Mundarija Buyrak va qon tizimi kasalliklari


SURUNKALI GLOMERULONEFRIT


Download 461 Kb.
bet12/40
Sana30.04.2023
Hajmi461 Kb.
#1416950
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
yozmaish3

SURUNKALI GLOMERULONEFRIT

Surunkali glomerulonefrit — buyrak koptokchalarining uzoq davom etadigan immunoallergik yallig'lanishidir. Bu kasallik buyrak koptokchalarining asta-sekin shikastlanishi hisobiga buyrak faoliyati susayishi, arterial qon bosimining oshishi va buyrak yetishmov-chiligining rivojlanishi bilan ifodalanadi. Etiologiyasi. Surunkali nefrit o'tkir glomerulonefritdan so'ng va birlamchi surunkali glomerulonefrit sifatida ham rivojlanadi. Surunkali glomerulonefrit aksari immun tabiatli bo'lib, zardoblar. vaksinalar, antigentar, zaharli moddalar, ba'zi dorilar, sovuq ta'sirida rivojlanadi. Ba'zi donlar «o'tkir» zaharli buyrak kasalligigagina emas, batki yalpi glomerulonefrit rivojlanishiga ham olib keladi. Surunkali glomeru­lonefrit, zaxm, bakterial endokardit, gemorragik vaskulit, tugunli periarteriit va boshqa kasalliklarda ham rivojlanadi. Patogenezi. Nefritning surunkali ko'rinishi makroorganizmdagi immunologik, ayniqsa, autoimmun o'zgarishlar darajasiga bog'liq. Patologik anatomiyasi. Surunkali glomerulonefritning klinik ko'rinishi va buyrakdagi anatomik o'zgarishlar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Agar glomerulonefrit klinikasida nefrolik sindrom ustun bo'lsa, buyrak hajmi katta, ustki pardasi oson ajraydigan, yuzasi silliq, och kulrang bo'ladi (katta oq buyrak}. Po'stloq qismi kengaygan, och kulrang bo'lib, qizg'ish miya qismidan ajralib turadi. Mikroskopda buyrakning ilon-izisimon naychalari kengayganligini, epiteliy to'qimasida shish, bujmayish, donachali yoki vakuolli distrofiya hodisalarini ko'rish mumkin.


Buyrakni punksion biopsiya usuli bilan tekshirish natijasida surunkali glomerulonefritning quyidagi gislologik turlari ajratiladi: 1) pardali (mcmbranali) glomerulonefrit — buyrak koptokchalarining bazal pardasida to'qimalaming birlashuvi va qalinlashuvi bilan kechadi; 2) to'qimalar ko'payib zichlashuvi bilan kechuvchi (mczangial) glomerulonefritda koptokchalarda biriktimvchi to'qima paydo bo'ladi (fibroplastik glomerulonefrit). Glomerulonefritning so'nggi bosqichida buyrak bujmayadi. o'lchamlari kichrayadi. Miya qismi donachalar bilan qoplanib, po'stloq qismi yupqalashadi. Koptokchalar bo'shab, o'rnida biriktiruvchi to'qima paydo bo'ladi, buyrak bujmayadi, buyrakning ikkilamchi bujmayishi paydo bo'ladi. Klinikasi. Surunkali glomerulonefritning klinik manzarasi uning turlariga bog'liq. Xastalik asosan uch guruhdagi sindromlar ko'rinishida namoyon bo'ladi. I. Siydikdagi o'zgarishlar: proteinuriya, gematuriya. silindruriyadan iborat. II. Qon bosimi ko'tarilishi nalijasida paydo bo'lgan o'zgarishlar. Ill Badanda shish paydo bo'lishi sababli paydo bo'lgan o'zgarishlar. Surunkali glomerulonefritning quyidagi klinik turlari farq qilinadi: 1. Yashirin kechuvchi (latent) glomerulonefrit — eng ko'p uchraydigan turi bo'lib, 44% ni tashkil qiladi. Bu turdagi glomerulonefrit siydikda bir oz o'zgarishlar borligi bilan ifodalanadi, qon bosimi oshmaydi, shish ham sezilarli darajada bilinmaydi. Xastalik, yashirin davr 30-40 yil o'tgach ham yana yuzaga chiqishi mumkin. Bemorlar uzoq yillar davomida ish qobiliyatlarini yo'qotmaydilar, xastaliklarini sezmaydilar. Ko'pincha surunkali glomerulonefritning yashirin turi yoki favqulodda boshqa xastalik bo'yicha shifokorga murojaat qiiish yoki dispanserizatsiya vaqtida siydikdagi o'zgarishlar (solishtirma og'irligi pasayganligi, qizil qon tanachalari ko'proq ajralayotgani, tunda siydikning ko'proq ajralishi), qon bosimining bir oz oshganligi, ECHTning tezlashgani, qonda oqsil moddasi kamaygani, xolesterin ko'payganligi asosida aniqlanadi. Aksariyat yashirin kechuvchi surunkali glomerulonefrit buyrak faoliyati buzilib, yetishmovchilik rivojlanganda aniqlanadi. Buyrak yetishmovchiligi esa qonda qoldiq azot, mochevinaning miqdori oshishi bilan yuzaga chiqadi. 2. Surunkali glomerulonefritning nefrolik ko'rinishi. Siydik orqali katla miqdorda oqsil (I ajraiishi kunda 3,5 g dan ko'proq), qonda oqsil moddasi (gipoproteinemiya), ayniqsa, albumin globulin koeffitsi-entining kamayishi (disproteinemiya), xolesterinning ko'payishi (giperxolesterinemiya — 600-800 mg%) bilan ifodalanadi. Bemor-larning badanida gipoproteinemik (oqsil kamayishi natijasida) shishlar paydo bo'ladi. Bunday shishlar boshqa shishlardan farqli bo'Iib yuz-ko'z qovoqlaridan boshlanadi va asta-sekin butun badanga tarqaladi. Ular doimiy xususiyatga ega bo'ladi, hatto ichki a'zolarga, yurak, o'pka va qorin pardalariga, bo'shliqlarga tarqaladi. Teri shilliq pardalari quriydi, mushaklar kichrayadi (atrofiya), natijada teri bujmayadi. Siydik orqali oqsil chiqishi bilan birga, qon tarkibida triglitserin va ozod xolesterin ko'payadi. Surunkali glomerulonefritning nefrotik ko'rinishi nefrotik sindrom va buyrak yallig'lanishi belgilari (siydikda qon bo'fishi, buyrak filtrlash xususiyatining pasayishi) bilan birga namoyon bo'ladi. Qon bosimi xastalikning boshlang'ich davrida oshmasligi inumkin, lekin so'nggi davrida baland I ashadi. 3. Surunkali glomerulonefritning gipertonik ko'rinishi ko'pincha yashirin kechuvchi glomerulonefritga xosdir. Bemorlarni tekshirishda asosan qon bos i mi ko'tarilganligi aniqlanadi. Qon bosimi xastalikning boshlanishida doim bo'lavermaydi, aksariyat sovuq va asab buzilishi ta'sirida kechga tomon ortadj. Buyrak faoliyati pasaygach, sistolik va diastolik bosim muntazam oshib borib 200/120 mm simob ustuniga yetadi, asta-sekin yurak faoliyati ham buziladj, yurak cho'qqisining turtkisi kuchayadi, cho'qqi sohasida I ton susayib, sistolik shovqin paydo bo'ladi, aortada II ton kuchayadi, ot dupuri kabi yurak tovushlari tez va baland gupirlab eshitiladi, so'ngra yurak faoliyati yetishmovchiligi qo'shiladi, yurak astmasi xuruji va hatto o'pka shishi paydo boMishi mumkJn. Surunkali glomerulonefritda qon bosimi asta-sekin oshadi, yurakning ishemik kasalligi, stenokardiya rivojlanadi. Ko'z tubidagi tomirlarda o'zgarishlar paydo bo'ladi, ko'z tubida qon quyilish hodisasi ham uchraydi. Kasallikning oxirgi davridagina ko'z to'r pardasida davolab bo'lmaydigan jiddiy o'zgarishlar paydo bo'lishi mumkin. Qon bosimi buyrakning qonsirashi va renin faolligining ko'payishi natijasida oshadi. Arterial qon bosimi buyrak yetishmovchiligi davrida va kasallik shiddatli kechganda juda baland va turg'un bo'ladi. Bemorda miokard infarkti, bosh miyaga qon quyilishi hollari ro'y berishi mumkin. 4. Surunkali glomerulonefritning aralash ko'rinishi. Bu ko'rinish uchun qon bosimi oshishi va nefrotik sindrotn borligi xosdir. Ammo bu siudromlarning belgilari bir xil darajada yuzaga chiqmasligi mumkin. Aksariyat kasallik avj olgan davrda 1 yoki 2 sindrom yuzaga chiqadi. Masalan, siydikdagi o'zgarishlar sindromi (proteinuriya, gematuriya, silindniriya), bemorning umumiy ahvoli 2-5 yil o'zgarmay qoniqarli bo'ladi, so'ngra buyrak faoliyatida yetishmovchilik rivojlanadi. Surunkali glomerulonefritning klinik kechishi 2 bosqichdan iborat: 1. Buyrakning azot ajratish faoliyati saqlangan. Bu bosqich uzoq davom etadi, yashirin o'tadi va faqat siydikda paydo bo'ladjgan o'zgarishlar orqali namoyon bo'tadi, 2. Buyrak faoiiyati buzilgan bosqich. Bu bosqich xastalik boshlangandan so'ng 1 oydan 30 yilgacha davr ichida boshlanishi mumkin. Xastalikning shiddatli turida tezroq, yashirin o'tuvchi turida kechroq boshlanadi. Bu bosqichda buyrak faoliyati pasayadi. Azot ajratish, siydikni quyuqlashtirish faoliyati susayadi. Siydikdagi o'zgarishlar kamayadi, solishtirma og'irligi kamayib 1007-1008 atrofida bo'ladi. Siydik bilan oqsii moddasi muttasil ajralib turadi. Qon bosimi muntazam baland bo'ladi. Badanda shish paydo bo'ladi, qon tarkibidagi mochevina, kreatinin, indikan ko'payadi, oqsil kamayadi. Tashxisi va qiyosly tashxisi. Agar bemor ilgari o'tkir ncfritnt boshdan o'tkazgan hamda surunkali nefritning hamma klinik manzarasi yaqqol bo'lsa, tashxis qo'yish qiyin bo'lmaydi. Lekin surunkali nefrit yashirin kechsa yoki gipertoniyali surunkali nefrit bo'lsa, tashxis qo'yish mushkullashadi. Bemor o'tkir nefritni boshdan o'tkazmagan bo'lsa, lekin siydigida bir oz oqsil hamda gematuriya aniqlansa, unda buyrakning boshqa kasalliklari (piyelonefrit, buyrak totnirining qisilib qolishi, buyrak anomaliyasi) haqida o'ylash va shu kasalliklardan farqlash lozim. Surunkali nefritning gipertonik xilini gipertoniya kasalligi bilan taqqoslash qiyin bo'Iadi. Surunkali nefritda siydikdagi o'zgarishlar gipertoniyagaclla bo'Iadi. Surunkali nefritda yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasi gipertoniya kasalligiga nisbatan kamroq bo'Iadi. Gipertoniya xuruji — «krizi» surunkali nefritda kamroq uchraydi. Surunkali nefritda gipertoniya kasalligiga nisbatan yurak toj-tomirining aterosklerozi sekin va kam rivojlanadi. Surunkali nefritni surunkali piyelonefrit bitan taqqoslash tashxisi o'tkazilganda siydik cho'k-masidagi eritrolsitlar, leykotsitlar soniga ahamiyat beriladi. Leykotsitlar sonining ko'pligi, faol leykotsitlar bo'Iishi, buyrakni rentgenourologik tekshirganda buyrak jomiari strukturasining o'z-garganligi surunkali piyelonefrit borligidan dalolal beradi. Surunkali nefritning nefrotik xilini buyrak amiloidozi, diabetik glomeruloskleroz, jigar sirrozi bilan taqqoslash lozim bo'Iadi. Surunkali nefritning nefrotik xilida buyrakning yallig'lanish belgilari (gematuriya, gipertoniya), buyrak koptokchalari filtratsiyasining kamayishi va buyrakning konsentratsiya qilish faoliyatining pasayishi tashxis qo'yisllda asosiy rol o'ynaydi. Buyrakni biopsiya qilib tekshirish tashxisni tasdiqlaydi. Amiloidozdan farqlash uchun og'iz shilliq pardasi gistologik usulda tekshiriladi. Rentgen nuri yordamida buyrak va siydik ajralish yo'llarini ko'zdan kechirish, izotop va kontrast modda yordamida buyrakni rentgen suratini olish, UTT yordamida tekshirish, buyrak tomirlarini tekshirish (angiografiya) kerak. Buyrak to'qimasini tekshirish — punksion biopsiya usuliiii qo'llash xastalikni aniqlashda yordam beradi. Oqibati, Surunkali glomerulonefrit oqibati sifatida buyrak bujmayishi va buyrak faoliyatining pasayishi, buyrak yetishmovchiligi — uremiya rivojlanishi mumkin. Bunday noxush oqibat xastalik boshlangandan so'ng I yildan 30 yilgacha davr ichida yuzaga chiqadi. Oxirgi 10-15 yil mobaynida buyrak kasalliklarini aniqlash va davolash sohasida erishilgan yangiliklar, jumladan, davolash jarayonida kortikosteroidlar va immunodepressiv moddalarni qo'llash noxush oqibati ami kamaytirdi, bemorlaming niehnat qobiliyati uzoqroq saqlanishiga va hatto 14-18% bemorlarning butunlay sog'ayib ketishiga olib keldi. Davolash. Surunkali glomerulonefritni davolashda parhez (7-parhcz stoli)ga katta ahamiyat beriladi. Nefrotik va kasallikning aralash turida osh tuzi kam beriladi (kuniga 1,5-2,5 g gacha). Siydik ajratish xususiyati buzilmagan bo'lsa oqstl chegaralanmaydi. o'rlacha 1 kg vaznga 2-2,1 g oqsil berish kerak. Bemoming qon bosimi yuqori bo'fsa, osh tuzi kam beriladi (5 g), oqsil va uglevodlar me'yori o'zgarmaydi. Surunkali glomeruloiiefrilning shisii bilan kechuvchi mezangioproliferativ va mezangiomembranoz turlarida glyukokortikosteroidlar ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Diffuz fibroplastik va o'choqli-segmentar glomerulosklerozti nefritda glyukokortikosteroidlar buyurish maqsadga muvofiq emas. Xastalik xuruj qilganda, ayniqsa, kasallikning nefrotik turida kortikosteroidlar, masalan, prednizolon buyuriladi. Prednizolon lana og'irligiga nisbatan I mg/kg dan 3-8 hafta buyuriladi, so'ngra asta-sekin doza kamaytirilib boriladi va sutkasiga 7,5-10 ing ga tushgach uzoq vaqt davoinida beriladi. Agar nefrotik sindrom kamaymasa, prednizolon puls-terapiya usulida buyuriladi. Surunkali glomerufonefritning nefrotik luriga glyukokortikoidlar yordam qilmasa, prednizolon bilan birga azatioprin yoki siklofosfamid kuniga 150-200 ing dan buyuriladi. Dorilar dozasi 6-8 haftadan so'ng pasaylirjladi va uzoq vaqt davomida bemorga beriladi (6 oygacha). Surunkali glomerulonefritni davolashda prednizolon, siklofosfan, leykeranlar bilan bir qalorda Sandimmun preparali ham qo'llanilmoqda. Bu preparat bilan davolangan bemorlarda kasallikning klinik remissiya davriga o'tishi kuxatilgan. Shu bilan bir qatorda, buyrak to'qimasi skleroziga olib keladigan kortikosteroidlarni katta miqdorda qabul qilishdan saqlaniladi. Surunkali glorumerulonefritda patogenetik dorilarga rezistent bo'lgan bemorlarda sandimmun qo'llanilganda ijobiy natija bergan. Sandimmunga sezuvchan bemorlarda bu preparat ta'sirida immuoologik ko'rsatkichlar ijobiy toraonga o'zgaradi. Sandimmun 2,5-7 mg/kg hisobida 20-25 kunga buyuriladi. Agar kortikosteroidlar buyurish mumkin bo'lmasa (qandli diabet, oshqozon yarasi va hokazo), sitostatiklarning o'zi buyuriladi. Sitostatiklar bilan davolanayotgan bemorlar qonida leykolsitlar va neytrofillar soni tekshirib turiladi. Buyrak parenximasidagi yallig'lanishni kamaylirish maqsadida indumetatsin kuniga 50 mg dan 150 mg gacha beriladi. Indometatsin mediator!arda immunologik jarayonlarni kamaytiradi. Gipertoniya va buyrak yetisbmovchiligi bilan kechuvchi glomerulonefritda indomelatsin buyurihnaydi.
Buyrak koptokchalari va arteriolalari devorlarida fibrin cho'kishini va qon zardobidagi fibrin miqdorini kamaytirish maqsadida teri ostiga yoki vena tomiriga geparin yuboriladi. Geparin teri osliga kuniga 4 mahal 5000-10000 TB yuboriladi. Odatda geparin kindikdan 4 sm pastroqqa teri orasiga yuboriladi. Qon ivish vaqti Moravits usuli bilan tekshiriladi. Agar trombin, qon ivish vaqti va antitrombin III nazorat qilinmasa, geparin 10000-15000 TBdan faqat 3 kun beriladi. Geparin bilan davolash davomida kurantil, trental buyurish maqsadga muvofiqdir. Badanda shish kamaymasa, siydik haydovchi dorilar buyuriladi (furosemid, uregit, veroshpiron, aldakton). Shishlarni haydashga poliglyukin (dekstran) ham yordam qiladi. Poliglyukin qon zardobi kolloid-osmotik bosimini oshiradi va to'qimalardagi ortiqcha suyuqlik qonga o'tadi. Oqsil almashinuvi buzilganda anabolik gormon — retabolil, fenabolil qo'llaniladi. Qon bositnini pasaytirish uchun rezerpin, dopegit, kl of ell in va boshqa gipolenziv dorilar beriladi. Bemorlarning mehnatga layoqatligi kasallikning turi va bosqichiga bog'liq. Buyrak yetishmovchiligi rivojlanganda bemorlar nafaqaga chiqariladi. Profilaktikasf, O'tkir glomerulonefritli bemorlarni badanidagi infeksiya o'choqlarini bartaraf qilish, bemorlarga uzoq vaqt parhez tutish maslahat qilinadi. Surunkali nefrit bilan og'rigan bemorlar sovuq va nain havo ta'siridan o'zlarini ehtiyot qilishlari, Bayramali, Silorai Mohi Xosada dam olib davolanishlari. vaqti-vaqti bilan qon va siydikni tekshirtirib turishiari lozim. Bemor badanida shish yoki buyrak yetishmovchiligi alomatlari paydo bo'Isa, to'shakda yotib, badanni issiq tutish, ayniqsa, belni belbog' bilan o'rash tavsiya etiladi. Lozim bo'lsa (o'tkir yallig'lanishlar qo'shilib qolsa) shifoxonada davolanish buyuriladi.


39. Qon sistеmasi kasalliklarida bеmorlarni asosiy shikoyatlari. Kasallik tarixi. Bеmorlarning xayot anamnеzi. Bеmorlarni umumiy kuzdan kеchirish. Talok palpatsiyasi va pеrkussiyasi. Limfa tugunlar palpatsiyasi va pеrkussiyasi.



Download 461 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling