Mundarija Buyrak va qon tizimi kasalliklari


Download 461 Kb.
bet11/40
Sana30.04.2023
Hajmi461 Kb.
#1416950
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
yozmaish3

O'TKIR GLOMERULONEFRIT


Glomerulonefrit — buyraklar koptokcha apparati tomirlarining yallig'lanishi bilan tfodalanuvchi immunoallergik kasallikdir. Buyrak koptokchalarining hammasi yallig'lansa yalpi, kichik bir qismi yallig'lansa, o'choqli glomerulonefrit deb ataladi. Glomeruloaefrit ko'pincha anginadan, yuqori nafas yo'llari, murtak bezi yallig'langandan so'ng, ba'zan difteriya, o'pka yallig'lanishi, toshmali terlama, ich terlama va asosan streplokokklar qo'zg'atadigan ko'pgina kasallikiardan so'ng, shuningdek virusli kasalliklar, o'ta sovuq ob-havo ta'siri, namgarchilik va boshqa omillar sababli ham yuzaga chiqishi mumkin. O'tkir glomerulonefritning rivojlanish jarayonini immunoallcrgik nazariya bilan tushuntirish rasm bo'lgan. Bu nazariyaga asosan angina yoki hoshqa streptokokk sababli kasallangan odamning qonidagi streptokokk antigenlari bilan unga qarshi paydo bo'lgan antitana o'zaro birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalar qon orqali borib, buyrak koptokchalarining bazal meinbranasi yuzasiga tushadi, uni zararlantiradi va xemolaksis hodisasini kellirib chiqaradi. Polinuklearlar biologik faol moddalarni, gistamin va serotoninni ajratib chiqaradi va koptokchalarda o'zgarish, giperergik yallig'lanish paydo bo'ladi. Immun birikmalar hosil qilishda faqat bakteriya antigenlari emas, balki boshqa xil antigenlar (oqsil antigenlar, dori moddalari antigenlari va b.) ham ishtirok etadi. Immun komplekslar tarkibidagi komple-mentning parchalanishidan hosil bo'lgan moddalar kapillyar tomirlari devorlarining o'tkazuvchanlik qobiliyatini kuchaytiradi. Koptokchalar zararlanishida koagulyatsiya tizimining buzilishi ham katta ahamiyatga ega. Immun guruhlar ta'sirida Uombotsitlar jipslashuvi kuchayadi, qon ivishida ishtirok etuvchi XII omil faollashadi, natijada zardob kallikrinogeni faollashadi, kininlar miqdori ko'payadi, bundan tashqari, trombolsitning III va IV omillari trombotsitdan ajralib chiqadi. Natijada, kapillyarlar devoriga fibrin cho'kib oladi. Bunga javoban mezotelial va endotelial hujayralar ko'payib fjbrinni qoplab oladi Shu tariqa gialin substansiyasining tomir devoriga cho'kishi tezlashadi. Fibrinning hajmi xaslalikning kechish darajasiga ta'sir qiluvchi omil hisoblanadi, Tabiiyki, bunda bemorning baquvvatligi va tashqi muhitning ta'siri ham katta ahamiyatga ega. Koptokchalar kapillyarlari bazal membranasining o'tkazuvchanligi ortishi natijasida siydikdagi o'zgarishlar yuzaga chiqadi. Patologik anatomiyasi. Yalpi glomerulonefritning o'tkir kecuadigan xilida buyrak o'lchovlari o'zgarmaydi, buyrakni qoplovchi parda oson ko'chadi. Buyrakning yuzasida va kesmasida nuqtasimon dog'lar (bo'rtib turadigan qizil dog'lar) paydo bo'ladi. Bu dog'lar yallig'lanish natijasida kattalashgan Malpigi tanachalari (buyrak koptokchalari)dir. Mikroskopda kuzatilganda kasallikning dastlabki kunlarida buyrak koptokchalarining kattalashgan i, qizargani, qizil va oq qon tanachalari shu yerda to'planib, to'xtab qolgani ko'rinadi. Keyinchalik koptokchalar qonsirab ketgani, oqarib, tomirlari yorilib ketgani kuzatiladi. Klinikasi. O'tkir glomerulonefritda 3 guruh o'zgarishlar kuzatiladi; tanada shish paydo bo'lishi; qon bosimining oshishi; siydikdagi o'zgarishlar. O'tkir nefrit har xil boshlanadi. O'tkir nefrit keskin boshlanishi ham mumkin. Kasallikning boshlanishida bilinar-bilinmas belgilar bilan bir qatorda, bemorning yuz-ko'zlari shishadi, tana harorati ko'tariladi, bosh og'rig'i, kamquvvatlik, siydik kamayishi kuzftiladi. Kasallik 80-90% bemorlarda qovoqlar, yuzda shishlar va rangparlik paydo bo'lishi bilan boshlanadi. Bemor ertalab ko'zguda o'z aksini tanimay qolish darajasida shishadi, ko'zlari qisilib, yuzi yapaloqkshadi. Teri ostida, o'pka, yurak pardalari orasida, qorinda to'plangan suyuqlik (15-20 kg gaclia) tana og'irligini oshiradi va 2-3 hafta davomidr, asta-sekin qaytadi. Shish sindromiga quyidagilar sabab bo'ladi: 1) kopiokchalar shikastlanishi, ularning filtrlash faoliyatining pasr:yishi, natriy chiqarish kamayib, reabsorbsiyaning (qayta so'rilishi) kuchayishiga olib keladi; 2) tanada suyuqlik tutilib qolishi, aylanib yuradigan qon miqdori ko'payishi; 3) ikkilamchi giperaldosteronizm va antidiuretik (ADO) gormon ko'payishi; 4) aldosteronga to'qimatar sezuvchanligi, ADG ga nefron distal bo'limlari sezuvchanligining kuchayishi va suyuqlikning tanada yanada ko'proq tutilishi; 5) gialuronidaza tizmasida o'zgarish paydo bo'ladi. Kapillyarlar devori o'tkazuvchanligi o'zgaradi; 6) qonning suyuq qismi qon tomirlaridan chiqib kovak hujayrali joylarda to'planadi. Nefrotik sindromda plazmaning onkotik bosimi pasayadi. Gipoalbuminemiya va shishlar ko'p hamda tez paydo bo'ladi. O'tkir yalpi glomerulonefritning asosiy belgilaridan biri — qon bosimining oshishidir. Qon bosimi 70-90% bemorlarda o'rtacha oshadi va bu buyrakda qon aylanishining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Natriy tuzi bilan suvning badanda to'planishi gipervolemiyaga olib keladi. Qon bosimi oshishi yuna koptokchalar zararlanishi natijasida renin-angiotenzin-aldosteron zanjirining ta'sir doirasi kuchayib, buyrakning depressor (lomir tarangligini kamaytirish) faoliyati pasayislii oqibatida yuzaga chiqadi. Bu liodisani quyidagicha tushuntirish mumkin (37-jadval). 37-jadval Glomerulonefritda gl pert only a palof Sistolik bosim ISO mm, diastolik bosim simob ustuni hisobida 100-110 mm ga ko'tariladi. Arlerial qon tomirlarida bosimning keskin ortib ketishi yurak faoliyatini qiyinlashtiradi, bu o'tkir yurak yetishmovchiligi sifatida ko'rinadi (ko'p hollarda chap qorincha yetishmovchiligi}. Bu o'tkir yurak yetishmovchiligi hansirash, yo'tal va yurak astmasi kabi ko'rinishlarda aks eladi. Chap qorincha kengayishi yuz beradi. Yurakning nisbiy chegarasi chapga kengayganligi aniqlanadi. Ko'p hollarda yurak cho'qqisida funksional xarakterdagi sistolik shovqin, o'pka arteriyasida II ton aksenti eshitiladi, kamroq holiarda galop ritmi kuzatiladi. O'pkada quruq va nam xirillashlar eshitiladi. EKG da I, II va III uslubda R va T tishlari o'zgarishi kuzatiladi, ba'zi hollarda chuqur Q tishi va QRS kompleksining voltaji kamayishi kuzatiladi. O'tkir nefritnmg dastlabki belgilaridan biri sutkalik siydikning kamayishidir (400-700 ml), ba'zi hollarda anuriya kuzatiladi. Siydikning kamayishi yallig'lanish sababli koptokchalarda bo'ladigan o'zgarishlar natijasidir. Cbunki yallig'lanish koptokchalarda filtratsiyaning susayishiga olib keladi. Siydikning solishtinna og'irligi va uning nisbiy zichligi pasaymaydi. O'tkir nefritda siydik sindromi — proteinuriya, silindruriya, makro va mikrogematuriya bilan xarakterlanadi. Jarohatlangan koplokchalar kapillyarlari devorlari orqali faqal niayda dispers albuminlargina emas, global inlar va fibrinogen ham ajralib chiqadi. Siydikda oqsillar soni I'V^dan 100/,,,, gacha bo'ladi, ba'zi hollarda 20°/w gacha ko'payadi. Lekin siydikda oqsillarning ko'payib ketishi faqal dastlabki 7-10 kunlar mobaynida saqlanadi, shuning uchun kech tekshirishlarda siydikda albuminlar miqdori uncha baland bo'lmaydi (T/^dan kam). Uncha katta bo'lmagan proteinuriya ayrini hollarda kasallikning boshlanishidanoq yuzaga chiqadi, boshqa hollarda esa umuman bo'lmasligj ham mumkin. Siydikda oqsillarning kam miqdordaligi o'tkir nefritda ko'p vaql saqfanishi mumkin va bu 3-4-6, ba'zida 9-12-oylarda umuman yo'qoladi. Gematuriya — o'tkir glomerulonefritning doimiy belgisidir. 13-15 foiz hollarda makro-gematuriya ko'zga tashlanadi, boshqa hollarda mikrogernaturiya aniqlanadi, bunda siydik cho'kmasida eritrotsitlar miqdori ko'rish maydonida 10-15 tadan ko'p bo'lmaydi. O'tkir glomerulonefritda 75% bemorda gialin, donali, ba'zan epitelia! ilindrlar topiladi, 25%ida silindruriya ku/alilmasligi mumkin. Leykotsitlarning eritrotsitdan kamligini siydik cho'kmasini Kakovskiy-Addis, Nichiporenko usullarida tekshirib bilish mumkin. Buyrak faoliyati pasaygani tufayli ba'zan qonda azol qoldig'i, mochevina miqdori bir oz ko'payishi mumkin. Azoteiniya uzoq davom etmaydi. O'tkir nefritda qon tarkibida gemoglobin va eritrotsitlar kamayishi kuzatiladi. Anemiyaga gidremiya (qon shishi, boshqacha aytganda qon suyulishi) va nefrit rivojlanishiga sabab bo'lgan infeksiya (masalan, septik endokardil) olib keladi. Eritrotsitlarning cho'kish tezligi oshadi. O'lkir glomerutonefrit 2 xil ko'rinishda o'tadi.
Birinchi turi — nefritning siklli turi keskin boshlanib, shish, hansirash, bosh og'rig'i, bel og'rig'i, siydik miqdorining kamayishi, siydikda oqsil va qon paydo bo'lishi, arterial qon bosimining ko'taritishi bilan ifodalanadi. Shish 2-3 hafta mobaynida kuzatiladi, so'ngra siydik miqdori ko'paya borib (poliuriya) arterial qon bosimi pasayadi, siydikning solishtirma og'irligi kamayadi, lekin proteinuriya, mikrogematuriya uzoq davom etishi mumkin. O'tkir nefritning ikkinchi — yashirin o'tuvchi turi ko'pincha surunkali nefritga o'tadi. Bu turida kasallik asta-sekin boshlanadi, sezilar-sezilmas hansirash, oyoqlarda shish paydo bo'lishi bitan ifodalanadi. Izchillik bilan o'tkazilgan tekshiruvlarda siydik tarkibida o'zgarishlar topiladi, bu o'zgarishlar 2-6 oy davom etishi mumkin.
O'tkir nefrit buyrak eklampsiyasiga olib kelishi mumkin. Eklampsiya arterial qon bosimi baland bo'lganda va haddan tashqari shish ko'payganda rivojlanadi. Buyrak eklampsiyasida bemorning ko'zi zaiflashadi, tez-tez musliakiari tirishib, tomir tortishadi, hushidan ketadi, u tilini tishlab olishi, beixtiyor axtat va siydigini tuta olmasligi mumkin. Bu asorat to'g'ri davolansa tuzaladi.
O'tkir glomerulonefritning yana bir og'ir asorati nefrotik sindronj bo'lib, u ko'p oqsil yo'qotish, nihoyatda og'ir shishlar, qon tarkibida oqsilning kamayishi, disproteinemiya bo'lishi, xolesterinning ko'payishi (giperxolesterinemiya) biian ifodalanadi. Nefrotik sindromning palogenezi ko'pchilik tomonidan tan olingan im-munologik konsepsiyaga asoslangan, Nefrotik sindrom rivojlanishida buyrak baza! membranasining buzilishi ahamiyalga ega. Bazal
membranada buyrak oqsillariga qarshi antitanalar o'tirib oladi va doimiy ravishda komplementlar reaksiya sodir bo'lishiga olib keladi. Nefrotik sindrom avjiga chiqqanda qonda komplement kamayadi. Buyrakka qarshi antitanalar ko'payadi, Immunitetga ta'sir qiluvchi dorilar, steroid gormonlarning nefritga ijobiy ta'siri bu kasaHikning iramunoallergik xususiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. Nefrotik sindrom rivojlanishini izohlovchi ikkinchi taxmin modda almashinuvi (metabolizm)ning buzilishi konsepsiyasidir. Bu konsepsiya bo'yicha oqsilning siydik bilan qo'shilib chiqishi buyrak kopto-kchalarining filtrlash xususiyati buzilishi natijasidir. Zamonaviy tekshiruvlaming ko'rsatishicha, nefrotik sindromda buyraklarda va siydikda eruvchan oqsillarning aktivligi oshishi, qonda gistamin ko'payishi, buyraklarda lizosom fermentlaming yuqori konsentratsiyasi, ularning yallig'tanish reaksiyasini keltirib chiqarishi aniqiangan. Zardobda oqsil muvozanatining buzilishi, ulaming mayda dispers oqsil fraksiyalarining chiqishiga hamda organizmda immunologik siljishga oiib keladi. Boshqa ma'lumotlar shuni tasdiqlaydiki, oqsil sintezining buzilishi nefrotik sindromda retikulo-endotelial tizimning ish qobiliyati o'zgarishi natijasida vujudga keladi. Nefrotik sindromda hosil bo'ladigan qon tarkibidagi yog'larning ko'payishi kompensator xarakterda bo'lib, bu qon tarkibidagi oqsillarning kamayishiga teskari proporsionaldir. Patogenezda shishlarni qon tarkibidagi oqsil kamayishi va plazmadagi kolloid-osmotik bosimning kamayishi bilan bog'lamaslik kerak. Nefrotik sindromda organizmda natriyning ushlanib qolishi, uning qayla so'rilishi (reabsorbsiya) kuchayishi, ikkilamchi (giperal-dosteroaizm) aldosteronning qayta ko'p ishlab chiqarilishi bilan bog'liqdir /a bu o'z navbatida qon aylanishining buzilishiga olib keladi. Nafaqat buyrak kapillyarlari o'tkazuvchanligining kuchayishigina emas, balki boshqa to'qimalarda kapillyar lo'rlarining immunologik zararlanish: ham nefrotik sindromga olib keluvchi omildir. Klinik nuqtai nazardan patogenezda eng muhimi oqsilning siydik orqali chiqishi bo'lib, bu nefrolik sindromda 3 g/kungacha va undan ko'proq kuzatiladi. Siydikda oqsilning paydo bo'lishi asosan koptokcbalarning bazal membranasining zararlanishi va o'tka-zuvchanligining kuchayishiga bog'Iiq bo'lib, shu bilan birgalikda koptokchalarning fillri orqali yirik oqsil molekulalarining kirishiga bog'lic|djr. Yana shuni ham aytish kerakki, podolsitlarning normal funksiyasi bu bazal membranalarda oqsil molekulalarining kirishiga to'sqjnlik qilishidir, Podolsitlarning funksiyasi buzilishi natijasida oqsillar ushlanib qololmaydi va ular bazal membrana orqali kiradi. Shuni ham ko'rsatib o'tish kerakki, o'tkir boshlangan diffuz glomerulonefrit ba'zan o'rtacha o'tkir ekstrakapiliyar nefritga olib keladi va uning progressiv kechishi yaqin oylarda surunkali buyrak yetishmovchiligiga sabab bo'ladi
Tashxisi. O'tkir diffuz glomerulonefritga tashxis qo'yish unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi. Chunki kasallik yoshlarda uchraydi va yaqqol ko'zga tashlanadigan klinik belgilardan boshlanadi. O'tkir nefrit biian surunkali nefrit qaytalanishi orasida taqqoslash tashxisi o'tkazish qiyinchilik tug'diradi. Bunda kasallikning boshlanishi, infeksiya bilan bog'liqlik (lonzillil, angina, rinit va h.k.Jdan boshlab o'tkir nefrit holatigacha (1-2 hafta o'tadi) hisobga olinadi. Surunkali glome­rulonefritga qon bosimining yuqori bo'lishi, yurakning chap qorinchasi gipertrofiyasj, ko'z tubining yaqqol shikastlanishi xosdir. Siydikdagi o'zgarishlar liar xil bo'lishi mumkin, lekin surunkali nefrit nchun siydik zichligi va filtrlash vazifasi pasayishi xosdir (gipo. izostenuriya), o'tkir nefrit uchun yurak faoliyatining yetishmasligi (hansirash, shishlar, yurak astmasi, bradikardiya), kasallikning o'tkir kelib chiqishi (makro va mikrogematuriya) xos. O'tkir nefritning yashirin turi va piyelonefritning solishtirma tashxisi qiyinchilik tug'diradi. Bunda siydik cho'kmasida eritrotsitlarning leykotsitlardan ustunligi, oqsillarning kamligi, anamnestik ko'rsatmalar yo'qligi, rentgenologik, ultratovush, skanir, radioizotop, biopsiya tekshirishlari yordam beradi. O'tkir nefrit bilan buyrak sili va boshqa buyrak kasalliklari orasida solishtirma tashxis o'tkazish lozim.
Davolash. O'tkir glomerulonefritni davolashda birinchi vazifa ma'lum muddat davomida issiq va quruq xonada o'rinda yotish uchun sharoit yaratishdir. Bu sharoil uy yoki maxsus kasalxonada hozirlanishi mumkin. Davolash davrida maxsus parhez taomlar beriladi, suyuqlik.
osh tuzi chegaralanadi. Vitaminlar (ayniqsa, vitamin C, kalsiy tuziga boy ovqat (tvorog, suzma, qatiq, sut, sharbatlar, qand va olma) beriladi. Dorilar bilan davolash ayniqsa, muhimdir. Bunda kasallikning sabablari va patogenetik omillarga ta'sir qilish uchun buyrakka ziyon qilmaydigan antibiotiklar (penitsillin 2-4 mln, ampitsillin 2-4 mln. kuniga) beriladi. Mikrobga qarshi dorilar (antibiotiklar) o'tkir nefrit biror asosiy infeksiya bilan birga kelganda uzoq davom etadigan septik endokarditda (yurak ichki pardasining yaElig'lanishi), xronik tonzillitda qo'lianiladi. Murtak bezida surunkali infeksiya bo'lganda u olib tashlanadi. Nefritning o'tkir ko'rinishlari pasaygandan 2-3 kun keyin, desensibilizatsiya terapiyasida vitamin C katta dozada ishlatilishi kerak.
O'tkir nefrit kasalligida steroid gormonlar — prednizolon, triamsinolon, deksametazon katta foyda beradi. Prednizolon bilan davolash kasallik boshlangan davrda etnas, balki keyinroq, qon bosimi tushganda buyuriladi. Bundan tashqari, nefrotik formasida yoki uzoqqa cho'zilgan o'tkir nefritda hamda siydik sindromida, siydikda gematuriya bo'lganda kortikosteroidlar qo'lianiladi.
Prednizolonni kuniga 20 mg dan olish kerak va bu dozani 60 mg gacha oshirish mumkin
Kortikosteroidlar shishlar paydo bo'lganda va siydik sindromida yaxshi natija beradi. Bu preparatlar o'tkir nefritning surunkali lurga aylanishiga yo'l qo'ymaydi.
Qon bosimi oshganda, shishlar paydo bo'lganda kortikosteroidlar bilan birga qon bosiinini tushiradigan adelfan, rezerpin va siydik haydaydigan dorilami birga qo'llash kerak (gipotiazid, furosemid). O'tkir glomerulonefritning asorati bo'lgan eklampsiyada qon chiqariladi, magniy sulfat (10 ml 25%), uxlatuvchi va narkotik dorilar beriladi. Ganglioblokatorlar — geksoniydan 10-20 mg, 2,5%-l ml mushak orasiga yuboriladi. Oqibati. O'tkir nefritda butunlay sog'ayish Inizatiladi. O'tkir nefrit kasalligida o'lim deyarli sodir bo'Imaydi. U faqat miyaga qon quyilishi, yurak faoliyatining buzilishi, o'pka yallig'lanishida yuz beradi. O'tkir nefrit 1/3 hollarda surunkali turga o'tadi. O'lkir nefritning ocibati ma'lum darajada kasallikning erta aniqlanishi va to'g'ri davolaniihiga bog'liq. Hozirgi vaqtda kortikosteroidlar qo'llanilishi tufayli kasallikning surunkali turga o'tishi kamaydi, O'tkir davrda kasallar ish qobiliyatini yo'qoladilar, shu sababli ular kasalxonada yotishlari kerak. Tipik kechishida 2-3 oydan keyin tola tuzaladi. Kasallar ishga qaytishlari mumkin. Profllatikasi o'tkir nefritning oldini olish asosan o'tkir meksiya kasalliklardan saqlanish va ularni o'z vaqtida davolash, infeksion o'choqlarni bartaraf qiiish va uzoq, kuchli sovuq ta'siridan saqlanishga qaratiladj. Siydik sindromi va albumin qoldig'i bo'lsa o'tkir nefrit kasalligi bilan og'rigan bemorlarni dispanserda kuzalib turish kerak. Kasallik qaytarilmasligi uchun tanadagi infeksion zarartanishlarning oldini olish lozim. Kasal yil davomida sovqotish, ayniqsa, nam, sovuq Ea'siri bilan bog'liq bo'lgan ishlardan o'zini asrashi kerak.



Download 461 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling