Mundarija bitiruv malakaviy ishining umumiy tavsifi
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Yandashalieva A,Fitratning Abdul Fayzhon dramasini noananaviy metodlar orqali o`rganish (1)
Xronologik jadval metodi
Xronologik jadval metodi yozuvchi hayoti va ijodini o‘rganishda o‘quvchilarning diqqati va xotirasini rivojlanishiga yordam beradi. Abdurauf Fitrat hayoti va ijodini mustahkamlash darsida ushbu metoddan foydalanish mumkin. Yillar
Adib hayoti va ijod yo‘li bilan bog‘liq voqealar 1886-yil Abdurauf Fitrat tavallud topgan. 1902-1903-yillar Abdurauf Fitrat haj safariga chiqqan. 1906-1908-yillar Rossiyaning turli shaharlariga sayohat qiladi. 1908-yil “Munozara” asarini yozadi. 1908-1913-yillar Istanbuldagi Voizon madrasasida tahsil oladi. 1910-yil “Sayha ” asarini yozadi. 1913-yil “Hind sayyohi” asari nashr qilinga, Istanbulda. 1915-yil “Yosh buxoroliklar” harakatiga boshchilik qiladi. 1915-1916-yillar “Rahbari najot” asarinashr qilingan. 1917-1920-yillar “O‘qu”, “Sharq siyosati”, “Yig‘la, islom” asarlari chop etiladi. 1919-1920-yillar Afg‘oniston amirligining Toshkentdagi vakolatxonasida tarjimonlik qildi. 1920-yil “Tong” jurnalini tashkil qiladi. 1921-yil Buxoroda Sharq musiqasi maktabini tashkil etib, bu maktabning birinchi direktori lavozimida ishlaydi. 1922-yil Fitrat tashabbusi bilan „O‘zbek yosh shoirlari“ sheʼriy to‘plami bosilib chiqdi .
“Hind ixtilochilari” pyesasi yozilgan. 1923-1927-yillar Moskvadagi Sharqshunoslik institutida ishlagan. 1924-yil “Abulfayzxon”, “Shaytonning tangriga isyoni” pyesalarini yozgan. 1934-yil “To‘lqin” pyesasini yozadi. 1937-yil 1937-yilda ko‘pchilik qatori Fitrat ham NKVD tomonidan
23
qamoqqa olingan. 1938-yil Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat Toshkent shahrining hozirgi Yunusobod tumani Bo‘zsuv qirg‘og‘idagi qatlgohda otib o‘ldirildi. 1963-yil Abdurauf Fitrat nomi oqlandi.
Xulosa qilib aytganda, Abdurauf Fitrat hayoti va ijodini o‘rganish uchun zamonaviy darslar tashkil qilishda yuqoridagi kabi metod hamda texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Darslarni tashkil qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yuqorida aytib o‘tilganidek, dars samaradorligining oshirilishiga, o‘quvchilarning darsga qiziqishlari uyg‘onishiga, bilim olish imkoniyatlarining yanada kengayishiga katta yordam beradi.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling