Mundarija bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Yandashalieva A,Fitratning Abdul Fayzhon dramasini noananaviy metodlar orqali o`rganish (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kamchiliklari
Afzalliklari:
➢ O‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kelishi. ➢ O‘z vaqtida aloqalarning ta’minlanishi. ➢ Tushunchalarni amaliyotda qo‘llash uchun sharoitlar yaratilishi. ➢ O‘qitish usullarining turli xil ko‘rinishlari taklif etilishi. ➢ Motivatsiya yuqori darajada bo‘lishi. ➢ O‘tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi. ➢ Muloqotga kirishish ko‘nikmasining takomillashishi ➢ O‘z-o‘zini baholashning o‘sishi. ➢ O‘quvchilarning predmetning mazmuniga, o‘qitish jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabati. ➢ Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berishi. ➢ Tanqidiy va mantiqiy fikrlashning rivojlantirishi. ➢ Muammolar yechish ko‘nikmalarining shakllanishi. Kamchiliklari: ➢ Ko‘p vaqt talab etilishi. ➢ O‘quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi. ➢ Juda murakkab mazmundagi material o‘rganilayotganda ham o‘qituvchi rolining past bo‘lishi. ➢ “Kuchsiz” o‘quvchilar bo‘lganligi sababli “kuchli” o‘quvchilarning ham past baho olishi.
26
➢ O‘qituvchining o‘zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko‘nikmalariga ega bo‘lishining talab etilishi.
Ko‘rinib turibdiki, noan’anaviy dars tashkil qilinishi ta’limda nisbatan samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. Abdurauf Fitratning “Abulfayzxon” dramasini noan’anaviy shaklda tashkil qilish jarayonida qanday metodlardan foydalanish mumkin degan savolga javob berishga harakat qilamiz.
Ta’lim va tarbiya jarayonida intеrfaol mеtodlarning o‘rni va imkoniyatlari beqiyosdir. Intеrfaol mеtod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaхsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Intеrfaol mеtodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam bеradi. Intеrfaol ta’limning asosiy mеzonlari: bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv matеrialini erkin bayon etish, ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, sеminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar bеrish, yozma ishlar bajarish va boshqa mеtodlardan iborat. Intеrfaol mеtodlarni mashg‘ulot maqsadiga muvofiq tanlash lozim. Quyidagi interfaol metodlar mavjud: ➢ “Tushunchalar tahlili” ➢ “Sinkvеyn” ➢ “Vеnn diagrammasi” ➢ “Zinama-zina” ➢ “Galеrеya” ➢ “Blits so‘rov” ➢ “Insеrt” ➢ “FSMU” va boshqalar.
Yuqorida nomlari sanalgan interfaol metodlardan “Abulfayzxon” dramasini o‘rganishda qanday foydalanishimiz mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tsak.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling