Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 104-guruh talabsi Jabbarova Zulayxoning ona tili va bolalar adabiyoti fanidan “gap bo’laklari sanalmaydigan birliklar”mavzusi bo’yicha tayyorlagan taqdimoti Samarqand 2020 - Mavzu: Gapbo`laklari sanalmaydigan birliklar
- REJA
- Undalma haqida ma’lumot
- Kirish so`z va kirish birikma
- Kiritma gap
- Gap bo`laklari sanalmaydigan birliklar
Gap tarkibida ba’zan shunday so`zlar va so`z birikmalari hatto gaplar qo`llanadiki, ular gapning biror bo`lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. SHu tufayli bunday so`z yoki so`z birikmalari gap bo`laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so`z, kirish birikma va kiritma gap anashunday xususiyatga ega. UNDALMA - So`zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so`z yokimso`z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.
- Undalma o`zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog`lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so`z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o`xshaydi, biroq u gapning kesim ibilan grammatik jihatdan bog`lanmasligiga ko`ra o`ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza (to`xtash) bilan aytilishiga ko`ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o`g`lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo`lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko`zi bilan qara ... («Oz-ozo`rganib, donobo`lur»). YUrak, sensan mening sozim, tilimni nayga jo`r etding. (U.Nosir).
- Undalma ba’zaney, -u (-yu) kabilar bilan birga qo`llanadi: Luqmon hakim o`g`liga nasihat qilib aytdi: - Ey o`g`il, odamlar so`zga ustomonliklari bilan maqtansalar
- Sen sukuting bilan maqtan. («Oz-ozo`rganib, dono bo`lur»).
- Undalma vazifasida atoqli otlar shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so`zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzodabegim ham sizning suyukl ifarzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo`ldi, Rahimaka?! (F.Musatjonov). Siz mendan ko`ra qo`ylaringizn iko`proq o`ylang, cho`pon aka! (P.Qodirov).
- Undalma ot, otlashgan sifat otlashgan undovso`z, so`zbirikmas iva shukabilar bilan ifodalanishi mumkin: Eyustod, men buyuk ishlarga qadam qo`ydim. («Oz-oz o`rganib, dono bo`lur»). O`ynashma, puchuq, tektur, hammayog`ing suv bo`ldi... (O.YOqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). YAxshilik ... Yaxshilikning ham bahosi bor, o`rtoq Zargarov (A.Muxtor).
- Undalma gap boshida, o`rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo`laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olimbola, rayhonlarni birsilkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o`qib ko`ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog`bon o`tgan, o`g`lim. (J.Abdullaxonov).
- Undalma kuchl ihis – hayajon bilan aytilsa, undan so`ng, undovbelgisi qo`yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).
Do'stlaringiz bilan baham: |