gapirishdan oldin an’anaviy va noan’anaviy ta’lim shaklari haqida fikr yuritish
maqsadga muvofiq. Chunki bugungi kunga qadar asosiy darslar an’anaviy shaklda
tashkil qilingan bo‘lib, noan’anaviy darslarga unchalik ham e’tibor qaratilmagan.
Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda ta’lim sohasiga e’tibor kuchaya bordi va
24
bugungi kunga kelib yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish asosiy ustuvor vazifaga
aylandi.
An’anaviy dars – muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq
o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va
yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir. An’anaviy dars o‘tish modelida
ko‘proq ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu
sabab, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim
jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An’anaviy dars shaklini
saqlab qolgan holda, unga turli-tuman o‘quvchilar faolligini oshiradigan metodlar
bilan boyitib borilsa, o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib keladi.
An'anaviy dars shakllarining quyidagi afzalliklari va kamchiliklari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: