FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar
o‘tkazishda yoki o‘quv seminari yakunida o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlari
hamda o‘tilgan mavzu va bo‘limlardagi ba’zi mavzular, muammolarga nisbatan
fikrlarini bilish maqsadida, o‘quv rejasi asosida biror-bir bo‘lim o‘rganilgach
qo‘llanilishi mumkin. Chunki bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya
qilishga, erkin fikrlashga o‘rgatadi.
Bu texnologiyadan foydalanishda o‘qituvchi har bir o‘quvchiga FSMU
texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog‘oz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda
ularni to‘ldirishni iltimos qiladi. Bunda:
F
“Abulfayzxon” dramasi Abdurauf Fitratning eng mashhur va o‘lmas
asarlaridan biridir.
S
“Abulfayzxon” dramasida yaxshilik va yomonlik, mehr va shafqatsizlik,
muhabbat va nafrat kabi asriy muammolar o‘z ifodasini topganligi bois u
umrboqiydir.
M
Asardagi ota va bola, amaldorlar, umuman, insonlar o‘rtasidagi
munosabatlar har bir davr o‘quvchi yoki kitobxoni uchun saboq berish,
vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini beradi. Asardan parcha:
“Ibrohimbiy. Tuna kun Abulfayzxonni soyai xudo deb oyoqlarini
o‘pmag‘on edingizmi? Abulfayzxon xotunlar bilan ichishib yotg‘on bir
21
kechaning ertasinda, uning oldig‘a kelib: “Bu kecha tushimda payg‘ambarni
ko‘rdim, sizni so‘rab yubordilar”, deb, chopon kiyganingizni unutdingizmi?
Tuna kun sizga chopon bergan soyai xudoning o‘limiga bu kun fatvo
berasiz, hech uyolmaysizmi? Tushingizda Abulfayzxonni so‘rag‘on
payg‘ambar, yana bir yo‘la tushingizga kirib, uni so‘rasalar, nima deysiz?
Bunlar oz emish kabi Chingizxonning yasog‘ini ham yo‘q qilmoqchi
bo‘lasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |