Mundarija bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/30
Sana08.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#244034
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30
Bog'liq
Yandashalieva A,Fitratning Abdul Fayzhon dramasini noananaviy metodlar orqali o`rganish (1)

Afzalliklari:  

➢  O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi. 

➢  O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi. 

➢  Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi. 

➢  O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi. 

➢  Motivatsiya yuqori darajada bo‘lishi. 

➢  O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi. 

➢  Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi 

➢  O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi. 

➢  O‘quvchilarning  predmetning  mazmuniga,  o‘qitish  jarayoniga  bo‘lgan  ijobiy 

munosabati. 

➢  Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi. 

➢  Tanqidiy va mantiqiy fikrlashning rivojlantirishi. 

➢  Muammolar yechish ko‘nikmalarining shakllanishi. 



Kamchiliklari: 

➢   Ko‘p vaqt talab etilishi. 

➢  O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi. 

➢  Juda  murakkab  mazmundagi  material  o‘rganilayotganda  ham  o‘qituvchi 

rolining past bo‘lishi. 

➢  “Kuchsiz”  o‘quvchilar  bo‘lganligi  sababli  “kuchli”  o‘quvchilarning  ham  past 

baho olishi. 



26 

 

➢  O‘qituvchining  o‘zi  ham  yaxshi  rivojlangan  fikrlash  qobiliyatiga  va 



muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi. 

 

Ko‘rinib  turibdiki,  noan’anaviy  dars  tashkil  qilinishi  ta’limda  nisbatan 



samaradorlikni  oshirishga  xizmat  qiladi.  Abdurauf  Fitratning  “Abulfayzxon” 

dramasini  noan’anaviy  shaklda  tashkil  qilish  jarayonida  qanday  metodlardan 

foydalanish mumkin degan savolga javob berishga harakat qilamiz.  

 

Ta’lim  va  tarbiya  jarayonida  intеrfaol  mеtodlarning  o‘rni  va  imkoniyatlari 



beqiyosdir.  Intеrfaol  mеtod  –  ta’lim  jarayonida  o‘quvchilar  hamda  o‘qituvchi 

o‘rtasidagi  faollikni  oshirish  orqali  o‘quvchilarning  bilimlarni  o‘zlashtirishini 

faollashtirish,  shaхsiy  sifatlarini  rivojlantirishga  xizmat  qiladi.  Intеrfaol  mеtodlarni 

qo‘llash  dars  samaradorligini  oshirishga  yordam  bеradi.  Intеrfaol  ta’limning  asosiy 

mеzonlari: bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv matеrialini erkin bayon etish, ifodalash 

imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, sеminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus 

ko‘rsatishlariga  imkoniyatlar  yaratilishi,  kichik  guruh,  katta  guruh,  sinf  jamoasi 

bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar bеrish, yozma ishlar bajarish va boshqa mеtodlardan 

iborat.  Intеrfaol  mеtodlarni  mashg‘ulot  maqsadiga  muvofiq  tanlash  lozim.  Quyidagi 

interfaol metodlar mavjud: 

➢  “Tushunchalar tahlili”  

➢  “Sinkvеyn”  

➢  “Vеnn diagrammasi”  

➢  “Zinama-zina” 

➢  “Galеrеya”  

➢  “Blits so‘rov” 

➢  “Insеrt” 

➢  “FSMU” va boshqalar. 

 

Yuqorida  nomlari  sanalgan  interfaol  metodlardan  “Abulfayzxon”  dramasini 



o‘rganishda qanday foydalanishimiz mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tsak.  

 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling