Mundarija betlar kirish tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishning


III BOB. TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI


Download 0.92 Mb.
bet9/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1388993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini

III BOB. TADBIRKORLIKNI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo’lgan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo’yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. Shu bilan birga, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hali ham dolzarbligicha qolmoqda:

  • Tadbirkorlik sub’ektlarining davlat, soliq, nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o’zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to’liq ishlab chiqilmaganligi;

  • Ochig’ligi ta’minlanmagan ko’plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolayotgani;

  • Nazorat idoralarining tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda;

  • Tadbirkorlik mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo’yicha amaliy mexanizm yaratilmaganligi;

  • Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida e’tirof etilayotgan kreditlash jarayonidagi kredit olish va kredit qaytarish bilan bog’liq muammolar, ya’ni garovga oid talablarning birmuncha qattiqligi, kredit foiz stavkalari nisbatan yuqoriligi bilan bog’liq muammolar shular jumlasidandir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida yuqoridagi kabi holatlarni bartaraf etib, tadbirkorlik muhitini yanada sog’lomlashtirish uchun qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tadbirkorlik sohasiga yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish maqsadida quyidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda:

  • Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkrolik sub’ektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo’yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi;

  • Soliq va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’layotgan, shuningdek ishlab chiqarishning barqaror o’sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’ektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o’tkazish taqiqlandi;

  • 2012-yilning 1-yanvaridan sanoat sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi 6 % dan 5 % ga kamaytirildi;

  • 2011-yilning 1-oktabrdan boshlab shunday tartib joriy etildiki, unga muvofiq soliq, bojhona bojlari va yig’imlari, shuningdek, boshqa majburiy to’lovlarni to’lash muddatlarini buzganlik uchun penya miqdori kechiktirilgan har bir kun uchun penyani hisoblash tartibi saqlangan holda, amaldagi miqdoriga nisbatan uchdan bir qismga kamaytirildi.

Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo’lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko’proq erkinlik berish, tadbirkorlik va xususiy tadbbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siq va g’ovlarni barataraf etish, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida quyidagilar ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilandi:

  • Tijorat banklarini kapitallashuv darajasi oshmoqda, tadbirkorlik sub’ektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi;

  • Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi ortiqcha byurokratik to’siq va g’ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko’proq erkinlik berish bo’yicha aniq choratadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish belgilandi;

  • Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o’zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni electron tizim bo’yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o’tish orqali tubdab soddalashtirish amaliyotga joriy etilmoqda ;

  • Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga soliq, bojhona hamda boshqa to’lovlar bo’yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko’maklashadigan qo’shimcha imtiyoz hamda prefertensiyalar berish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda;

  • Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tijorat banklari bilan o’zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilshga yo’naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko’paytirish;

  • Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko’maklashish, eksport shartnomalarini ro’yhatdan o’tkazish jarayonini hamda umuman bojhona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish;

  • Yuridik shaxslar tekshiruvlar natijalari bo’yicha qo’shimcha hisoblangan soliq va boshqa majbutiry to’lovlarni, shuningdek, moliyaviy sanksiyalarni undirish to’g’risida qaror qabul qilingan kundan boshlab olti oy mobaynida teng ulushlarda to’lash huquqiga ega;

  • O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo’mitasi, Moliya Vazirligi O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda barcha tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o’tkazish belgilandi.

Markaziy bank, O’zbekiston banklari assotsatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo’yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar qabul qilindi:

  • Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarining ko’rib chiqish muddati uch bank ish kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;

  • Xo’jalik sub’ektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan Tovar(ish, xizmat)lar uchun korporativ plastic kartalaridan foydalangan holda to’lovlarni amalga oshirishda to’lov cheklari birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;

  • Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga bank muassasalariga eng ka mish haqining yigirma barobari miqdorigacha bo’lgan naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish;

  • Xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg’armalar va banklar bilan hamkorlikda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo’yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha kafolatlash fondini tashkil etish;

  • Mikrofirmalar va kichik korxonalar o’zi ishlab chiqargan

Tovar(ish,xizmat)larni eksport qilishdan tushadigan valuta tushumining 50 % ini majburiy sotishdan ozod etish;

  • O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Markazsanoateksport” davlat aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi qoshida tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari mahsulotlarini eksport qilish bo’yicha “O’ztadbirkoreksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasini tashkil etish va 2011-yilning oxirigacha respublika hududlarida uning vakolatxonalarini ochish to’g’risidagi taklifi berilgan;

  • Xo’jalik sub’ektlari o’rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yhat bo’yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojhona to’lovlarini (bojhona rasmiylashtirish yig’imlari bundan mustasno) to’lshdan ozod etiladi.

Respublikamizning iqtisodiy taraqqiyoti, iqtisodiy mustaqilligi, xalqning farovon turmush darajasi, qolaversa, mehnat resurslarining ish bilan bandlik darajasi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning rivoji bilan bog’liqdir. Bu holat esa korxonalarning iqtisodiy erkinligini rag’batlantirish darajasining rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Istiqbolda iqtisodiyot tarmoqlarida ham o’zgarishlar yuzaga keladi. Bu holat ham tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi asosida ro’y beradi. Umumiy sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda istiqbolda o’zgarishlar sanoat sohasiga talab natijasida sodir bo’ladi, shuningdek, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalarning rivojlanishi hisobiga bu soha yanada yuksaldi. Hududlarning mashinasozlik va metallga ishlov berish, yengil sanoat, ayniqsa, trikotaj, tikuvchilik buyumlari, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarida tadbirkorlikning o’rni va ulushi yetarli darajada emas. Agar barcha sohada ishlab chiqarish faolligi tenglashsa, ijobiy natijalarga erishamiz. Respublikamizda kichik korxonalar tomonidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning o’sishini yaratilgan imkoniyatlardan faollik bilan foydalanish evaziga ta’minlash mumkin. Statistik hisoblarga ko’ra, 2015-yilga borib, respublika bo’yicha tadbirkorlikning ishlab chiqarilgan YaIM hajmidagi ulushini 61,1 % ga yetkazish, kichik tadbirkorlik korxonalarining yillik mahsulot ishlab chiqarishining o’sishi 2,5 % dan kam bo’lmagan holatdagina amalga oshadi. Buning uchun hududlardagi kichik tadbirkorlik korxonalarining respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan YaIM dagi ulushining istiqbolda quyidagi holatda o’sib borishiga erishish zarur.
5-jadval Respublika YAIM da hududlardagi kichik korxonalarning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushining istiqbolda o’sib borishi (% hisobida) 23

Respublika hududlari

2000

2005

2010

2015

2015-yilda
2000-yilga nisbatan o’zgarishi

O’zbekiston
Respublikasi

31,0

38,2

52,1

66,1

213,2

Qoraqalpog’iston

26,9

48,9

57,9

66,9

248,7

Andijon

32,9

38,7

49,9

61,1

185,7

Buxoro

33,0

44,4

51,1

57,8

175,2

Jizzax

37,1

64,4

73,0

79,8

215,1

Qashqadaryo

25,8

38,4

45,8

58,4

226,4

Navoiy

21,5

20,9

33,5

46,1

214,4

Namangan

33,4

51,4

75,4

81,4

243,7

Samarqand

44,3

54,5

68,3

78,9

178,1

Surxondaryo

39,1

45,9

64,8

81,7

208,9

Sirdaryo

38,9

58,8

72,5

80,6

207,2

Toshkent

34,0

36,3

45,6

54,9

161,5

Farg’ona

32,0

43,9

64,7

82,3

257,2

Xorazm

34,2

54,2

78,3

81,9

239,5

Toshkent shahri

41,5

54,3

70,2

79,1

190,6

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, respublikamiz hududlararo YaIM hajmidagi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik ulushi yildan-yilga o’sib bormoqda. Bu ko’rsatkich rivojlangan davlatlarda, masalan, AQShda 75-82 % ni, Yaponiyada 81 % ni, Italiyada 74 % ni tashkil etadi. Respublikamiz tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik bo’yicha bunday ko’rsatkichlarga erishishi tadbirkorlik faolligi orqali amalga oshiriladi. Istiqbolda kutiladigan natijalar asosan, kichik tadbirkorlikning faol rivojlanishi evaziga ro’y beradi. Bu esa ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorining o’sish dinamikasini ta’minlaydi.
6-jadval
Istiqbolda hududlar bo’yicha kichik tadbirkorlik korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi (mln. so’m hisobida) 26

Hududlar

2000

2005

2010

2015

2015-yilda
2000-yilga nisbatan
o’zgarishi % da

O’zbekiston
Respublikasi

892573,0

956838,2

1089938,7

1223039,2

137,0

Qoraqalpog’iston
Respublikasi

18786,6

22919,6

24982,3

27045

143,9

Andijon

70178,8

74249,1

82564,9

90880,7

129,5

Buxoro

46619,4

51934,0

55413,5

58893,1

126,3

Jizzax

31281,6

39821,3

43245,9

46670,5

149,2


26 O’zbekiston Respublikasining statistik axborotnomasi asosida hisoblandi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma “O’qituvchi”nashriyoti, T.: 2012, 223-bet

Qashqadaryo

61485,8

69233,0

74356,2

79479,4

129,3

Namangan

50919,4

60084,8

74505,1

88925,4

174,6

Navoiy

24940,4

25065,1

29100,5

33135,9

132,9

Samarqand

67851,2

74772,0

85090,5

95409,0

140,6

Surxondaryo

82241,4

87833,5

104434,0

121034,5

147,2

Sirdaryo

34155,4

40952,3

46562,7

52173,1

152,8

Toshkent

110782,4

112665,7

123143,6

133621,5

120,6

Farg’ona

104838,6

117314,3

141715,6

166116,9

158,5

Xorazm

36708,7

44050,4

54666,5

65282,6

177,8

Toshkent shahri

219770,8

247901,4

287813,5

327426,6

148,9

Hududlar bo’yicha mahsulot ishlab chiqarish hajmining istiqbolda o’sib borish dinamikasini korxonalar miqdorining o’sib boorish holati bo’yicha tahlil qilsak, bu holat qo’shimcha yangi kichik korxonalarning tashkil etilishi hisobiga amalga oshadi. Yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan hududlarda yalpi hududiy mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o’sishi ta’minlanadi. Jumladan, kichik korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga istiqbolda ko’zlangan natijalarga erishish ta’minlanadi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko’rsatkichlarda tadbirkorlik ulushining yuqori bo’lishiga ham bog’liq ekanligi shubhasizdir. Xulosa qilib aytish mumkinki, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi bilan mamlakatimizda o’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish vazifasini bevosita hal qilishga erishamiz. Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim sohaga aylanadi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling