Mundarija 1 “Vodiy Neft Tranzit” korxonasi


Download 82.78 Kb.
bet8/8
Sana15.02.2023
Hajmi82.78 Kb.
#1199117
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
hisobot zabixullo

Vodiy Neft Tranzit ning boshqaruv faoliyatini samarali tashkil etish hamda tashkiliy strukturadan unumli foydalanish, muvofiqlashtirish, yanada takomillashrish orqali bank faoliyatini, u yerda ishlayotgan xodimlar faoliyatini yaxshilash uchun quyidagi jarayonlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’lar edi:

  • Ijroiya direktordan tortib to quyi bo’g’indagi menejerlargacha bo’lgan barcha darajadagi boshqaruvdagi muammolarni hal etish va kamchiliklarni yo’qotish;

  • Takliflarni ijroiya direktori tomonidan kuchli quvvatlash;

  • Yangi g’oyalarni og’zaki ravishda tarqatish;

  • Tashkilotning iqtisodiy-ijtimoiy va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda uning boshqaruvida vaziyatdan kelib chiqqan holda qo’shimcha yordamchi shtablarni tashkil qilish;

  • Tashkiliy tuzilmadagi bo’limlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarni o’z funksional vazifalari bo’yicha aniq bo’limlarga joylashtirish;

  • Tuzilmaning har bir bo’g’inida hamda bosqichida faoliyat ustidan ichki nazoratni o’rnatish;

  • Tashkilotning boshqaruv tizimi samarali ishlashi uchun bo’limlarda faoliyat olib borayotgan funksional vazifalari bir-biriga yaqin ishchi-xodimlarni vaziyatdan kelib chiqqan holda rotatsiya qilish va boshqalar.

Tashkiliy tuzilmalarning mukammal yoki ideal shakli mavjud emas. Barcha asosiy tuzilmalar strategiyaga nisbatan kuchli va zaif tomonlarga ega. Tuzilmani strategiyaga moslashtirishni zarur darajada amalga oshirish uchun strategiya ijrochilari asosiy tuzilmani tanlab olishi, zarur hollarda kompaniyaning o’ziga xos xislatlariga mos holga keltirish uchun uni modifikatsiyalash va bu tuzilmani kompaniyaning strategiyasini samarali bajarish uchun talab qilinuvchi kommunikatsiya va muvofiqlashtirish mexanizmlari bilan to’ldirishi lozim.

1 Vodiy Neft Tranzit” MChJ ning ma’lumotlari asosida talaba tomonidan tayyorlandi.

2 O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi, Xalq so‘zi gazetasi, 17 yanvar 2016 yil. – 4 b.

3Jadval ma’lumotlari”Vodiy Neft Tranzit” MChJ ning balans va moliyaviy natijalar to‘g’risidagi 2019-2020 yillardagi hisobotlari asosida talaba tomonidan tahlil qilindi.

4Jadval ma’lumotlari “Vodiy Neft Tranzit” MChJ ning balans va moliyaviy natijalar to‘g’risidagi 2019-2020 yillardagi hisobotlari asosida talaba tomonidan tahlil qilindi.

5Jadval ma’lumotlari “Vodiy Neft Tranzit” MChJ ning balans va moliyaviy natijalar to‘g’risidagi 2019-2020 yillardagi hisobotlari asosida talaba tomonidan tahlil qilindi..


Download 82.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling