Nutqning fonetik birliklari. Bo`g`in va urg`u


Download 66.8 Kb.
bet1/3
Sana09.05.2023
Hajmi66.8 Kb.
#1449659
  1   2   3
Bog'liq
Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar uslubyat

GAP BO`LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR

Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar

  • Reja:
  • 1.Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar haqida.
  • 2. Undalma.
  • 3. Kirish so`z va kirish birikma.
  • 4. Kiritma gap.

Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar

Gap tarkibida ba’zan shunday so`zlar va so`z birikmalari hatto gaplar qo`llanadiki, ular gapning biror bo`lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu tufayli bunday so`z yoki so`z birikmalari gap bo`laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so`z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega.

Undalma

So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so`z yoki so`z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.

  • Undalma o`zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so`z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o`xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog`lanmasligiga ko`ra o`ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza (to`xtash) bilan aytilishiga ko`ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o`g`lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo`lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko`zi bilan qara ... («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»). Yurak, sensan mening sozim, tilimni naycha jo`r etding. (U.Nosir).
  • Undalma ba’zan ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo`llanadi: Luqmon hakim o`g`liga nasihat qilib aytdi: - Ey o`g`il, odamlar so`zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»).
  • Undalma vazifasida atoqli otlar shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so`zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo`ldi, Rahim aka?! (F.Musatjonov). Siz mendan ko`ra qo`ylaringizni ko`proq o`ylang, cho`pon aka! (P.Qodirov).
  • Undalma ot, otlashgan sifat otlashgan undov so`z, so`z birikmasi va shu kabilar bilan ifodalanishi mumkin: Ey ustod, men buyuk ishlarga qadam qo`ydim. («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»). O`ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog`ing suv bo`ldi... (O.Yoqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). YAxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o`rtoq Zargarov (A.Muxtor).
  • Undalma gap boshida, o`rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo`laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o`qib ko`ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog`bon o`tgan, o`g`lim. (J.Abdullaxonov).
  • Undalma kuchli his - hayajon bilan aytilsa, undan so`ng, undov belgisi qo`yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).

  • Download 66.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling