Bu oynada uning nomini Name, turini Preset, enini Width, bo’yini Height, sifatini Resolution, ranglar xolatini, orqa rangini tanlashimiz kerak bo’ladi. Hammasini tanlagach OК tugmasini bosamiz va natijada ekranda yangi bo’sh ish soxa xosil qilinadi.
2.2 Adobe Photoshop dasturning imkoniyatlari. Dasturda ishlash uchun yordamchi ish qurollar soxasidagi tugmalar bilan tanishaylik. U ekranning chap tomonida joylashadi. Agar u ekranda yo’q bo’lsa u xolda Windows (Okna) menyusidagi Panel Instrumentov - Toolbox buyruq’ini ishga tushirishimiz kerak.
To’rtburchak soxa tanlash - Rectangular marquee (pryamougolnaya oblast) - [M] - ish soxasidagi aktiv qatlamda to’rtburchak soxani tanlash.
Aylana soxa tanlash - Elliptical marquee (ellipticheskaya oblast) - [M] - ish soxasidagi aktiv qatlamda ellips soxani tanlash.
Aloxida satr soxa tanlash - Single row marquee (stroka pikseley) - [M] - ish soxasidagi aktiv qatlamda bitta satrga teng soxani tanlash.
Aloxida ustun soxa tanlash - Single column marquee (stolbes pikseley) - [M] - ish soxasidagi aktiv qatlamda bitta usto’nga teng soxani tanlash.
Tanlangan soxaga qo’shimcha soxa qo’shish uchun SHIFT tugmasini bosib turib ushbu tugmadan qayta foydalanamiz. Agar esa ALT tugmasidan foydalanib soxa tanlasak, u holda tanlangan soxadan olib tashlash ma’nosini bildiradi.
Xususiyatlar satrida quyidagilar aktiv bo’ladi:
SHIFT va ALT - tugmalar harakatlariga o’xshash xolatlarni tanlash
Feather - soxasi yordamida tanlangan soxa chegaralarini qalinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |