yong'inga olib keluvchi manbaning hosil bo'lishinj oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong'in manbasini hosil qilmaydigaj, mashina, mexanizm va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoida va rejimlariga to'liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish material va moddalarning issiqlik ta'sirida, kimyoviy va mikrobiologft usulda o'z-o'zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong'inga qarshi tadbirlarni to'liq amalga oshirish, bino chcgarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yong'inga qarshi himoya tizimi Yonish jarayonining mohiyati Yonish—murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo'lib, u yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o'zaro reaksiyasi ta'sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo'lishi uchun albatta yonuvchi modda, kislorod va yonish manbai bo'lishi kerak. Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo'lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo'lganda esa tutash yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo'lganda esa tutash ham to'xtaydi. Yong'in manbaini ikki turga ajratish mumkin, ya'ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adibatik siqilishlar, ishqalanish, zarba). Yong'inni o'chirishning mohiyati, yuqorida ta'kidlangan uchta yonish jarayonini tashkil etuvchilaming o'zaro ta'sirini to'xtatishdan iborat. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling