Mundarija : kirish


Ziyon etkazmaslik tamoyilida


Download 254.5 Kb.
bet4/11
Sana22.09.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1684772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
psixologning etikaviy standartlari

Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
Shunday qilib, ushbu mavzuda psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining predmeti, vazifalari, bosqichlari, eksperimentator shaxsiga qo’yiladigan talablar, psixologik tadqiqotning asosiy metodologik tamoyillari bilan tanishdik.
Bugungi kunda ko’pchilik umumiy o’rta ta’lim maktablari o’zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o’qituvchilar ko’pincha psixologning qo’lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o’zgarmaganini ko’rishgach, ularda «Maktab psixologining o’zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug’iladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o’rgangan nazariy bilimlar etmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko’pincha amaliyotning ular oldiga qo’ygan muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak. Psixologik maslahatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o’rta ta’lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1. Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:
2. Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik- pedagogik o’rganilishini taminlash:
3. Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo’lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.
Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o’qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas.
Psixolog maktabda engib o’tishi kerak bo’lgan birinchi to’siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo’shila olishdir. Bordi-yu, psixolog bu murakkab organizmga qo’shilib keta olmasa, o’z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.
Psixolog adaptastion davrining qiyin kechishiga bir necha omil sabab bo’ladi. Ko’pincha o’qituvchilar psixologni bolalarni qanday qilib tarbiyalashni, qanday yashashni o’rgatuvchi inson sifatida ko’rib, dastlabki kezlardayoq unga nisbatan salbiy ustanovkani shakllantirib oladilar. O’z- o’ziga ishonchi sust bo’lgan o’qituvchilar psixologni go’yo uning kamchiliklarini oshkor etuvchi shaxs sifatida idrok etib, uni qandaydir inspektor sifatida qabul qiladilar. Bular esa psixologning maktab sharoitiga tez ko’nikib, maktab hayotiga chuqur singib ketishga halaqit beradi.
Buning oldini olish uchun psixolog o’qituvchilar bilan o’zaro teng munosabatlarga kirishishi, ikkala taraf ham o’zini bilag’on qilib ko’rsatmasligi, eng muhimi bir-birini raqib deb hisoblamasligi zarur. Shunga erishish kerak-ki, o’qituvchilar psixologni ularga yordam bera oladigan boshqa mutaxassis sifatida qabul qilsinlar.
Maktabdagi ilk qadamlardanoq psixolog ma’muriyatga ularning faoliyat doirasiga nimalar kirmas-ligini,mo’jizalar ko’rsatish uning qo’lidan kelmasligini tushuntirishi lozim.
O’qituvchi bilan bo’lgan suhbatda u yoki bu bolaning muammosi psixologik muammo bo’lmagani uchun u bo’yicha hech narsa qila olmasligini tan olishdan qo’rqmaslik kerak. Dastlabki qadamlarni qo’yishda ota-onalar bilan aloqa o’rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo’lishi va o’zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim.
Demak, umumiy o’rta ta’lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:
1. O’zining pedagoglar jamoasi va maktab ma’muriyati bilan bo’lgan munosabatlarni to’g’ri yo’lga qo’yishi.
2. O’z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta’minlash ekanini doim yodda saqlashi.
3. O’zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog’liq bo’lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e’tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan ma’qulroq- da) lozim bo’ladi.

1.3. Psixologning mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari bilan olib boradigan ishlari


Psixologning mehribonlik uylarida olib boradigan ishlarining o’ziga xosligi 1987 yildan boshlab bolalar uylariga (hozirgi mehribonlik uylari) va maktab internatlarda psixolog shtati joriy etildi. Ushbu hodisa oiladan tashqarida tarbiyalanayotgan bolalarning psixik rivojlanishi uchun maxsus psixologik yordam zarurligini tan olishni anglatadi. Mehribonlik uylari yoki maktab internatlaridagi psixolog ishinig asosiy yo’nalishlari, prinstip va metodlari ko’p jihatdan oddiy maktabdagiga o’xshash bo’ladi. Biroq shu bilan birga ushbu muassasalardagi psixologlar ishi o’ziga xosliklarga ham ega. Bu o’ziga xoslik birinchidan, bunday tip muassasalardagi ta’lim tarbiya jarayonining o’ziga xosligi: ikkinchidan bolalarning psixik rivojlanishidagi o’ziga xoslik tufayli kelib chiqadi.
Shu narsa ma’lumki, ilk bolalik davridanoq (1-3 yosh) internat tipidagi muassasalarda tarbiyalanayotgan bolalar bir qancha psixologik xususiyatlari bilan oilada tarbiyalanuvchi bolalardan farqlanadilar: ba’zi xususiyatlarda ushbu masalalarda tarbiyalanuvchi bolalar oddiy maktabdagi bolalar bilan barobar va hatto, ulardan ustunroq bo’lsa, ayrim xususiyatlari bilan ulardan hatto o’zidan kichik yoshdagi o’quvchilardan ham orqada qoladilar. Afsuski, bunday holat butun maktab yoshi davrida saqlanib qoladi.
Buni shu bilan tushuntirish mumkinki, psixologik rivojlanishda orqada qolish ancha vaqtli, maktabgacha yosh davridayoq vujudga keladi. Uni bartaraf etish ishi maxsus muassasalarda etarli darajada olib borilmasligi oqibatida ular keyingi yosh bosqichlarida yanada chuqurlashib ketadi.
Mehribonlik uylari yoki maktab-internatlarda ishlay boshlar ekan, psixolog me’yoriy hujjatlarda ko’rsatilganidek, quyidagilarni amalga oshirish talab etiladi: ota-onalar qaramog’isiz qolgan bolalar bilan mehribonlik uylari hamda internat tipidagi muassasalarda olib boriladigan psixolog ishi ushbu muassasalar tarbiyalanuvchilarining psixologik jihatdan to’laqonli rivojlanishini ta’minlash, shaxs sifatida va intellektual rivojlanish xususiyatlarini, ta’lim tarbiya jarayonidagi buzilishlarning psixologik sabablarini diagnostika qilish va bunday buzilishlarni bartaraf etish uchun profilaktik tadbirlar o’tkazishga yo’naltirishi kerak. Psixolog bola hayotidagi ro’y bergan fojianing bola psixik rivojlanishiga ta’sir etishini susaytirish va tegishli psixologik metodlarni o’tkazish orqali bola shaxsi progressiv shakllanishini ta’minlash lozim.

Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling