Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi


UF-spektroskopiya usuli. Refroktometrik taxlil usuli


Download 1.57 Mb.
bet3/27
Sana16.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1519082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatl

UF-spektroskopiya usuli. Refroktometrik taxlil usuli
Fizik-kimyoviy usullarni yana “instrumental usullar” ham deyiladi. Buning asosiy sababi odatda bu usullarda turli o’lchov moslamalari va asboblaridan foydalaniladi.
Har bir moddaning o’z struktura tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xususiyatlari o’ziga xos. Masalan, moddalarni nur o’tkazishi, nur yutishi har bir moddaning tarkibiga , tuzilishiga bog’liq. Moddalarni turli erituvchilarda erishi, nur sindirish ko’rsatkichi, qutblangan nurni burish burchagi va boshqa shu kabi parametrlari bilan xarakterlanadi. Noma’lum moddani biror bir xususiyatini o’rganib, uni ma’lum modda( standart) asosida solishtirib aniqlash mumkin. Odatda farmatsevtik tahlilda dori aralashmalarini aniqlashda standart (etalon) eritmalardan foydalaniladi, ya’ni standart eritmalar bilan solishtiriladi.
Fizik-kimyoviy tahlil usullari ichida hozirgi vaqtda eng ko’p qo’llaniladigan usullar quyidagilar:
1.Fotokolorimetriya va spektrofotometriya tahlil usullari.
2.Spektral tahlil usullari.
3.Elektrokimyoviy tahlil usullari.
4.Radiometrik tahlil usullari.
5.Mass-spektrofotometrik tahlil usullari.
6.Xromatografiya tahlil usullari.
7.Xromato-mass spektrofotometriya tahlil usullari.
Yuqoridagi usullar asosan ishlab chiqarishda dori moddalarni sifati va miqdorini aniqlashda qo’llaniladi. Hozirda dori turlarini ishlab chiqarish va tahlilini bu usullarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Fizik-kimyoviy usullarning kamchiligi ularni kimyoviy usullarga qaraganda aniqlik darajasi biroz kamligidir. Lekin instrumental tahlil usullarida qulay va tez bajarilishi bilan ajralib turadi.
Fizik-kimyoviy usullardan eng ko’p qo’llaniladgani optik, xromatografik va elektrokimyoviy usullardir. Tahlilning optik usullari elektromagnit nurlar ta’sir etilgan moddaning optik: nurlanish, nur yutish, nurni tarqatish, qaytarish, sindirish, difraksiya, interferensiya yoki qutblantirish xossalarini o’lchashga asoslangan. Elektromagnit nurlarni moddaga ta’sir etish tabiatiga ko’ra tahlilning optik turlariga quyidagilar kiradi:
-emission spektroskopiya;
-atom-adsorbsion spektroskopiya;
-molekulyar adsorbsion spektroskopiya(fotometriya, fotoelektrokolorimetriya);
-lyuminessent tahlil;
-nefelometrik tahlil;
-turbodimetrik tahlil;
- refraktometrik tahlil;
-interferometrik tahlil;
-polyarimetrik tahlil;
Bundan tashqari nurni kombinatsion tarqatilishiga (raman samarasi) asoslangan spektral tahlil va elektromagnit maydonni moddaga ta’sir etuvchi yadro magnit rezonans (YaMR), elelktron paramagnit rezonans (EPR), yadroviy gramma rezonans, spektroskopiya (Mesbauer samarasi) va hokazo turlari mavjud.
Bu usullarning barchasi ham sifat tahlilda birdek qo’llanilmaydi. Masalan, farmakopeya tahlilida emission spektral tahlil, atom-adsorbsion, molekulyar adsorbsion spekroskopiya, lyuminessent, refraktometrik, polyarimetrik tahlil, elektron paramagnit rezonans, yadro magnit rezonans spektroskopiya va boshqa optik usullar nisbatan kam qo’llaniladi.
Qaysi sohaning spektri o’rganilayotgan bo’lsa, shunga muvofiq ravishda UB, ko’rinadigan, IQ, mikroto’lqinli spektr nomlari bilan ataladi. Birinchi uch soha umumiy “optik spektrlar” atamasi bilan nomlanadi.



Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling