Mundarija I. Kirish 2 II. Asosiy qism 3


Pedagogik texnologiyalardan atom fizikasini o`qitishda foydalanish usullari


Download 96.22 Kb.
bet7/13
Sana03.06.2024
Hajmi96.22 Kb.
#1841559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13

2.3. Pedagogik texnologiyalardan atom fizikasini o`qitishda foydalanish usullari


Quyida biz atom fizikasining eng dastlabki mavzusini maktab o`quvchilariga tushuntirishda pedagogik texnologiyalarning qo`llanilishini ko`rib chiqaylik. Hammamiz bilamizki maktabda bitta dars uchun ketadigan vaqt oliy o`quv yurtlari yoki akademik litsey, kollejlardagi bitta dars uchun ketadigan vaqtdan kam bo`lib o`qituvchi bu vaqtdan mohirona foydalanishi kerak.
Har bir darsda o`qituvchi yangi darsni boshlashdan oldin o`tgan mavzuga doir uyga vazifani barcha o`quvchilardan so`rashi kerak. O`qituvchining yangi mavzusi- atom va yadro tuzilishi, o`tilgan darsda esa optika bo`limini yakunlagan edi deylik. Optika bo`limiga oid amaliy masalalar ishlangan masalalarni tekshirish uchun
Start of phisics” metodidan foydalanadi. Bunda o`qituvchi uyga berilgan masalalarning yechimini o`quvchilarga taqdim etadi, ular nechta masalani to`g’ri yechganini aytishadi va o`qituvchi ularga yulduzchalar beradi. Har bir to`g’ri ishlangan masala bir ballga teng va buni o`quvchilar yulduzchaga yozishi kerak.Bunda bittayam masalani tog’ri yechmagan o`quvchiga yulduzcha berilmaydi. Keyin o`qituvchi masala yechimlarini tahlil qilib beradi. Har 5 ta darsdan keyin o`quvchi yulduzchalardagi ballarni sarhisob qiladi va balli eng kam bo`lgan 10 ta o`quvchiga o`tilgan formulalarni takrorlab, qayta o`rganib kelish vazifasi qayta yuklanadi. Kelasi dars o`sha 10 ta o`quvchi doskaga chiqariladi, ular oldiga ikkita quticha qo`yiladi, har bir o`quvchi ikkitadan formula olib unga ta’riflarni ikkinchi qutichadan izlaydi va nega shu formulaga shu ta’rifni tanlaganini izohlaydi. Shuning bilan 5 ta dars davomida amaliy mashg’ulotlarni yaxshi o`zlashtirolmagan o`quvchilar uchun bu takrorlash darsi bo`ladi. Va yil oxirida eng ko`p ball to`lagan o`quvchi rag’batlantiriladi. Unga “The best solver in the year ”unvoni beriladi. Bu yerda atamalarni ingliz tilida tanlanayotganing ham o`ziga yarasha sababi bor. Bu shundan iboratki fizika fanini yaxshilab o`rganish uchun chet tillarni o`rganish kerakligi va undagi atamalarni sekin-sekin o`rganib borishga o`quvchilarni o`rgatishdir.
Fikrimcha o`quvchi har bir formulaning mazmunini tushunsa va qayerda ishlatilishini bilsa masalalarni bemalol ishlay oladi. Bu metodning afzallik tomoni shundaki, o`quvchilar balli eng kam bo`lgan 10 ta o`quvchi qatoriga kirmaslik uchun odatdagidan yaxshiroq va ma’suliyat bilan dars qiladi va ularni yil oxiridagi g’oliblikni qo`lga kiritish uchun harakat ham yaxshiroq dars qilishga undaydi. Bu medod odatdagi dars o`tish jarayoni bilan o`quvchilarni zeriktirib qo`ymaslik uchun ham qo`llaniladi. Yulduzchalar quyidagi shaklda beriladi:


Download 96.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling