Mundarij a kirish I. Nazariy qism


Polimerlarning kelib chiqishi, kimyoviy tarkibi va tuzilishiga ko’ra sinflanishi va nomlanishi


Download 137.02 Kb.
bet7/23
Sana10.11.2023
Hajmi137.02 Kb.
#1764187
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
Mundarij a kirish I. Nazariy qism-fayllar.org

1.4. Polimerlarning kelib chiqishi, kimyoviy tarkibi va tuzilishiga ko’ra sinflanishi va nomlanishi.
Barcha yuqori molekulyar birikmalar kelib chiqishiga qarab quyidagicha sinflanadi:

  1. Sintetik polimerlar – quyi molekulyar birikmalardan sintez yo`li bilan olinadi;




  2. Tabiiy polimerlartabiiy materiallardan olinadi;


  3. Sun`iy polimerlar – tabiiy polimerlarni kimyoviy modifikatsiyalash orqali olinadi;

Sintetik polimerlar tabiiy polimerlardan kimyoviy strukturasining soddaligi bilan ajralib turadi. Masalan, polivinilxlorid quyidagi sodda strukturaga ega:

Sintetik polimerlarning ba`zi vakillari 3000 – 4000oS gacha haroratga chidamli. Amerikadagi “Jeneral elektrik” kompaniyasi laboratoriyasining kimyogarlari 5500oS gacha barqaror turaoladigan rezina olish usulini ishlab chiqdilar.
Yuqori molekulyar birikmalar makromolekulasida monomer zvenolarining bir-biri bilan bog’langanligiga ko`ra chiziqli, tarmoqlangan va fazoviy (to`rsimon) tuzilishda bo`ladi.
Yuqori asimmetrik darajali uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar chiziqli polimerlar deyiladi va ularni quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin: – M – M – M – M – M – M – M –
Yon tarmoqlarga ega bo`lgan va bu tarmoqlar soni hamda uzunligi juda katta oraliqda o`zgarishi mumkin bo`lgan zanjirsimon strukturali polimerlar tarmoqlangan polimerlar deyiladi:

Bir-biri bilan fazoda ko`ndalang kimyoviy bog’lar bilan bog’langan uzun zanjirsimon makromolekulalardan iborat polimerlar fazoviy yoki to`rsimon polimerlar deyiladi :

Asosiy zanjirning tuzilishiga ko`ra barcha yuqori molekulyar birikmalar gomozanjirli va geterozanjirli polimerlar guruhlariga bo`linadi:
Asosiy zanjiri bir xil atomlardan, masalan uglerod, oltingugurt, fosfor va h.k. iborat bo`lsa gomozanjirli polimerlar hisoblanadi. Makromolekulaning asosiy zanjiri faqat uglerod atomlaridan tuzilgan bo`lsa, karbozanjirli polimerlar deyiladi:

Asosiy zanjir har xil atomlardan iborat bo`lsa, geterozanjirli polimerlar deyiladi:




Download 137.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling