Mundarija betlar kirish tadbirkorlik sub’ektlarini moliyalashtirishning


Download 0.92 Mb.
bet4/11
Sana23.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1388993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Iqtisodiyot modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik foliyatini

Ko’rsatkichlar nomi

2008

2009

2010

2011

Yangidan tashkil etilgan ish o’rinlari, ming kishi

661

940,5

950

1000

Shu jumladan:





Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikda, ming kishi

374,3

391,8

600

640

% hisobida

57,0

41,7

65

64

Jami iqtisodiyotdagi band bo’lganlar soniga nisbatan ulushi, % hisobida

72,7

74,2

74,3

74,8

Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2010-yilda mamlakatimizda jami 950 mingdan ortiq yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa, shundan qariyb 600 minggi tadbirkorlik hissasiga to’g’ri kelgan. 2011-yilda esa bir milliondan ortiq yangi ish o’rinlari yaratildi. Ta’kidlash joizki, yangi ish o’rinlarining 64 % dan ortig’i tadbirkorlik, xususiy tadbirkorlik va fermerlik rivojini rag’batlantirishni yanada kuchaytirish, xususan ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish, 28 % dan ziyodi esa yangi korxonalar tashkil etish, kasanachilikning turli shakllarini kengaytirish hisobidan yaratildi.
2011-yilda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sohasida mamlakatimizning iqtisodiyotida band bo’lgan jami aholining 74,8 % i faoliyat ko’rsatdi. Quyidagi diagrammadagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, tadbirkorlik sub’ektlarining bandlikdagi ulushi 2000-yilda 49,7 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2011-yilda bu ko’rsatkich 74,8 % ga yetdi yoki 2000-yilga nisbatan 25,1 % ga ko’paydi.bu esa tadbirkorlik sub’ektlarining aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini tashkil qilishdagi muhim o’rin egallashini ko’rsatmoqda.
3-diagramma
Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning bandlikdagi ulushi 7

Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov 2011-yilning asosiy yakunlari va 2012-yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “…O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ma’qullangan 2012-yilda ish o’rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi barchamizning diqqat markazimizda turishi zarur. Ushbu dasturga binoan 967 mingdan ziyod ish o’rni yaratish, ularning qariyb 600 minggini qishloq joylarda tashkil etish ko’zda tutilmoqda. Bunda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hisobidan 480 mingdan ziyod kishini ishga joylashtirish, korxonalar bilan hamkorlikda mehnat shartnomalari asosida kasanachilikning turli shakllari, shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali 210 mingdan ortiq kishining bandligini ta’minlsh rejalashtirilgan. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalasi doimo jiddiy e’tibor markazida bo’lib kelgan. Bu yil yurtimizda 516 ming nafardan ziyod o’quvchilar kollej va litseylarni tamomlaydi. Ularning aniq qayerga ishga joylashishini hozirdan aniq belgilab olish, korxonalar bilan aniq ishlab chiqarish amaliyotini o’tash va undan so’ng ishga qabul qilish bo’yicha shartnomalarning o’z vaqtida tuzilishini ta’minlashda bunday masalalarni alohida nazoratga olish lozim” 8 - deb ta’kidladi.
Statistik ma’lumotlar ko’rsatishicha, bugungi kunda respublikamizda jami band bo’lganlarning 20 % i davlat, 80 % i nodavlat, shuningdek, 74 % i xususiy sohada mehnat qilmoqda. Ushbu statistik raqamlar tahlili davlat korxonalarida ishlovchilarning soni qisqarib, xususiy sohada bandlikning ortishi yuz berayotganligini ko’rsatadi. Bu esa Respublikamiz hukumati tomonidan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berilishi, shuning asnosida aholining bandligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning izchillik bilan amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.

8 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqicga ko’taradigan yil bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2011 yilning asosisy yakunlari va 2012 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi// Xalq so’zi, 2012 yil 20 yanvar № 14
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida mamlakat aholisining ish bilan bandligi darajasini oshirish va mehnat bozorini tartibga solish sohasidagi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda:
· Iqtisodiyotni rivojlantirish negizida yangi ish o’rinlari yaratilmoqda;
· Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikka keng imkoniyatlar ochilib, bu faoliyat qizg’in qo’llab-quvvatlanmoqda;
· Aholining mehnat faolligini, oilaviy ijara, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish negizida aholining o’zini-o’zi ish bilan band qilish darajasi oshmoqda;
· Aholining ish bilan bandligi va mehnat bozori takomillashtirilmoqda. Buning uchun zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarni tugatish yoki ixtisosini o’zgartirish ishlari olib borilmoqda.
Ishchi kuchiga talabning ortishi bo’yicha tadbirlardan eng asosiysi iqtisodiyot tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirishdir. Bunga, eng avvalo, mulkchilik shakllarini rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, yangi ish joylarini yaratish, ish vaqtidan unumli foydalanish, ishlovchilarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini ko’tarish, soliqlarni oqilona belgilash orqali erishiladi. Muhim iqtisodiy tadbirlar majmuasiga qayta ishlash sanoati va xizmat ko’rsatish sohalarida yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarishni kengaytirishga davlat tomonidan imtiyozli kreditlar berish, ilg’or texnologiyalarni tadbiq etish, bozor sharoitida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi va qayta ishlash sanoati tarmoqlarining asosiy mahsulotlariga davlat buyurtmasini belgilash, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va ijtimoiy ishlarni mablag’ bilan ta’minlash kiradi.
Bu tadbirlar qo’shimcha ish joyini tashkil qilishda eng kam investitsiyani nazarda tutadi va ishchi kuchiga talabni oshirishda muhim o’rin egallaydi. Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini mablag’lar bilan ta’minlashning manbalari bo’lib, mahalliy budjet, bandlikka ko’maklashish jamg’armasi mablag’lari hamda xususiy tadbirkorlarning shaxsiy jamg’armalari xizmat qiladi. Respublikamizda mehnat birjasi va bandlik xizmatining boshlang’ich tashkilotlari tashkil etilib, ular ishsizlik va bo’sh o’rinlar miqdori va tuzilishinining hisob-kitobi, tahlili, kelajagi, band bo’lmagan aholini ishga joylashtirish va qayta o’qitish, bandlikka ko’maklashish jamg’armasini tashkil qilish va sarflash ishlari bilan shug’ullandilar. Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik doirasida imtiyozli kreditlarni ajratish yo’li bilan yangi ish joylarini yaratishga muayyan moliyaviy yordam ko’rsatildi. Iqtisodiyot tarmoqlarida, ayniqsa qishloq xo’jaligida tarkibiy islohotlar amalga oshirilib, hodimlar va ish beruvchilar o’rtasida ijtimoiy mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari yaratildi.
Aholi bandligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O’zbekistonda aholini ish bilan ta’minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo’nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag’batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi paytda O’zbekistonda yoshlarni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi uchun keng sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Kollejlar va korxonalar o’rtasida bitiruvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o’tashi va kelajakda mazkur korxonalarda ishga joylashishi bo’yicha shartnomalar tuzish yo’lga qo’yildi. Mazkur kelishuvlar asosida 2011-yilda 390 mingdan ortiq bitiruvchi ish bilan ta’minlandi. 2012-yilda mamlakatimizda 967,5 ming ish o’rinlari yaratilgan bo’lib, shundan, yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, mavjud korxonalarni kengaytirish va quvvatlarini yangilash hisobidan 57,9 ming ish o’rni kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil qilish hisobidan 365,9 ming ish o’rni, yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish hisobidan 117,2 ming ish o’rni, uy mehnati va kasanachilikni rivojlantirish hisobidan 217,2 ming ish o’rni, fermer va dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish hisobidan 122,7 ming ish o’rni, ishlab chiqarish, bozor va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobidan 73 ming ish o’rni, ishlamasdan turgan korxonalar faoliyatini tiklash hisobidan esa 13,6 ming ish o’rni yaratildi.
2-jadval O’zbekiston Respublikasida 2011-2012-yillarda yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash dasturi (ming kishi ) 8

T/r

Yo’nalishlar

2011

2012


Ish o’rinlarini tashkil etish, jami

956,2

967,5


Shu jumladan quyidagilar hisobidan:



1.

Yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va modernizatsiya qilish

57,5

57,9

2.

Kichik korxonalar va mikrofirmalarni tashkil etish

365,8

365,9

3.

Yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish

111,9

117,2

4.

Kasanachilikning barcha shakllarini tashkil etish

216,1

217,2

5.

Fermer va dehqon xo’jaliklarini
rivojlantirish(parrandachilik,baliqchilik, asalarichilik)

122,4

122,7

6.

Ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish

72,9

73,0

7.

Ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash

9,6

13,6

Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o’rni ham asta-sekin kengayib bormoqda. Uning mamlakatimiz eksport hajmidagi ulushi 2011-yilda 18,8 % ni tashkil etib, bu ko’rsatkich 2000-yilga nisbatan 8,6 % ga ko’pdir. Tadbirkorlik sub’ektlarining asosiy eksport mahsulotlarini qishloq xo’jaligi, to’qimachilik, ishlov beruvchi, elektrotexnik ishlab chiqarish mahsulotlari, xalq amaliy san’ati buyumlari tashkil etadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish eng ustuvor vazifalardan biri sifatida e’tirof etildi. Aynan tadbirkorlik sohasi ham milliy mahsulotlarimizni ishlab chiqarish orqali ichki bozorimizni to’yintirish va o’z navbatida milliy, raqobatbardosh mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqib, yurtimiz eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
4-diagramma Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning eksportdagi ulushi 9

Iqtisodiyotimizning turli sohalarini rivojlantirishda o’z o’rniga ega bo’lgan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga yurtimizda juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu soha bo’yicha bir qancha davra suhbatlari, seminarlar, konferensiyalar o’tkazilib kelinmoqda. Ana shunday yirik tadbirlardan biri 2012- yilning 12-14-sentabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan “O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo’ldi. Konferensiyada jahonning ko’plab mamlakatlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot bankining vakillari, yetakchi olim va mutaxassislar, biznesmenlar, umuman dunyoning 45 ta mamlakatidan vakillar qatnashdilar. Konferensiyadagi nutqlarini Prezidentimiz Islom Karimov quyidagi so’zlar bilan boshlab berdilar: “Bugungi anjuman uchun “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning roli va ahamiyati” degan mavzuning tanlanishi bejiz emas. Bu, birinchi navbatda, O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog‘ini jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilgani bizga eski mustabid, rejali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv bo‘lib xizmat qilgani bilan bog‘liq.” 10
Konferensiyada, aynan global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz salbiy oqibatlari chuqurlashib borayotgan bir sharoitda aynan bu sohani rivojlantirish bizning mamlakatimiz uchun naqadar muhim ekanligi ta’kidlab o’tildi. Bu konferensiya davomida inqirozning salbiy oqibatlarini yumshatish va bartaraf etishning muhim omili bo’lgan tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yurtimizda to’plangan tajriba borasida turli mamlakatlardan tashrif buyurgan vakillar bilan fikr almashish asosiy vazifa sifatida aytib o’tildi. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida YaIMning 80 % i va mehnatga layoqatli aholining kamida 70 % i iqtisodiyotning ushbu sektoriga to’g’ri kelishi, dunyo bo’yicha bu sohaning qanchalik ahamiyatini belgilab beradi. Konferensiyada tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirshni muhim ustuvor yo’nalish sifatida belgilash aynan qaysi omillarga asoslangan holda belgilanganligi xususida so’z bordi.
Konferensiyada ta’kidlanishicha birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning muhim tarkibini tashkil qiluvchi tarmoq bo‘lgan tadbirkorlik ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Tadbirkorlik nafaqat iqtisodiyotdagi ma’lum bir bo‘shliqlarni to‘ldiradi, balki uni diversifikatsiya qilish va barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni ta’minlashda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. Tadbirkorlik aholi bandligi va daromadining o‘sishini ta’minlashda, muhim ahamiyat kasb etishini quyidagi raqamlar orqali bilishimiz mumkin. Agar 2005-2011-yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida 5 milliondan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa, ularning 60 % dan ortig‘i tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami aholining 75 % dan ko‘prog‘i ushbu sohada mehnat qilmoqda.
Ikkinchidan, tuzilishiga ko‘ra ixcham, qarorlar qabul qilishda tezkor va harakatchan, yangi tartib-qoidalarni qisqa muddatda o‘zlashtiradigan tadbirkorlik jahon va mintaqalar bozorlaridagi talab va kon’yunktura o‘zgarishlariga ancha tez moslashadi.
Uchinchidan, tadbirkorlikni tashkil qilish va yuritish katta xarajat hamda kapital qo‘yilmalarni talab etmaydi. Bu esa ishlab chiqarishni tez va oson modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik qayta jihozlash, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ularning nomenklaturasini muntazam yangilab borish va raqobatdoshligini ta’minlash imkonini beradi.
To‘rtinchidan, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va salbiy oqibatlariga yirik korxonalarga nisbatan ushbu sohaning bardosh bera olish qobiliyati ancha yuqoridir.
Faqat tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish hamda ushbu sohaning mamlakatimiz iqtisodiyotida ustuvor mavqega ega bo‘lishi natijasida yurtimiz 2008-2009-yillarda global inqirozning salbiy oqibatlarini ortiqcha qiyinchilik va talofatlarsiz yengib o‘tish, ishlab chiqarishni jahon bozori kon’yunkturasi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda qisqa muddatlarda qayta tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi.
Sanoatda tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ining o‘sish sur’atlari 2008-2009-yillarda o‘rtacha 23-24 % ni, xizmatlar va servis sohasining o‘sish sur’atlari esa 15-16 % dan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichni tashkil etdi.
Beshinchidan, kichik tadbirkorlik nafaqat daromad manbai, balki odamlarning ijodiy va intellektual qobiliyatini ro‘yobga chiqarish vositasi hamdir. Mazkur soha har bir kishiga o‘z iste’dodi va imkoniyatlarini namoyon etish uchun zamin tug‘dirmoqda, shu tariqa tashabbuskor, omilkor, mustaqil faoliyat yurita oladigan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishga qodir insonlar toifasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik o‘rta sinfni shakllantirish uchun muntazam kengayib borayotgan baza bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘rta sinf esa, ma’lumki, har qanday demokratik jamiyatning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda aynan shu sohani rivojlantirish hisobidan jamiyatdagi ijtimoiysiyosiy va sotsial-iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor bo‘lgan, mamlakatimizni taraqqiyot va demokratik islohotlar yo‘lidan rivojlantirishda faol kuch bo‘lib maydonga chiqayotgan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda.
Tarixga nazar tashlasak, 20 yil avval O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik deyarli yo‘q edi, bugun esa mavjud barcha xo‘jalik sub’ektlarining 90 % dan ortig‘ini tadbirkorlik korxonalari tashkil etadi. Hozirgi kunda YaIMning 54 % i, ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 22 % i va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 98 % i aynan shu soha hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz tarixida azal-azaldan xususiy tadbirkorlik muhim o‘rin tutib kelgani ko‘p jihatdan tadbirkorlikning jadallik bilan rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tadbirkorlik an’analari, ota-
bobolarimizning asrlar davomida o‘z yeri, o‘z mulki va kasb-korini e’zozlab, qadrlab, har tomonlama asrab-avaylab kelgani o’zbek xalqining aynan tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka bo’lgan qobiliyatini belgilab beradi. O‘tgan asrning 90-yillari boshlaridayoq konstitutsiyaviy norma va tamoyillar asosida qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”, “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunlar qisqa muddatda sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar sohalaridagi o‘n minglab, yuz minglab davlat mulki bo‘lgan ob’ektlarni xususiy mulkka aylantirish uchun sotish, mulkni ijaraga berish prinsiplarini birinchi navbatda qishloq xo‘jaligida joriy etish imkonini yaratdi. Mamlakatimizda 2000-yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda asosiy rol o‘ynadi. Ushbu qonunda fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi uchun barcha asosiy kafolat va shartlar mustahkamlab qo‘yilgan, tadbirkorlik va biznes sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilgan.
Soliqqa tortish masalasi doimiy ravishda davlatimiz e’tibori markazida bo‘lib kelmoqda. Faqat 2005-yildan 2012-yilgacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalar uchun aylanma mablag‘dan olinadigan yagona soliq to‘lovi stavkasi 2,5 barobar kamaytirilib, 13 % dan 5 % ga tushirildi, xalq amaliy san’ati va oilaviy biznes ob’ektlari esa umuman soliqqa tortilmaydi yoki eng kam stavka bo‘yicha soliqqa tortiladi. Alohida e’tiborga molik jihati shundaki, davlatimizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida ko‘pgina davlatlar kabi inqirozga qarshi dasturlar doirasida soliq stavkalarini nafaqat oshirmaslik , balki aksincha, kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasini kamaytirish asosiy vazifa sifatida e’tirof etilib, haridorgir bo‘lgan iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni 5-7 yilga soliq to‘lovidan ozod qilindi, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilaydigan, modernizatsiya qiladigan korxonalarni esa bojhona to‘lovlaridan butunlay ozod qilindi.
Faqat 2011-yilning o‘zida tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga berilgan soliq imtiyozlarining umumiy miqdori 500 million dollardan oshdi. Korxonalar ushbu mablag‘ning 35 % ini ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilishga, 25 % ini ishchilarni rag‘batlantirishga yo‘naltirildi.
Faqat 2011-yil yakunlariga ko‘ra, ushbu tarmoqni rivojlantirish va rag‘batlantirishga mamlakatimiz banklari tomonidan 2,5 milliard dollarga teng qiymatdagi kreditlar ajratildi, bu berilgan umumiy kreditlar hajmining 26 % ini tashkil etadi. Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlari, BMT tuzilmalari, Arab Muvofiqlashtirish guruhi mamlakatlari, Janubiy Koreya, Xitoy, Germaniya hukumatlari, boshqa davlatlar va tashkilotlar tomonidan bu borada ko‘rsatilayotgan katta yordami o’z natijasini ko’rsatmoqda. Mazkur davlatlar va tashkilotlar tomonidan o‘tgan yillar davomida iqtisodiyotimizning tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini moliyalashtirish uchun 1,5 milliard dollardan ortiq kredit resurslari ajratildi.
Konferensiyada yana xorijdan tashrif buyurgan mehmonlar, mutaxassislar, olimlar yurtimizdagi tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlikning rivoji, uning iqtisodiyotimizda tutgan o’rni haqida qator ijobiy fikrlarni bildirib o’tdilar.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik bugungi iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish sharoitida, iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali ichki bozorimizni milliy mahsulotlar bilan to’ldirishda o’zining muhim o’rniga ega, shunday ekan, sohani rivojlantirish, uning iqtisodiyotimizda o’rni va rivojini yanada mustahkamlash davlatimiz dasturlarining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib qoladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling