Mundarij a


Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy shakli sifatida


Download 200.25 Kb.
bet10/12
Sana17.06.2023
Hajmi200.25 Kb.
#1553241
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi Texnik Ijodkorlik va Dizayn

2.2. Texnologiya mashg’ulotlarida o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning tashkiliy shakli sifatida

Zamonaviy milliy hunarmandchilikning rivojlanish jarayoni- o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdagi maqsadi, vazifasi va mazmunini bevosita qamrab oladigan ijodkorlik faoliyati bilan tavsiflanadi. Buni fan, texnika va ishlab chiqarishdagi o’zgarishlarning uyg’unlashib ketishi natijasida fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanib ketishi, mehnat turlari va mazmunining o’zgarishi bilan bog’liqholda yaratuvchan ijodkorlikning ahamiyati oshib ketganligi bilan asoslash mumkin. Bu esa, yoshlarning yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.


YAratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish uzoq vaqt talab qilgani va murakkab jarayon bo’lgani uchun bu yo’nalishdagi ishlarga har bir fan o’qituvchisi o’z faoliyatining birinchi kunidanoq katta mas’uliyat bilan qarashi lozim bo’ladi. Milliy hunarmandchilik vositasida o’quvchilarning yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishmasalalari 2.2.1-rasmda keltirilgan.

2.2.1-rasm. Milliy hunarmandchilikda o’quvchilarning yaratuvchanlik va ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish masalalari
2.2.1-rasmda keltirilgan milliy hunarmandchilik vositasida o’quvchilarning yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish masalalarining uch yo’nalishini ko’rib chiqamiz.
Birinchi masala. Hunarmandchilikda konstruksiya uyg’unligi masalalari. Bu masala:
a) buyumning mustahkamligi, turg’unligi va ishonchliligini oshirishni;
b) zararli ta’sir yoki hodisani bartaraf qilish usulini;
v) buyumni tayyorlash bilan bog’liq uning shakli eng muvofiq bo’lishini, ularni mustahkamlash, materiallarni to’g’ri tanlash va zarur bo’lganda boshqasiga almashtirish kabi ishlarni to’g’ri aniqlashni;
g) buyumni ishlatishga qulay, estetik yuqori va engil bo’lishi uchun o’zgartirishlar kiritishlarni nazarda tutadi.
Ikkinchi masala. Texnologik masalalar. Bu masala:
a) belgilab olish va nazorat qilishning eng muvofiq usullarini tanlashni;
b) qiyin operasiyalarni bajarishni engillashtirishni, ortiqcha zo’riqish, vaqt va materialni tejab ishlatishga imkon beruvchi texnologiyalarni tanlashni;
v) o’zining toliqmasdan ishlashini ta’minlovchi texnologiyalarni tanlashni:
g) buyumni tanlash sifatini yaxshilashni ta’minlovchi operasiyalar bajarish texnologiyalarini tanlashlarni ko’zda tutadi.
Uchinchi masala. Tashkiliy masalalar. Bu masalalar:
a) mehnatni muvofiq tashkil qilishni;
b) ish joyini muvofiq rejalashtirishni;
v) qurol va moslamalardan texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda foydalanishni;
g) ishni bajarish usullarini takomillashtirishlarni nazarda tutadi[78,81].
O’quvchilarning yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishning mazkur masalalari o’z navbatida ularni amalga oshirishning o’ziga xos rejasini ishlab chiqishni talab qiladi. Tajribalarning ko’rsatishicha,ishni to’g’ri rejalashtirishda quyidagi omillarni e’tiborga olish lozim bo’ladi:
1. Zarur moddiy-texnik baza bilan ta’minlash (ish joyi, kerakli asbob-uskunalar, ko’rgazmali vositalar);
2. O’quvchilarning qiziqishi, moyilligi va qobiliyatiga ko’ra to’garaklarga tanlab olish;
3. To’garakda mashg’ulot o’tkazishning shakllari va usullariga muvofiq tashkil qilish (guruhli, zvenoli, individual, so’zlab berish, bayon qilish, namoyish qilish, texnik masala echish, ijodkorlik o’yinlari, trening, izlanish strategiyasi va hokazo);
4. Ko’rgazmalar, ko’rik-tanlovlar tashkil qilish va yakun yasash.
YUqorida so’z yuritilgan barcha ijodkorlik ishlari masalalari echimi va ularni rejalashtirishlar o’z navbatida o’quvchilar texnik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik jihatlarini o’zida mujassamlaydi. Ushbu tashkiliy pedagogik jihatlar doirasida o’quvchilar har xil ob’ektlarda faoliyat ko’rsatadilar. Ammo ular uchun har xil bo’lgan texnik ijodkorlik ishlari mazmuni va bajarilishi ketma-ketligi esa taxminan bir xil bosqichlarni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
1. Qo’yilgan ijodkorlik masalasiga oid manbalarni o’rganish va tahlil qilish.
2. Buyumga oid chizma, eskiz, loyihalash ishlarini bajarish.
3. Buyumni tayyorlash.
4. Estetik jihozlash.
6. Amalda sinab ko’rish va kuzatilgan nuqsonlarni bartaraf qilish.
7. Ijobiy natijalarni jamoatchilikka taqdim qilish (maqola, tanlovga qatnashish va hokazo).
YUqorida bayon etilganlarga asosan o’quvchilarning yaratuvchan ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalalarining asosiy yo’nalishlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Zamonaviy milliy hunarmandchilikka oid tamoyillar haqidagi bilimlar bilan o’quvchilarni qurollantirish va shu asosda fikrlashini kengaytirish.
2.O’quvchilarda bilimlarini milliy hunarmandchilikka oid yaratuvchanlik masalalarini hal etish uchun qo’llash qobiliyatini hamda ijodiy-fikrlashini rivojlantirish.
3.Eng ko’p tarqalgan ijodkorlik masalalarini echish usul va tamoyillarining mohiyatini o’quvchilarda hosil qilish.
4.Jamiyatga xos shaxsiy ma’naviy sifatlarni shakllantirish, tashabbuskorlik, o’z ishiga ishonchlilik, sinchkovlik ruhida qarash va tanqidiy munosabatda yondoshish.


Download 200.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling