Mundarij a kirish i-bob. Boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma inshoning turlari


Download 133.5 Kb.
bet2/13
Sana26.12.2022
Hajmi133.5 Kb.
#1066928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish yo’llari

Mavzuning o’rganilish darajasi: O’zbek tilshunosligida insho, insho mavzusi, insho turlari haqida M.Rahimov, A.Zunnunov, A.Po’latov, R.Ikromov kabi olimlarning asarlarida tadqiq etilgan. Ilmiy xulosalar chiqirilgan ammo, shu mavzuni boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga singdirish yo’l-yo’riqlari, usullari keng ko’lamda yoritilgan. To’g’ri ushbu mavzu yuzasidan ko’plab fikr-mulohazalar bildirilgan. Shu o’rinda A.Zunnunov. K.Qosimovlarning tadqiqotlari, o’quv qo’llanmalarini ta’kidlab o’tish mumkin. Biroq bugungi kunda yoshlarga mustahkam bilim berish, maktablarda o’tkaziladigan yozma ish turlarini ongli tushunishlariga o’rgatish usuli va yo’llarini ishlab chiqish zaruriyati kun tartibiga turibdi.
Shu sababli biz ”Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatish yo’llari” mavzusini tadqiqot ishi qilib belgiladik. Buni 3 sinf ona tili darslarida amalga oshiriladigan yozma ishlar asosida hal etishga urindik.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari:
O’zbek tilini o’qitish yuzasidan yaratilgan dasturlar, darsliklardagi o’qitish usullarimizdagi mavjud kamchiliklar boshlang’ich sinf o’quvchilarini insho yozish o’rgatish yuzasidan yetarli bilim olishga imkon bermaydi. Shu bois boshlang’ich sinf o’qituvchilari aksariyat xollarda o’quvchilarni insho yozishga o’rgatishda bir qator qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.


Tadqiqotda quyidagi vazifalarni bajarishga urindik:



  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarini insho yozishga o’rgatish usullari bo’yicha qilingan ishlarni tahlil etish

  • Boshlang’ich sinf dasturida o’quvchilarning insho yozishga o’rganishlariga ajratilgan soatlar, darslikda mavzuga doir materiallarning hajmi, ularni o’quvchilar saviyasiga mosligi, tanlangan mavzularning ta’lim – tarbiyaviy axloqiy ahamiyatini aniqlash;

  • O’quvchilarni insho yozishga o’rgatishda bo’limlararo aloqaning ahamiyatini ko’ratish.

Tadqiqotning metodi va ilmiy – nazariy asoslari.
Yoshlarga til qonuniyatlarini tilning so’z boyligi, ma’nolari jozibadorligni o’rgatish, nazariy bilimlarni amalda qo’llash malakasini hosil qilish hamishda dolzarb vazifalardan bo’lib keladi va shunday bo’lib qoladi. Til fanini o’qitish metodikasi ham ilmiylikka suyangan xolda amaliy xulosalar chiqarishga ahamiyat beradi.



Download 133.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling