Mundarija: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 357.32 Kb.
bet8/14
Sana17.06.2023
Hajmi357.32 Kb.
#1520542
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
Oltingugurt

Oltingugurt (IV) oksidi


Oltingugurt (IV) oksidi sanoatda keng qo'llaniladi.6 U sulfat kislota, selluloza sanoatida, sun’iy shoyi ishlab chiqarishda, oqartiruvchi va konservalovchi vosita sifatida, sovutgich qurilmalarida, neft sanoatida ekstraksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi. Oltingugurt dioksid kuchli qo'zg'atuvchi gaz bo'lib, hattoki katta miqdorda suyultirilganda ham hidi va ta’mini sezish mumkin, shu bilan birga qo’zg'atuvchi ta’siri yuqori konsentratsiyalarda alohida, o 'ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Oltingugurt dioksidining nafas olish organlariga ta’siri suv bug'lari (tuman) va tutun ishtirokida kuchayadi. Chunki gaz holatidagi oltingugurt (IV) oksidi og'iz va burun bo'shlig'ida erib, ichki nafas olish organlariga aerosol shaklida ta’sir etadi. U yerda sulfat kislotaga aylanadi. Ma’lumki atmosferani oltingugurt (IV) oksidi bilan ifloslanishi, ayniqsa davomli tuman bo'lib turganda, yuqori nafas yo'llarida kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo'ladi, hattoki o'lim holatlarini sezilarli ortishiga olib kelishi mumkin. Birgina London misoli shuni ko'rsatadiki, uylarni isitish tizimini ishini yaxshilanishi hisobiga tutun chiqindilarining kamayishi, yuqori nafas yo'llari kasalliklarini sezilarli kamayishiga olib keldi. Oltingugurt (IV) oksidi inson organizmidan tashqari o'simliklarga ta’sir qiladi. Uning, oltingugurt (IV) oksidining uncha katta bo'lmagan konsentratsiyasi bir necha soat ichida o‘simlik barglariga ziyon keltirishi mumkin. Oltingugurt (IV) oksidi archasimon (ignali) daraxtlardan tashqari, dukkakli, donli mahsulotlar, shu jumladan, arpaga ham salbiy ta’sir qiladi. Atmosferada oltingugurt dioksidini mavjudligi temirning korroziyalanishini tezlashtiradi, undan ohak va beton kabi kislota ta’siriga sezgir qurilish materiallari tezishdan hiqadi. Shu bilan bir qatordat tutun gazlarida oltingugurtning mavjudligi madaniy o‘simliklarga katta foyda keltiradi, degan fukr ham mavjud.7


Oltingugurt o‘simliklar uchun ularning tarkibig kiruvchi bebaho element
hisoblanadi. Bunga ba’zi bir, aminokislotalar, xantalli yog‘lar, tiamin va boshqa hayot uchun zarur moddalar misol bo‘ladi. Har galgi hosilni yig'ib olingandan keyin har bir gektar tuproq 60 - 100 kg S03 dan mahrum bo‘ladi, yanada katta yo'qotish tuproqni yuvilib ketilishi natijasida sodir bo‘ladi. Darhaqiqat, qo‘llanilayotgan superfosfat, sulfat ham money va azot saqlovchi kaliyli tuzlar bunday yo’qotishlarni to ‘liq bo‘lmasa-da, to‘ldirishi mumkin. Tajriba natijalari shuni, isbot qiladiki, o‘simliklar tanasiga havodan yutib olingan oltingugurt (IV) oksidi singib va oltingugurt saqlovchi aminokislatalar yoki xantalli moylar singari ularning doimiy tarkibiy qismiga aylanib ketadi.
SO– rangsiz, o’ziga xos o’tkir hidga ega bo’lgan gaz modda. U –10оC da kondensatsiyalanadi, bunda rangsiz suyuqlik hosil bo’ladi.

SOham oksidlovchi, ham qaytaruvchi:
qaytaruvchi 
oksidlovchi 
disproportsiyalanish 
Olinishi. Oltingugurtni kislorodda yonishida va sulfitlarga kuchli kislotalar ta’siridan hosil bo’ladi:

Texnikada havo ishtirokida oltingugurtli rudalarni yoqib olinadi:
FеS2, ZnS, PbS, Cu2S
FeS+ 11O= 2Fe2O+ 8SO2
SO– organik bo’yoqlarni rangsizlantirish uchun ishlatiladi. Medisinada dezinfektsiyalovchi modda sifatida, sulfat kislota olish uchun ishlatiladi.
Н2SO– erkin holda mavjud emas, suyultirilgan eritmalarda mavjud.
Н2SOH2O + SO2
H2SO H+ + HSO3  NaHSO3 -gidrosulfitlar
HSO3  H+ + SO3 2- Na2SO3 sulfatlar
H2SOva uning tuzlari ham oksidlovchilik, ham qaytaruvchilik xossasiga ega.
H2SO3 + J2 + H2O = H2SO4 + 2HJ
3H2SO3 + H2Cr2O= 4H2O + Cr2(SO4)3
4FeCl2 + H2SO3 + 4HCl = FeCl3 + 3H2O + S
2Zn + H2SO3 + 4HCl = 2ZnCl2 + 3H2O + S
2H2S + H2SO3 + 4HCl = 3S + 3H2O
Ishqoriy metallar sulfitlaridan boshqa sulfitlar suvda erimaydi. Sulfitlar gidrolizga uchraydi:
Na2SO3 + HOH ↔ NaHSO3 + NaOH
Sulfitlarga kuchli kislotalar ta’sirida SO2 hosil bo’ladi:
Na2SO3 + H2SO4 ↔ Na2SO4 + H2O + SO2­
Kislotalar ta’siridan nordon tuzlar olinadi:
CaSO3 + H2SO3 ↔ Ca(HSO3)2
Sulfitlar juda oson kompleks birikmalar hosil qiladi: [Me(SO3)2]; Na6[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)4]; Na3[Me(SO3)2]; Na5[Me(SO3)4].8
Sulfitlar ishqorlarga SO2 ta’sir ettirish orqali:
NaOH + SO2 = NaHSO3
NaHSO3 + NaOH = Na2SO3 + H2O
Ular karbonatlarga SO2 gazini ta’sir ettirish orqali ham olinishi mumkin:
Na2CO3 + SO= Na2SO+ CO2­
Almashinish reaksiyasi orqali:
Na2SO3 + CdCl2 = 2NaCl + CdSO3

Download 357.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling