Mundarija I. Kirish 3


Download 0.67 Mb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1578365
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
optik asboblar abberatsiyasi

2.2. Mikroskop.
Zarrabin (mikro va yunoncha. skopeo-qarayman)- mikrozarralarni, ko’zga ko’rinmaydigan juda mayda narsalarni kattalashtirib ko’rsatadigan optik asbob. Mikroskopning kattalashtirishi difraksion hodisalar tufayli cheklangan; u atiga 1500-2000 martani tashkil qiladi. Odam ko’zi 250 mm uzoqlikdagi zarralar o’rtasidagi masofani 0,08 mm gacha aniqlikda farq qila oladi (bu raqam ko’pchilik odamalarda 0,20 mm ni tashki etadi). Lekin mikroob’ektlar (bakteriya, mayda kristallarva boshqa) o’lchami bundan ham kichik.Shu sababli, elementlari orasidagi masofa 0,25 mkm li strukturalarni farq qilishga imkon beradigan (ya’ni ajratish qobilyati 0,25 mkm bo’lgan).
Ikki linzadan iborat tizimning ta’svirini kattalashtirib berish 16-asrdayoq Niderlandiya va Italiyadagi ko’zoynaksoz ustalarga ma’lum bo’lgan, (ikki linzali mikroskopni niderland ustasi Z.Yansen 1590-yilda qurgan), lekin birinchi mikroskopni 1609-10-yillarda G.Galiley ixtiro qilgan, murakkab mikroskopning hisobini 1872-yilda E.Abbe qilgan. Mikroskopda obektiv sifatida bir-biriga yopishtirilgan sferik linza va koma (tasvir buzilishi)ga to’g’irlangan axromatik linzalardan foydalaniladi.
Mikroskop kichik buyumlarni kattalashtirib ko’rsatadigan asbob. Hozirgi paytda turli xil mikroskoplar mavjud. Mikroskopni birinchi marta 1665 yilda ingliz olimi Robеrt Guk kashf etgan. Mikroskop orqali oddiy ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan qismlarini ham ko’rish mumkin.
Mikroskop so’zining kelib chiqishi yunonchadir: bu so’zning birinchi qismi — «kichik», «mitti» ma'nosini anglatsa, ikkinchi qismi — «kuzatuvchi» ma'nosini beradi. Mikroskop, shunday qilib, qandaydir o’ta kichik narsani ko’zatmoq demakdir. Mikroskopni Sharqda «zarrabin» deyishgan. Zarrabin — ko’z ilg’amas juda kichik, mayda narsalarni tekshirish uchun moslashgan asbob. Umuman olganda, tekshiriladigan narsa ko’zga yaqin tutilsa, kattaroqdek tuyuladi. Lekin uni ko’zga taxminan 25 santimetrdanda yaqinroqdan olib qaralsa, umuman nazarga chalinmasligi mumkin. Bunday payt, narsa «fokusdan tashqarida» joylashgan, deyiladi. Bordi-yu, ko’z va tekshiriladigan narsa orasiga oddiy qabariq linza o’rnatilsa, u 25 santimetrdan yaqin bo’lsa-da, baribir «fokus»-da bo’ladi.
Buni kattalashtirib ko’rsatuvchi shishadan foydalanishga qiyoslash mumkin. Va oddiy kattalashtiruvchi shisha — ,bu qadimdan qo’llanib kelinayotgan sodda zarrabindir. Shu boisdan, zarrabinning ixtiro etilishi to’g’risida gapirar ekanmiz, biz murakkab qurilmali mikroskopni nazarda tutamiz. Shu topda ham gap aynan ana shunday, takomillashgan mikroskop haqida ketayapti.
Murakkab zarrabin qanaqa asbob? Buningdek zarrabinda kattalashtirib kursatish ikki darajada, ikki bosqichda yuz beradi. «Ob'yektiv» deb atalgan linza dastlabki kattalashtirilgan tasvirni beradi. Bundan tashqari, «okulyar» deb atalgan yana boshqa linzalar ham borki, ular o’sha kattalashtirilgan tasvirni yanada kattaroq hajmda namoyon etadi. Amaliyotda foydalaniladigan ob'yektiv va okulyarlarda bir necha linzalar bo’ladi, biroq aslida tasvirning kattalashtirilishi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Murakkab mikroskop 1590 va 1610 yillar oraligida ixtiro etilgan edi. Garchand, zararbinni aniq kim yaratganligini hech kim bilmasa-da, biroq uning dunyoga kelishini Galileyning nomi bilan bog’lashadi. Ba'zida zarrabiyaning otasi deb daniyalik olim Levengukni tan olishadi. Biroq mazkur e'tirof Levenguk tomonidan zarrabinda kupgina ilmiy kashfiyotlar qilinganligi uchun ham tug’ilgan.
Levenguk zarrabin yordamida uzunburunlilar, burgalar va shunga o’xshash boshqa mayda hashoratlar qandaydir noma'lum yerdan urchimay, balki tuxumdan yorib chiqishini isbot qildi. U birinchilardan bo’lib, protoza va bakteriya singari zarrabinbop mavjudotlarni kashf etgan olimdir.
Hozirgi kunda zarrabin ilm-fanda va sansatda o’ta zarur asbobga aylandi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling