Mamlakatimizda xususiy sektorning ulushi tobora ortib bormoqda. Bu borada Respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlar samara berayotganligini ko’rib o’tdik.
Mavzuni o’rganish davomida olingan natijalarga ko’ra, olingan ilmiy xulosalar quyidagilardan iborat:
-
Tijorat banklarining tadbirkorlikga berayotgan moliyaviy ko’maklarini yil sayin kengaytirib borish iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini orttirishga qaratilgan tub islohotlar ko’rinishiga aylantiradi.
-
Mavzuni o’rganish davomida shu narsa ayon bo’ldiki, tadbirkorlarning kredit olish uchun hujjatlarni yig’ish bilan bog’liq xarajatlarini kamaytirish, tijorat banklari kreditlarining jozibadorligini oshiradi.
-
Joylarda aholining yangi mahsulot turiga bo’lgan talabini aniqlash tizimini joriy qilib, shu mahsulotlarni ishlab chiharishga ixtisoslashgan kichik korxonalarga alohida imtiyozli kreditlar berishni kengaytirish kichik tadbirkorlikning tobora rivojlanishiga turtki beradi.
-
Tijorat banklari lizing xizmatlarining rivojlanishi tadbirkorlarga zamonaviy uskunalarni sotib olishlarida soliq va bojhona imtiyozlarini qo’llashni kengaytirish tartibotlarida namoyon bo’ladi.
-
Tadbirkorlik subektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq muammolarga barham berish eng avvalo huquqiy bazaning mukammal yaratilishi sharoitida erishiladi.
-
Budjetdan tashqari jamg’armalarning davlat budjeti mablag’lari hisobidan subsidiyalanishi tadbirkorlikni kreditlashda mazkur jamg’armalarning hissasini orttiradi.
-
Tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlarning qaytmaslik muammosi kreditlar birlamchi ta'minot asosida qaytarilish imkoniyatining oshishi natijasida hal etiladi.
-
Kichik korxonalarda hisob yuritish bazasining mukammal ishlab chiqilishi bankdan olgan kreditlarni qaytarishga qulaylik yaratadi.
-
Garov ta’minotini to’g’ri tan olish va uni baholash kreditlarni to’liq qaytarilishiga olib keladi.
-
Jahon amaliyotida kreditlarni ta'minlashning qulay garov turlarini mamlakatimiz amaliyotiga qo’llash, tadbirkorlarimizning garovni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarini kamaytirishga erishishimiz mumkin.
-
Yirik va tadbirkorlik o’rtasidagi manfaatdorlik hissini uyg’otish, kichik korxonalarning to’xtab qolish holatlarini oldini olishda yordam beradi.
-
Tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishiga ta'sir qiluvchi beshta asosiy jarayonni ko’rsatish mumkin: davlat nazorati asosida davlat va biznes manfaatlarining muvozanatlashuvi, ro’yhatdan o’tkazishning sodda va tushunarli bo’lishi, soliq qonunchiligining barqarorligi, banklarning imtiyozli kreditlar bilan ta'minlashi, samarali eksport-import jarayoni.
Kurs ishi davomida aytib o’tilgan takliflarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga amaliyotga tadbiq etilsa, o’ylaymizki bu tadbirkorlikni moliyaviy qo’llab-quvvatlash taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |