Mundarij a I. Kirish II. Nazariy qism


Yong'inning oldini olish choralari


Download 0.8 Mb.
bet13/16
Sana23.04.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1390913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Axborot texnologiyalari haqida tushuncha

Yong'inning oldini olish choralari
Kompyuterning ichida kamida 4 ta: elektr ta'minoti blokida, mikroprosessor ustida, vinchester rusumidagi diskda va videoprosessor ustida ventilyator borligining o'zi kompyuterning qizib ketishi xavfi qanchalik kattaligini ko'rsatib turibdi. Ayniqsa, respublikamiz sharoitida bahor va yoz oylarida obi-havoning keskin isib ketishi, bu xavfni yanada oshiradi.
Kompyuter texnikasining ashaddiy dushmani havodagi chang bo'lib, ular havoni kompyuter ichiga haydaydigan ventilyatorlar tufayli kompyuter ichida yig'ilib qoladilar, ventilyatorlarning o'zini to'xtab qolishiga olib keladilar, elektron uskunalar ustini qoplab, ularning tashqi muhitga issiqlik uzatish imkoniyatlarini kamaytirib, ularning kuyishiga olib keladilar. Havodagi changlar miqdorini kamaytirish uchun xonaning devorlari, poli va shifti, eshik va derazalarni bo'yashda faqat moyli bo'yoqlar ishlatilishi kerak va suvli bo'yoqlardan bu maqsadda foydalanib bo'lmaydi.
Haroratining t0 dan t oralig'ida materialning erishi, bug'lanishi ro'y beradi. Harorat t0dan ortgandan so'ng, oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta'sirida harorat tez o'sadi. Tutash, o't olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat harorat ta ga yetgach, alangalanish boshlanadi.
ELEKTR XAVFSIZLIGI.
Umumiy ma'lumotlar. Elektr tokining inson tanasiga ta'siri Elektr xavfsizligi deb insonlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydoni va statik elektr tokining xavfli va zararli ta'siridan himova qilishga qaratilgan tashkiliy, tcxnik tadbir va vositalar tizimiga aytiladi. Ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi rivojlanish darajasini elektr cnergiyasisiz tasawur qilish qiyin. Lekin, elektr energiyasi inson mehnatini yengillashtirib ish unumdorligini ortishiga olib kclish bilan bir qatorda, uning hayoti uchun xavfli ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda uchraydigan boshqa xavf manbalaridan elektr xavfi keskin farq qiladi. Chunki, ularni faqatgina maxsus jihoz va asbob-uskunalar bilangina aniqlash mumkin. Elektr tokidan jarohatlanish, asosan, quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin: 1.Elektr yoyi orqali tok ta'siri; 2.Jihozlar korpusining metall qismlarida bexosdan tok sodir boiishi natijasida; 3.Katta o'lehamdagi mashinalarni elektr uzatmalari liniyalariga ruxsai etilgan miqdordan kam masofada yaqinlashuvi oqibatida. Yuqoridagi holatlarga bog'liq holda elektr tokidan jarohatlanish sabab-larini quyidagi ikki guruhga, ya'ni tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkin: Tashkiliy sabablarga: ishchilarni elektr xavfsizligi bo'yicha o'qitilma-ganligi va tcgishli yo'riqnomalardan o'tkazilmaganligi; ishchilarni shaxsiy . himoya vositalari bilan ta'minlanmaganligi; elektr qurilmalarini muhandis-texnik xodimlar tomonidan qoniqarsiz nazorat qilinishi; elcktrik quril-malarida profilaktik ta'mirlash ishlarini sifatsiz olib borilishi; ish joylarida elektr qurilma va jihozlari bilan ishlash qoida hamda ko'rsatmalarining bo'lmasligi kiradi. Texnik sabablarga esa: tok o'tkazuvchi qismlarda ishonchli to'siqlarning bo'lmasligi; elektr qurilmalari, jihozlari va o'tkazgichlarini noto'g'ri o"r-natilishi hamda elektr qurilmalarini o'rnatishda binolarning elektr xavf­sizligi bo'yicha katcgoriyalarini hisobga olinmasligi; himoya va saqlasn qurilmalarining bo'lmasligi yoki ularni noto'g'ri o'rnatilishi. Ishlab chiqarishdagi elektr qurilmalarida sodir bo'ladigan baxtsiz hodisalarning tahlili, asosan, ushbu baxtsiz hodisalar elektr qurilmalari bilan ishlashga nomutaxassis ishchilarning qo'yilishi, himoya vositalari bilan ta'minlash va undan foydalanish masalalariga e'tiborsiz munosabatda bo'lish oqibatida sodir bo'layotganligini ko'rsatadi. Shu sababli, elektr qurilmalaridan foydalanis'w3 kaxtsiz hodisalarning oldini olish uchun «Elektr qurilmalarini o'rnatish qoidalari» talablariga to'liq rioya etilishini talab qiladi. Elektr vosita va qurilmalariga texnik xizmat ko 'rsatishda quyidagilarga amal qiling:
1. Kuchlanishni o'chiring;
2. Tizimda kuchlanish yo'qligini tekshiring;
3. Qurilmani yerga ulash orqali himoyalang.
Elektr tokining inson tanasiga ta'siri bir necha omillarga, jumladan, I0k kuchi, inson tanasining elektr tokiga qarshiligi, kuchlanish miqdori, tok turi va chastotasi, tokning ta'sir etish vaqti, tokning inson tanasi bo'ylab o'tish yo'li hamda insonning shaxsiy xususiyatlariga bog'liq bo'Iadi. Elektr toki insonga uch xil, ya'ni kimyoviy, issiqlik va biologik ta'sir Ico'rsatadi. Kimyoviy ta'sirda inson tanasidagi qon va boshqa organik suyuqliklar buzilishi mumkin. Issiqlik ta'sirida esa tananing ayrim qismlarida kuyish hosil bo'Iadi. Biologik ta'sirda tananing tirik nujayralarining qo'zg'alishi va uyg'onishi oqibatida muskullarni ixtiyorsiz ravishda tortishishi. qisqarishi yuzaga keladi. Yuqoridagilarga mos holda, elektr tokining inson tanasiga ta'siri elektr zarba, elektr kuyishi va elektr shikastlanishi ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ushbu ta'sirlar ichida elektr zarba eng xavfli hisoblanadi va u elektr tokining inson tanasidagi muhim' a'zolari: yurak, o'pka, asab tizimi va boshqa shu kabi a'zolari orqali o'tishi natijasida yuzaga keladi. Texnika xavfsizligi. Kompyuter o'rnatiladigan xonaga kompyuterlar soniga qarab turib, quyidagi talablar qo'yiladi: ta’limni axborotlashtirish bu tinglovchilarni kompyuterda nazariy va amaliy mashg’ulotlar o'tkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 5 tadan 20 tagacha kompyuter o'rnatilishi mumkin. Bizning sharoitimizda uning soni 5 taga teng.
Shuning uchun kompyuter xonasini o'lchamlari quyidagicha bo'lishi kerak: 6x10x2,8 metr. Stol va stullarga talablar Elektr xavfsizligi. 
Kompyuter xonasida stol va stullarga talablar mavjud bo'lib, stol balandligi erdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta orqasida suyanchig’i bo'lishi kerak. Chunki stol-stullar o'z gabariti bilan to'g’ri kelmasa, foydalanuvchi tezda charchab qoladi. Stol va stullar shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi bemalol xar bitta tinglovchini oldiga borib, uni qilgan xatolarini kompyuterda bemalol ko'rsata olishi kerak. Insonni antropometrik o'lchovlarini xisobga olish. Insonni antropometrik o'lchovlari quyidagicha: o'rtacha balandligi 1 metr 72 sm, elka kengligi 39 sm, qo'llar yoyilmasi 160 sm. Agarda bu antropometrik o'lchovlar xisobga olinmasa, tinglovchilar ish paytida bir-biriga xalaqit berishi mumkin. Monitordan insonning ko'zigacha bo'lgan optimal masofa. Monitor ko'zdan ozgina pastroqda va 50 smdan kam bo'lma-gan masofada joylashishi kerak. Monitor va ko'z orasidagi masofa 60-70 sm bo'lishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik bo'lsa, insonni ko'zi tezroq charchaydi. Monitorni dizayni va rangi o'ziga eotiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida xar xil reklama yopishtirgichlarini olib tashlash kerak. Monitorning ekrani zangori va ko'k ranglarga bo'yalishi shart. Chunki bu ranglar inson ko'ziga eng yaxshi ranglardan xisoblanadi. Kompyuterda ishlash vaqtida insonning charchash sabablari Kompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi: - ekranni yorug’ligi; - kontrast va fon o'rtasidagi aniqligi; - kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi; - kompyuterda nurlanishning insonga taosiri; - kompyuter buzuqligi. Kompyuter xonasiga talablar. Xonaning shipi oq-ko'k fon balan oqlanishi, devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar va oftob nurlanishi bizga kerakli rang iqlimini yaratib beradi. Elektr xavfsizligi. Kompyuter xonasida xamma jixozlar elektrotokda ishlaydi, shuning uchun elektr shikastlanishiga uchrash mumkin. Kompyuterlarni erga ulash va erga ulash ximoyasiga talablar. xamma kompyuterlarda elektr tarmog’iga ulash uchun maxsus sistema ishlatiladi va unda "0" ulash ximoyasi qo'llanilgan. "0" ga ulash ximoyasi bu "0" simini korpuslarga bog’lash va xar xil issiqlikda ishlaydigan avtomatlarni ishga tushiruvchi sistemadir.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. Shaxsiy kompyuterni ishga ♦ O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qa-mashtirmaydigan bo'lishi kerak.
♦ Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim.
♦ Shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak. O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak. Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchi-larning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.


VI. XULOSA


Axborot - ijtimoiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma'lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida to'plagan tajribalari majmui demak. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o'zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko'rish, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari qanday amal qilayotganligini anglab yetish maqsadida ko'pdan ko'p so'zlarga, dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyot amaliyot bilan birlashadi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborotlar oqimini bamisoli bahor sellari oqimi kabi ko'paytirib yubordi. Axborot oqimining tobora ko'paya borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, asrimizning 70 - yillar o'rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga yetgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo'ladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob - kitobni cho't qoqib amalga oshirib bo'lmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni yecha olishi mumkin.
Odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotlarni o'z vaqtida to'plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo'ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg'or axborot texnologiyasini joriy etish zarur.
Axborot texnologiyasi bu usullar tizimi va axborotlarni yig'ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo'lidir. U informatikaning predmeti hisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini o'tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo'jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.
Axborot texnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o'lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi.



Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling