Mundarij a kirish


Download 144.5 Kb.
bet1/5
Sana18.02.2023
Hajmi144.5 Kb.
#1211953
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ertak (2)




M U N D A R I J A













KIRISH. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

3













ASOSIY QISM













1.

Boshlang‘ich sinflarda xalq ertaklarining o‘rni……


5

2.

Boshlang’ich sinflarga xalq ertaklarini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati. . . . . . .


8


3.

O’qish darslarida ertaklarni interfaol usullarda o’tish. . . . . .

12













XULOSA . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ……..................

17













FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. . . . . . . . . . . . . . .

21
















Reja:







I.KIRISH










II.ASOSIY QISM







1.

Boshlang‘ich sinflarda xalq ertaklarining o‘rni


2.

Boshlang’ich sinflarga xalq ertaklarini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo’llashning ahamiyati


3.

O’qish darslarida ertaklarni interfaol usullarda o’tish








III.XULOSA










K I R I SH
Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’lim tizimini rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan tamoyilga asoslangan holda, milliy g‘oya va uning mafkuraviy negizlarini puxta ishlab chiqish, yosh avlodni bolalikdan milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.1
Mamlakatning jahondagi nufuzi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati, dunyo sivilizatsiyasi, fani va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasi, ayni vaqtda, umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlarga nechog’lik amal qilishi xalqning turmush darajasi bilan belgilanadi. Ana shu jihatdan mazkur bitiruv malakaviy ishi g’oyat dolzarb ahamiyatga ega bo’lib, yosh avlod tarbiyasida ertak va uning estetik ta’siri kattadir.
Ertak asrlar davomida yaratilib, avloddan-avlodga o`tib sayqal topib kelayotgan folklorning mustaqil janridir. Ba`zi xalq ertaklarining obyekti, shakli hamda mazmuni qadimiyligini aniqlashga imkon beradi. Ertak qadimda ezgulik va yovuzlik, do`stlik va dushmanlik, mehnatsevarlik va yalqovlik kabi borliqda mavjud bo`lgan xislatlarning mohiyatini belgilashga yordam beradi. Kishilar qadim zamonlardan boshlab hozirgacha asta-sekin tabiat va jamiyatdagi inson uchun foydali va zararli bo`lgan hodisalar, jonli-jonsiz predmetlar umuman, har xil obyektlarni o`z zamoni va tushunchasi doirasida aniqlagan holda ertak yaratib kelganlar. Ertak bugungi kunda ham ahamiyatini yo`qotgan emas, balki kundan kun yangi ertaklar yaratilib ommalashib bormoqda.
Barkamol avlodni hayotga tayyorlashda ko`p asrlar davomida qo`llangan va sinalgan usul va vositalar, xilma-xil tadbirlar, milliy urf-odatlar, an`analar,tarbiya haqidagi g`oyalar o`zbek xalqi pedagogikasi xazinasidagi bebaho javohirlar hisoblanadi. Xalq pedagogikasida ifodalangan g`oyalar tajribalar xalq og`zaki ijodi namunalarida ulug` mutafakkir olimlarning ilmiy va adabiy asarlarida o`z ifodasini topgan. Ma`naviy yuksak shaxsni kamol toptirish uchun albatta,umumiy o`rta ta`lim maktablari adabiyot darsliklari ,o`zbek millatining asrlarga tatigulik asarlari, xalq o`zaki ijodining boy va betakror namunalari bilan tarkib topishi lozim.
Ertak janrining asosiy xususiyatlaridan biri uning xalq hayoti, kurashi, tarixi, psixologiyasi, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan juda yaqin bog`langanligi va insonlarga axloqiy hamda ma’naviy tarbiya berilishidir. Ertaklar xalq og`zaki ijodi bolalarni ezgulikka, mehnatsevarlikka o`rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir. Har bir ertak uni yaratgan xalqning hayoti,urf-odati, o`ziga xos rasm-rusumlari bilan bog`liq bo`lib, bolalar o`rtasida keng tarqalgan. Malaka ishining maqsadi o`qish darslarida o`quvchilarni ertaklar vositasida hayvonot olami va ezgulik va yovuzlikni farqlash yo`llarini o`rgatishdan iborat.
Ishning asosiy maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi.

  • ertaklar vositasida bolalarni hayvonot olamining o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • hayvonlar haqidagi va sehrli-fantastik ertaklarning boshqa ertak turlaridan farqini ko`rsatib berish;

  • ertaklarnining kelib chiqishida epik an`analarning ta`sirini o`rganish;

  • hayvonlar haqidagi ertaklarning mavzuiy turlarini tasnif qilish.

Malaka ishida mavzuga oid adabiyotlar tahlili, o`qish ta`limni didaktik loyihalash, tizimli va qiyosiy tahlil, pedagogik eksperiment usullaridan foydalanildi. Malaka ishi kirish, to’rtta savoldan iborat asosiy qism, xulosa va tavsiyalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan.

Download 144.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling