Actual Pixels [Ctrl+Alt+0] - 100% ekran xolatiga o’tish tugmasi , ushbu xolatda rasmning 1 piksel ekrandagi 1 pikselga mos bo’ladi
Fit On Screen [Ctrl+0] - to’liq ekran xolatiga o’tish tushmasi. Bu tugma yordamida rasm oyna xajmigacha cho’ziladi.
Print Size - qog’ozga bosma (pechatlanib) chiqganda qanday chiqishini ko’rsatuvchi tugma.
Lupa - Zoom (lupa) - [Z] - ekrandagi rasmni ko’rish masshtab foizini o’zgartirish mumkin. Yaqinlashtirish uchun sichqoncha bilan kerakli rasm qismiga ko’rsatib bir marta bosish kerak, yoki yaqinrok ko’rish kerak bo’lgan soxani sichqoncha bilan bosib turib tanlash kerak. Agar esa o’zoqlashtirish kerak bo’lsa u xolda klaviaturada Alt tugmasini bosib turib sichqoncha bilan rasmga bir marta bosamiz. Ushbu yordamchi tugma harakatlarni tezkor tugmalar orqali ham bajarish mumkin: Zoom In [Ctrl+Plyus] - rasmni yaqinlashtirish, Zoom Out [Ctrl+Minus] - rasmni o’zoqlashtirish, Actual Pixels [Ctrl+Alt+0] - rasmni 100% ekran xolatiga o’tish tugmasi, Ctrl+Alt+Plyus - rasmni oyna bilan birgalikda kattalashtirish, Ctrl+Alt+Minus - rasmni oyna bilan birgalikda kichkinalashtirish, Fit On Screen [Ctrl+0] - rasm va oynani to’liq ekran xolatiga o’tkazish.
Xususiyatlar satrida quyidagilar aktiv bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |