Mundarija I. Kirish 3


Download 0.67 Mb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1578365
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
optik asboblar abberatsiyasi




Mundarija
I. Kirish 3
1.1. Optik asboblarning o’ziga xos xususiyatlari. 6
II. Asosiy qism
2.1. Fotografik apparat 6
2.2. Mikroskop 9
2.3. Spektral apparat 13
Xulosa 23
Foydalanilgan adabiyotlar 24
Kirish
“Ta’lim-tarbiya tizmidagi islohotlar boshlanga dastlabki yillarda men jahon tarbiyasi va hayotda ko’p bor oqlagan haqiqatlardan kelib chiqib, agar bu maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak tez orada hayotimizdagi ijobiy ma’nodagi “portlash effekti” ga ya’ni yangi ta’lim modelining kuchli samarasiga erishamiz”- degan edilar muhtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.[1] Optika bo’limida yorug’lik hodisalari va qonunlari, yorug’likning tabiati hamda uning modda bilan o’zaro ta’siri o’rganiladi. Rentgen nurlari tarixi boshlanganiga ham 1000 yildan oshib qolganligini bilasizmi? XIX asr o’rtalarida Genrix Geysler degan odam elektr zaryadi yuqori kuchlanish ostida trubkadagi vakuum orqali o’tganida g’oyat go’zal yorug’lik silsilasi paydo bo’lishini kashf etdi. Oradan biroz vaqt o’tib, ser Uilyam Kruks bu yorug’lik silsilasining sababi elektrlashgan zaryadlar ekanligini isbotladi. Shundan keyin Genrix Gers bu nurlar oltin va platinaning yupqa qatlamlaridan ham o’tishini dalilladi. Uning shogirdi Lenard oltin va platina moddalaridan “oyna” yasagach, nurlar trubkadan ochiq havoga chiqa oladigan bo’ldi. Shunday qilib, biz haqiqiy ma’nodagi rentgen nurlariga yaqinlashdik. 1895 yilda Vilgelm rentgen xuddi shunday trubkalardan birida, faqat “oyna”siz, tajriba o’tkazdi. Tajriba paytida yaqin yonma-yon turgan bir necha kristallar birdan yorug’lik bilan nurlanganini payqadi. Rentgen (katod nurlari deb atalgan) avval kashf etilgan bu nurlar oyna orqali o’tib, bunday nurlanishni hosil eta olmasligini avvaldan yaxshi bilar edi. Shu sababli u bu nurni “nurning yangi turi” deb taxmin etdi. Boshqa nurlardan va quyosh nuridan farqlanuvchi bu ko’z ilg’amas nurni tushuntirish oson emas edi, shu sababdan rentgen uni X-nur, ya’ni kelib chiqishi noma’lum nur, deb ta’rifladi. Keyinchalik esa olimlar uni “rentgen nuri” deb atadilar. Rentgen nurlari rentgen trubkasida olinadi. Trubkadan esa havoning katta qismi so’rib tashlangan. Unga ikkita elektrod birkitilgan va elektronlar ularning biridan (katoddan) ikkinchisiga (anodga) qarab harakatlanadi. Volframdan yasalgan kichkina shchit-sipar bu nurlarninng oqimini birdan to’xtatadi. Elektronlar energiyasining katta qismi issiqlikka aylanadi, biroq ulardan ayrimlari rentgen radiatsiyasi tarzida nurlanadi. Rentgen nurlari narsalarning “tanasi” orhqali sizib o’tadi, chunki ular g’oyat qisqa to’lqinli nurlardir. Nurlar to’lqini qancha qisqa bo’lsa, ularning sizib o’tuvchanlik qobiliyati shu qadar kuchlidir. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida fizika va kimyo fanlari sohasida olamshumul yangiliklar qo‘lgakiritilib, bu tibbiyot fanining ham rivojlanishiga olib keldi. Ayniqsa rentgen nurlarining kashf etilishi alohidaahamiyat kasb etdi. Bugungi kunga kelib rentgen nurlaridan tibbiyot sohasida keng qo’llanilib kelinmoqda. Mana 110 yil mobaynida rentgen nurlari ilmning hamma tarmoqlarida, texnikada, ayniqsa tibbiyotda kengqo‘llanilmoqda, 70-75% kasalliklar rentgen tekshirish usullari yordamida aniqlanmoqda. Sayyoramizning hamma joylarida million -million fuqarolar katta hurmat, ehtirom va tashakkur bilan uning nomini eslamoqda. Diagnostikada rentgenologik tekshirish muhim o‘rin tutadi.Asrimizning oxirgi choragida a`zolar va tuzilmalarni o‘rganishda va tekshirishda radionuklid tekshirishusullari keng qo‘llanila boshladi, bu bir tomondan radionuklid va radiofarm preparatlar (RFP)ning sanoatmiqyosida ishlab chiqarila boshlashi, ikkinchi tomondan, Respublika, viloyat, shahar shifoxonalarida, ilmiytadqiqot institutlari va tibbiyot institutlarining nur diagnostikasi va nur tyerapiya kafedralarida hamda katta
klinikalarning radiologik bo‘limlarida radiologik laboratoriyalar faoliyati bilan bog‘langan. Radiologik diagnostika tibbiyot radiologiyasining mustaqil qismi bo‘lib, radionuklid va RFPlar yordamidaa`zo va tuzilmalardagi patologik jarayonlarni aniqlash usulidir. Radionuklid tekshirish usullari bemorningorganizmiga yuborilgan RFP nurlarini o‘lchash va qayd qilish yoki biologik namunalarni radiometriya qilish printsipiga asoslangan. Shuning uchun radionuklid yoki RFP qo‘llab organizmda moddalar almashinuvini, a`zova tuzilmalar faoliyatini, qon va limfaning tomirlarda oqish tezligini hamda gazlar almashuvini, sekretorekskretor jarayonlarni o‘rganishda, a`zo va tuzilmalarning anatomotopografik tasvirini olishda qo‘llaniladi. Radionuklid tekshirishlar boshqa klinik tekshirish usullaridan a`zo va tuzilmalar kasalligida biokimyoviyjarayonlar va anatomik o‘zgarishlar bilan birga ular faoliyatining buzilganini o‘rganishda farq qiladi.ko’rib turganimizdek roentgen nurlari manashunday sohalarda muhim ahamiyatga ega.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling