Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatlari va klassifikatsiyasi
Download 1.57 Mb.
|
Mundarija Fizik-kimyoviy tadqiqot usullarining umumiy xususiyatl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Integral detektorlar malum vaqt orasida chiqqan modda
Detektorlar. Xromatografiyaa kolonkasidan chiqish joyida konsen-tratsiyaning taqsimlanishi detektor deb ataluvchi maxsus asbob vositasida qayd qilinadi. Gaz xromatografiarda detektor gaz oqimi yoiida bevosita kolonkadan chiqish joyiga o'rnatiladi. Detektorning vazifasi kolonkadan chiqish joyida konsentratsiyaning vaqtga bog'liqligini uzluksiz qayd qilib turishdan iborat. Xromatografiyaalash natijalar: detektor turini, uning konstruksiyasini to'g'ri tanlashga bog'liq. Oetek-torni tanlashda uning xromatografiyaalanuvchi aralashmaning komponentlariga nisbatan yuqori sezgirligi, inersionligi kamligi; signalining namuna miqdoriga to'g'ri chiziqli bog'lanishda bo'lishi, takroriy o'lchashlarda bir xil natija berishi, ko'rsatishlarining barqarorligi, quril-maning soddaligi, ishlatishda qulayligi va arzonligi asosiy ahamiyr.ga ega. Detektorlarning ikki turi ko'p ishlatiladi: differensial va integral detektorlar. Differensial detektorlar xossalardan birining (konsen-tratsiya yoki oqim) vaqt bo'yicha oniy qiymatlarini qayd etadi.
Integral detektorlar ma'lum vaqt orasida chiqqan modda-ning umumiy miqdorini qayd etadi. Differensial detektorlar, o'z navbatida, ikki turgabo'linadi: konsentratsion detektorlarkolon-kadan chiqayotgan modda konsentratsiyasini, oqim detektorlari esa modda konsentratsiyasining oqim tezligiga ko'paytmasini qayd qiladi. Eng ko'p tarqalgan differensial detektorlardan biri katarometr bo'lib, uning ishlash prinsipi qizdirilgan platina yoki volfram tolaning qarshiligini o'lchashga asoslangan. U yuvib o'tuvchi gazning issiqlik o'tkazuvchanligiga bog'liq bo'ladi. Bir xil sharoitda qizdirilgan toladan ajraluvchi issiqliq miqdori gaz tarkibiga bog'liq. Aralashmadagi aniq-lanuvchi komponentlaming issiqlik o'tkazuvchanligi tashuvchi-gazning issiqlik o'tkazuvchanligidan qancha katta farq qilsa, katarometrning sezgirligi shuncha katta bo'ladi. Shu nuqtayi nazardan eng qulay tashuvchi-gaz vodoroddir, chunki uning issiqlik o'tkazish xususiyati ko'pchilik boshqa gazlarning issiqlik o'tkazishidan ancha katta. Katarometrning afzalliklari uning oddiyligi, yetarli darajada aniqligi va ishonchli ishlashidir. Lekin sezgirligi kuchli bo'lmagani tufayli u mikroaralashmalarni aniqlashda ishlatiladi. Termokimyoviy detektorning ishlashi platina simining qarshiligini o'lchashga asoslangan. Bu qarshilik yonuvchan gazlar yonganida haro-ratning o'zgarishi natijasida o'zgaradi. Gazlar xromatografik kolonkadan chiqishda qizdirilgan platina simga tegib katalitik ravishda yonadi. Termokimyoviy detektorning sezgirligi katarometrnikiga nisbatan yuqoriroqdir. Termokimyoviy detektorning ishlatilishi yonuvchan moddalarga bog'liq ravishda cheklangan. Alangali detektorning ishlash prinsipi gorelkaning vodorod alangasi unga organik moddalar kiritilganda o'zgarishiga asoslangan. lonlovchi detektorlarning sezgirligi juda yuqori bo'ladi. Masalan, alangali-ionlovchi detektor (AID) 10~12 gacha moddani aniqlash imkonini beradi. Bu detektorlarda vodorod gorelkasi alangasining elektr o'tkazuvchanligi o'lchanadi. Toza vodorod alangasining elektr o'tkazuvchanligi juda kichik bo'ladi. Vodorodda organeik birikrnalarning ara-lashmalari paydo bo'lganida alanga ionlanadi. Ionlanish darajasi ara-lashmaning konsentratsiyasiga mos bo'ladi. Uni oson o'lchash mum-kin. Bu turdagi detektorlarning juda sezgirligi ularning keng qo'lla-nilishiga sabab bo'ladi. Lekin alanga-ionlovchi detektorlar (AID) ning juda sezgirligi faqat organik birikmalarga nisbatan xos bo'lib, ammiak, vodorod sulfid, oltingugurt oksidlari, kislorod, azot va boshqa anorganik moddalarga nisbatan uning sezgirligi keskin pasayadi. lonlovchi detektorlarning ishlash prinsipi tok kuchini o'lchashga asoslangan. Eng ko'p tarqalgani alangali-ionlovchi detektor bo'lib, unda alangaga kiritilgan moddalarni ionlashtiruvchi elektrodlar orasida hosil bo'luvchi tok kuchi o'lchanadi. Elektrodlarga kuchlanish beril-gach, alangada elektrodlar orasida ionlar paydo bo'lib, ionlanish tokini hosil qiladi (38, 39-rasmlar). Elektronni qamrab oluvchi detektorning ham sezgirligi kattadir. Alanga ta'sirida gazda radikallar va erkin elektronlar hosil bo'ladi. Aniqlanuvchi modda alangaga kiritilganda ionlar hosil bo'lish tezligi keskin ortadi va detektorda signal toki paydo bo'ladi. Bu tok kuchay-tirilib ro'yxat qiluvchiga uzatiladi.Detektordan chiquvchi impulslarni o'lchash yoki yozib olish uchun sezgir ko'rsatuvchi millivoltmetr va potensiometrdan foydalani-ladi. Signalni qayd qilib, detektor signalini tashuvchi gaz hajmi V yoki uning sorbsion kolonkadan o'tish vaqti t ga bog'liqlik grafigi olinadi. Bu grafik xromatogramma deyiladi (40-rasm). Xromatogram-mada tahlil qilinayotgan namunaning har bir tarkibiy qismiga mos keluvchi cho'qqilar bo'ladi. Namuna kiritilgan paytdan to cho'qqi yozib olingiincha o'tgan vaqt ayni moddaning tutilib turish vaqti deyiladi. Bundan tashqari,harakatchan fazaning tutilib turuvchi hajmi tushunchasidan ham foydalaniladi. Tutilib turish vaqti va tutilib turuvchi hajmi moddaning sifat belgilaridir. rasm. Xromatografik detektorlar: a - katarometr; b - ionizatsion detektor; d - elektron detektor; 1 - gaz oqimi; 2 - cho'g'langan sim; 3 - alanga; 4 - elektrodlar; 5 -(3-nur (elektronlar) tarqatuvchi manba. rasm. Xromatogramma: A - tekshirilayotgan moddani asbobga kiritish; t - o'tish vaqti. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling