Mundarij a kirish


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 175.5 Kb.
bet2/8
Sana08.01.2023
Hajmi175.5 Kb.
#1084093
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Xurshid Do\'stmuhammad

Tadqiqot obyekti va predmeti. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash Milliy dasturidagi ko‘rsatmalar, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirishga doir nazariy asarlari tashkil etiladi. Kurs ishida Xurshid Do‘stmuhammad ijodiga mansub bo‘lgan hikoya, qissa va romanlari asosiy manba bo‘lib xizmat qildi. Shuningdek, ijodkor faoliyatiga bag‘ishlangan maqolalar, xotira va estaliklarga ham murojaat qilindi.
Kurs ishi maqsad va vazifalari. X.Do‘stmuhammad ijodining hozirgi o‘zbek tanqidchiligida o‘rganilishi keng tadqiq qilish, munaqqidlarning munaqqidlik mahoratini imkon qadar tadqiq etish mazkur ishning maqsadidir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda ishda quyidagi vazifalarni hal etish ko‘zda tutiladi:
– Xurshid Do‘stmuhammad ijodining hozirgi o‘zbek tanqidchiligida o‘rganilishi;
– adib hikoyalarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari o‘rganish;
– adib qissalari va ularning mavzu ko‘lami, sintaktik xususiyatlarini tadqiq etish;
– adib romanlarining o‘ziga xosligini ilmiy-nazariy va badiiy tahlil qilish;
– X.Do‘stmuhammad ijodida badiiy mahorat masalasi yoritish.
Ilmiy yangiligi. Tadqiqotda Xurshid Do‘stmuhammad asarlarida ijodiy individualiik masalasining asosan quyidagi jihatlari yoritildi:
– ifodada shakliy ixchamlik, falsafiy mushohada teranligi, mantiqiy izchillik singari yetakchi badiiy vositalarning poetik tasvirda tutgan vazifaviy o‘rni va uslubiy ahamiyati belgilab olindi;
– badiiy makon va zamon talqini xronotopiyasi voqelikni poetik tadqiq etish va estetik jihatdan baholash imkoniyatlarini oshirishga xizmat qilishi qiyosan o‘rganildi;
– falsafiy fikr shakllanishida nutqiy ong, mushohada nisbati va shakliy amaliyot mushtarakligiga e’tibor qaratildi;
– adib ijodiy evolutsiyasini tahlil qilish jarayonida uslubiy maneralar individualligiga nazar tashlandi.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mazkur tadqiqotning asosiy masalalari va tahlil natijalari yuzasidan ilgari surilgan ilmiy farazlar quyidagilarda aks etdi:
– Xurshid Do‘stmuhammad ijodida an’anaviy omillar va badiiy xoslanganlik darajasi yetakchi ijodiy atribut sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatish;
– yozuvchi badiiy tafakkurida individual yondashuv hamda estetik tamoyillar rang-barangligi ta’minoti ustuvorligini e’tirof etish;
– badiiy mushohadani shakllantirishda nutqiy ong, tasvir o‘ziga xosligi singari poetik vositalar yaxlitligini umumlashtirish;
– ramziy-falsafiy talqindagi o‘ziga xoslik; – ma’naviy-axloqiy muammolar talqini;
– adib ijodida shakliy-uslubiy izlanishlar;
– adib ijodiy poetikasi tadriji xususiy sajiyasi hamda sinkretik tabiati butunligini ilmiy-metodologik aspektda tekshirish.



Download 175.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling